O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri O’tmish tajribasini o’rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat qilish madaniy ajralishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining maqsadi u milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini yechishga yordam beruvchi, uning rivojiga o’z hissasini qo’shuvchi kuchlarni topishdan iborat bo’lmog’i lozim. Xozirda dunyoning turli davlatlarida xalqlarning madaniy xususiyatlariga katta e’tibor berilishi avvalgi madaniy yutuqlarning xozirgi zamon talablariga javob berishi, mavjud muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanish masalasining keskinligini tushirmaydi. O’sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlashning ko’p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozor-iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash mumkinmi; - degan masalada qizg’in bahs munozara boradi. Qanday qilib xalqning o’z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini tiklamasdan bugunning muammolarini yechsa bo’ladi? SHubhasiz, moziy tajribasida, xalq pedagogikasida tarbiya va ta’lim jarayonlariga qo’llash mumkin bo’lgan ko’p narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga o’z davrida ijtimoiy xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo’lgan pedagogik bilim, ko’nikma va malakalar, ta’lim-tarbiya berish, yo’llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi. Milliy pedagogika xalqning ta’lim-tarbiya masalasi yuzasidagi qarashlari, g’oyalari, an’analari asosida shakllangan. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shuki, u birinchidan o’zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega, ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy xarakterga. U o’z ifodasini xalq pedagogikasining barcha g’oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi,, amaliyotda sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo’yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida topadi.. Xalq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma’lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib muomala jarayonida o’zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi. Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng yaxshi qadriyatlarni mujassamlashtirgan: kattalarga hurmat, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik, yuqori axloq, rostgo’ylik. Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri yana, shunda namoyon bo’ladiki, u ko’pgina etnomadaniy hodisalar-dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya va boshqalar bilan o’zaro munosabatda yorqin namoyon bo’ladi. Bu muammolar olimlar tomonidan o’rganilmoqda. O’zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy shaxsiy tajriba orqali o’zlashtiradi, degan teran fikr mavjud, chunki u boshqa shaxslar bilan muomalaga kirar ekan, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. O’zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq xali shaxs emas, u tom ma’nodagi inson bo’ladimi, yo’qmi-bu uning ota-onasi, uni o’rab muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatiga bog’liq. SHuning uchun xalq pedagogikasi faqatgina avvalgi avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiqarilgan turli ong shakllarini o’zlashtirsagina go’dak insonga aylanadi. Bolaning tug’ilishi bilan birga, tarbiyalanishisiz halq hayotining rivoji, oldinga intilishi mumkin bo’lmagan hodisadir. Bu g’oya ko’psonli xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o’rin olgan. Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, 167 o’zbek xalq tarbiyasini hozir bolaga g’amxo’rlik qilish, uning sog’ligi haqida qayg’urish, uning hayotini himoya qilish, kattalar tomonidan uning aqliy rivojini, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi uchun ularga ta’sir qilishning majmuasi hisoblanadi. O’zbeklarning etnografiyasining turli xil materiallarini taxlil qilar ekanmiz, u o’ziga yarasha mukammal inson modelini yarata olishini e’tirof etishimiz mumkin. Buyuk ma’rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik g’oyalarini o’rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g’oyalari ularning asarlaridan joy topganligiini tasdiqlaydi. Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” kitobining “bolalar tarbiyasi va ta’limi” bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida turli xalqlarning an’analaridan Al-Farobiyning “Katta musiqa kitobi”da xalq musiqasidan ko’p misollar bor, Nosir Husravning “Baxt kitobi”da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug’lanadi. Xalq pedagogikasini o’rganishga S.R.Rajabov, A.Ismoilova, I.Obidova, S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarova kabi o’zbek olimlarining ishlari bag’ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda o’zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo’nalishlarini ajratsak bo’ladi: bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g’oyasi; shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash; xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida mujassamlashuvi; ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish; xalq pedagogikasining amaliy xarakteri; xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuqarolik, oila faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli. Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston, rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o’z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-o’git mazmuniga ega bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real (hayotiy )qarashlarini ifodalaydi. O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og’zaki ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi. Hayotiy sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko’p sonli manbalar dalolat beradi. Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo’ljallangan bayramlarning o’ziga xos tavsiflarini topamiz. An’ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tgan. Nikoh tuzish, bolaning tug’ilishi, , mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat jarayonlarini o’tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda bolalarning doimiy ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning an’anaviy muomala shakli shakllanadi. Sobiq sho’ro tuzimi davrida milliy an’analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish oxiroqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So’nggi yillarda insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko’proq erkinlik paydo bo’ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o’ziga xoslik o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida yanada muhim o’rin tuta boshladi. O’zbek xalqi axloqiy odatlarining mustahkamligi asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida ahamiyati bilan bog’liq. 168 O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p yillik tajriba ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlari