Mavzu: Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi



Yüklə 20,68 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü20,68 Kb.
#118903
Dilorom ijt mus tal esse


ESSE
MT1.
MAVZU:Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi.
Reja:
1.Ijtimoiy pedagogikaning jamiyatda tutgan o’rni.
2.Ijtimoiylashuv tushunchasi.
Ijtimoiy pedadagogika fani haqida gap ketganda avvalambor biz pedagogika fani haqida malumotga ega bo’lishimiz lozim.Pedagogika fani nega kerak ? Pedagogika pedagoglar jamiyatimizni ajralmas bo’lagi hisoblanadi yosh kelajak avlodlarimizga bilim berish manaviyatini yuksaltish talimiy tarbiyaviy jihatdan bizga bilim va ko’nikmalar berishadi.
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida pedagogikaga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni «Ijtimoiy pedagogika» dan ham aniq ko‘rish mumkin. Darxaqiqat ijtimoiy pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi, ammo shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda o‘rganadi. Chunki, mazkur fanning o‘ziga xos bo‘lgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida mujassamlashtirilganligidir. “Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi. Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda
Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar.

Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi.
Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar.

Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq ijtimoiylashganjamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining DTS va o’quv me’yoriy hujjatlarida ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi
Ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan yana biri bu ijtimoiylashuv va mazkur jarayonning globallashuvi hisoblanadi. Mazkur holatni tushuntirish uchun dastlab “globallashuv” hamda “ijtimoiylashuv” tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilishimiz lozim.
Savollar.
1.Ijtimoiylashuvda deganda nimani tushunasiz?
2.Ijtimoiy pedagogika fani nimani o’rganadi?
Yüklə 20,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin