Asosiy tushunchalar 1.Ijtimoiylashuv — inson shaxsining qaror topishi jaryonlari va uning omillarini ifodalaydigan tushuncha.
2.«MEN» — shaxsning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarining barqaror yig‘indisi bo‘lib, bunda uning o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan munosabatlari ifodalanadi.
3.Begonalashuv — shaxs foliyati natijalarini unga qaramaqarshi turgan mustaqil kuchga aylanishi.
4.Shaxsiyatparastlik — bir tomondan inson «MEN»ining notanqidiy va noo‘rin ilgari surilishini bildirsa, ikkinchi tomondan qo‘yilgan shaxsiy maqsadga erishish yo‘lida tashabbus va tadbirkorlik ko‘rsatishni anglatadi.
5. Erkinlik — insonning turli muqobilliklarda tanlov imkoniyatini beradigan, uning talablariga chuqur singdirilgan holatidan iboratdir.
6. Shaxs xillari (tiplari) — insoniyat o‘tmishi turli davrlari shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda shaxsning farqlanishi.
7. Demokratiya (yunoncha: xalq hokimiyati) — davlat-siyosiy tuzimi shakli bo‘lib, uning manbai xalq hisoblanadi.
8.Oxlokratiya (yunoncha: olomon hokimiyati) — Arastuning ko‘rsatishicha, demokratiyaning buzilishi shakli bo‘lib, ommaning cheklanmagan hukmronligini anglatadi.
Savol va topshiriqlar 1. Shaxs bo‘lishda madaniy-ijtimoiy aqidalarning o‘rni qanday?
2. Shaxs shakllanishi ijtimoiy omillarsiz ham amalga oshadimi?
3. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va refleksiya etishi o‘zaro qanday bog‘langan?
4. Begonalashuv shaxs hayotida zaruriy hodisami?
5. Begonalashuvni bartaraf etish mumkinmi?
6. Zaruriyatsiz erkinlik, erkinliksiz zaruriyat bo‘lishi mumkinmi?
7. Erkinlikning mezonlari bo‘ladimi?
8. Insonning ichki erkinligiga misollar keltiring.
9. Tashqi erkinlikning shaxsga ta’siri.
10. Qaysi soha erkinligi eng zarur hisoblanadi?
11. Shaxsning shakllanishida jamiyatning mas’uliyatini qanday tushunasiz?
12. Shaxsning siyosiy maqomi qanday ta’minlanadi?