Ikkilamchi elektronlar emissiyasini o‘rganishga mo‘ljallangan har qanday qurilmalar asosida quyidagi umumiy elementlar yotadi:
K termokatodli va W-A elektron optikali elektron pushka bo‘lib, u berilgan E0 energiyali va talab etiladigan –intensivlikli fokusirlangan elektronlar dastasini hosil qiladi;
M tadqiq etilayotgan mishen (Nishon), ma’lum shaklga (sferik yoki yassi) ega bo‘ladigan sirtida toza holatni hosil qilish uchun yuqori haroratlargacha qizdiriladigan, yoki o‘rganish maqsadiga ko‘ra suyuq geliy qaynash haroratigacha sovutilishi mumkin bo‘lgan ob’ekt;
G‘ – kollektor, mishenni o‘rab turadigan va undan ikkilamchi elektronlarniyig‘ib oladigan qurilma ;
Dinatronga qarshi setka G, moshen va kollektor orasida joylashgan bo‘lib, kollektordan ikkilamchi elektronlar emissiyasi hisobiga yuzaga keladigan parazit toklani ushlab qoladigan (“uchlamchi” elektronlarni) setka;
D-diafragma, elektron pushka tomoniga ikkilamchi elektronlar tokini ketib qolishini oldini oladigan to‘siq.
2- Rasm. Ikkilamchi elektronlar emissiyasi hodisasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan eksperimental qurilma (K-katod;W- Venelt silindri ;A- anod; D- diafragma; M-mishen;F-kollektor;G-setka)
Elastik qaytgan elektronlar koeffitsienti ni va ikkilamchi elektronlar energetik spektrlarini aniqlash uchun –mishen, setka va kollektorning joylashish geometriyasi asosiy o‘rin tutadi. Shu munosabat bilan setka G kollektor F-lar konsentrik sfera shaklida qilib yasaladi va ularning markazida M – mishen joylashadi. Mishenning chiziqli o‘lchamlari sfera radiusidan anchaga kichik bo‘lishlari zarur. Setka G kollektorga nisbatan absolyut qiymati jihatidan turlicha bo‘lgan potensial berilishi mumkin: musbat yoki manfiy. Diafragma D ga kollektorga nisbatan manfiy potensial beriladi. Mishenda oqayotgan m-tok, quyidagiga teng: 0 - ', bu yerda 0 – mishenga tushayotgan elektronlar toki; ' – mishendan setka-kollektor zanjiriga ketayotgan ikkilamchi elektronlar toki. Bu tokning kattaligi mishen va setka orasidagi potensiallar farqiga bog‘liq bo‘ladi. Agar setka mishenga nisbatan musbat yoki nolinchi potensialga ega bo‘lsa, (hajmiy zaryadni hisobga olmaymiz), u holda ' – mishenni tark etayotgan ikkilamchi elektronlar to‘la tokiga ga teng bo‘ladi. U holda quyidagini yozishimiz mumkin
iM1=i0 –i.
Agar setkaga mishenga nisbatan manfiy potensial beradigan bo‘lsak, u holda mishenni faqat energiyasi E eVz bo‘lgan elektronlargina tark etishi mumkin. eVz E0 bo‘lganda , , va mos ravishda,
0.
eVz -50 eV, bo‘lsa, u holda barcha haqiqiy ikkilamchi elektorlar ushlab qolinadi, Ya’ni, tok ′ + , va mishen zanjiridagi tok quyidagiga teng bo‘ladi
iM2= i0-(ielast+inoelast).
Birlamchi elektronlarning boshlang‘ich energiyasi E0 bo‘lganda, bir nechta Yuz elektronvolt bo‘lganda, ielast inoelast,
iM3= i0 - ielast Agar iM1, iM2, iM3 va i0 – toklar o‘lchangan bo‘lsa u holda σ, ƞ larni topish qiyinchilik tug‘dirmaydi. (iM – galvanometr G2 yordamida o‘lchanadi, i0tok esa G1-galvanometr yordamida. ). Haqiqatdan ham ifodadan kelib chiqadiki, i = i0- iM1. U holda ikkilamchi elektronlar emissiyasining to‘la koeffitsienti
iM2=iM1+i- (ielas+ielas)=iM1+iikkil,
bu yerda
iikk=i-( ielas+inoelas).
Mos ravishda iikki =iM2- iM1. U holda haqiqiy ikkilamchi elektronlar emissiyasi koeffitsienti uchun quyidagiga ega bo‘lamiz
ifodadan kelib chiqadiki, inoelas=i0 - iM2. U holda noelastik qaytgan elektronlar koeffitsientini quyidagi munosabatdan topish mumkin
Nihoyat, (6.10) tenglikdan kelib chiqadiki, ielas=i0 - iM3. U holda, elastik qaytgan elektronlar uchun qaytish koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ladi
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ikkilamchi emissiyaning to‘la koeffitsientiσmetallaruchun (σ ≥1) dielektriklar uchun esa bir necha o’nlab qiymatga ega(σ˃˃1). 3.rasm. da σ koeffitsientnibirlamchi elektronlarenergiyasi E0 ga bog‘liqlik grafigi keltirilgan. σ(E0) bog‘lanish egri chizig‘i maksimumi metallar uchun E0 300-600 eV (a), dielektriklar uchun esa energetik sohaning E0 1000- 1600 eV ga to‘g‘ri keladi (b).
3-rasm. Ikkilamchi elektronlar emissiyasi to‘la koeffitsientini birlamchi elektronlar energiyasiga bog‘liqligi : a-metallar (Cu); b-dielektriklar (CsSl)