Ikkilamchi elektronlar emissiyasini o‘rganishda olingan natijalar to‘g‘riligini tasdiqlovchi asosiy shartlari quyidagilardan iboratdir –o‘rganilayotgan qattiq jism sirtining tozaligi, vakuum darajasi va qoldiq gazlar parsial tarkibidir. Sirtning tozaligiga odatda – o‘ta yuqori vakuumda o‘rganilayotgan namuna yuqori haroratlargacha qizdiriladi. O‘lchash vaqti hajmda sirtga monoqatlamli atomlar yoki molekulalarning adsorbsiyalanishiga ketadigan vaqtdan kamroq vaqt ichida amalga oshirilishi zarur.
3.1. Ikkilamchi elektronlar emissiyasining to‘la koeffitsienti
Ikkilamchi elektronlar emissiyasi –σ- koeffitsientini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar Shuni ko‘rsatdiki, σ- koeffitsient bir qator faktorlarga bog‘liq bo‘lar ekan.
σ ning sirt notekisligiga bog‘liqligi. Mishen sirtining notekisligi σ qiymatini kattaligini rosa kamaytiradi. Bu Shunday tushuntiriladiki, rivojlangan strukturali sirtda hosil bo‘lgan elektronlar o‘z harakati davomida mishendan tashqarida juda ko‘p to‘siqlarga duch keladikim, silliq sirtda bunday to‘siqlarga uchramaydi.
σ ning mishen haroratiga bog‘liqligi : Metallarda mishenning harorati deyarli σ ning qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Yarim o‘tkazgichlarda esa mishen haroratining oshishi (germaniy) T gacha σ ni 5-6 % kamayishiga olib keladi.
σ ning moddaning agregat holatiga bog‘liqligi. M.P. Morozov tomonidan qo‘rg‘oshin, qalayi, vismutlar uchun erish haroratida σ koeffitsient sakrab o‘zgaradi. Biroq keyingi tadqiqotlarda bu sakrab o‘zgarishlar kuzatilmadi. Aftidan sakrashlar sirtning iflosliklari va relefining o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lishgan.
σ ning modda magnit xossalariga bog‘liqligi. Kyuri nuqtasi yaqinida va bu nuqtadan o‘tish vaqtida (ya’ni, magnit materialning ferromagnitlik xususiyatidan paramagnitlik xususiyatiga o‘tishda ) koeffitsient σ ning hech qanday o‘zgarishlari kuzatilmagan.