Mavzu: Ikkilamchi Elektronlar Emissiyasi



Yüklə 221,64 Kb.
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü221,64 Kb.
#177273
1   2   3   4   5   6
Ikkilamchi Elektronlar Emissiyasi

σ ning chiqish ishiga bog‘liqligi.



4-Rasm. Ikkilamchi elektronlar emissiyasi to‘la koeffitsientini bariyni kumush taglikga o‘stirish vaqtiga bog‘liqligi (E0 .


Volfram, molibden, kumush, oltin va boshqa materiallardan qilingan mishenlarni sirtiga ishqoriy va ishqoriy- er metallarini adsorbsiyalaganda, qoplamaning qalinligi bir necha monosloy bo‘lganda, mishenning chiqish ishi kamayadi, va σ –koeffitsient esa ortadi (81.rasm). Vakuumni 10-5 Pa dan 5*10-7 Pa gacha o‘zgarishi qaralayotgan bog‘lanishda ikkilamchi elektronlar emissiyasi chiqish ishiga bog‘liqligi sezilmaydi.
σ ni metallik emitterlarning kristallik xususiyatlariga bog‘liqligi. Kobalt strukturasini geksagonaldan – qirramarazlashganga o‘tishida T 638 K da va temirning strukturasi HMKK dan Qirra Markazlashgan Kubik Kristallga (QMKK) T 1183 K o‘tishida σ ning deyarli o‘zgarishi kuzatilmagan. Metalli qotishmalar (Re-W, Re-Ta, Re-Ti) uchun issiqlik ta’siridan so‘ng σ ning qiymati toza metallarnikiga qaraganda ortadi.
Metallik emitterlarda mexanik kuchlanishlarning σ ga ta’siri.
Alyuminiy, nikel, molibden, oltinlardan qilingan lenta yoki simlarda egilish deformatsiyasining ortishi bilan σ ham ortadi. Qo‘yilgan kuchlanish ortganda -emissiya koeffitsientining o‘zgarish tezligi ham ortadi, bunda – deformatsiya o‘lchami. Σ ning deformatsiyadan avval va keyingi qiymatlari orasidagi farq tashkil qiladi. Namunani yuqori haroratlarda kuydirish (otjig) yoki uni bir necha soatlab xona haroratida ushlab turish σ –koeffitsientni dastlabki holatiga qaytaradi.
σ – elektronlarning tushish burchagiga bog‘liqligi. σ (F) burchakka bog‘liqlikni tadqiq qilish Shuni ko‘rsatdiki, birlamchi elektronlarni mishenga tushish burchagining F-ortishi bilan σ- koeffitsient quyidagi qonun bo‘yicha ortadi
σ 0 exr(-a
bunda 0 va a – doimiy kattaliklar. (Tushish burchagi F deganda birlamchi elektronlar harakati yo‘nalishi bilan tushish nuqtasida mishen sirtiga o‘tkazilgan urunma orasidagi burchak tushuniladi). Katta tushish burchaklari uchun qattiq jism ichida birlamchi elektronlar Yugurishining oxiri, ya’niki –uyg‘otilgan ikkilamchi elektronlarning asosiy qismi to‘plangan joy, sirtga yaqin turgan bo‘ladi. Shu sababli kamroq chuqurlikdan sirt orqali vakuumga – ko‘proq chuqurlikga qaraganda –kichik F burchaklarda –ko‘proq elektronlar chiqishi mumkin bo‘ladi.
Birlamchi elektronlarning E0 kattaroq energiyalarida , ularning singib kirish chuqurligi juda katta bo‘ladigan holda, –koeffitsient unda uyg‘ongan elektronlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramasdan kamayadi. Bu Shu narsa bilan bog‘liqki, ko‘proq chuqurlikdan kamroq ikkilamchi elektronlar chiqadikim, sababi ular o‘z harakati davomida qattiq jism ichida to‘qnashuvlarga duch keladi. Shu sababli qattiq jismdan chiqayotgan elektronlar qanchalik ko‘p chuqurlikda bo‘lmasa, Shuncha katta energiyaga ega bo‘lishadi.
ni emitterning turiga– metall Yoki dielektrik ekanligiga bog‘liqligi. Dielektriklar uchun ikkilamchi elektronlar emissiyasi koeffitsienti (bir tartibga) metallarga qaraganda katta. Gap Shundaki, birlamchi elektronlar ikkilamchi elektronlarni quyi (to‘ldirilgan) energetik satihlardan urib chiqaradi, qaysiki elektronlar soni –dielektriklar va metallar uchun bir xil bo‘ladi. Biroq metallarda dielektriklardan farqli o‘laroq, o‘tkazuvchanlik zonasida Yana erkin elektronlar bo‘ladikim, ikkilamchi elektronlar ular bilan qo‘shimcha ravishda to‘qnashadi. Shu sababdan, metallardan ikkilamchi elektronlarning chiqishi dielektriklarga qaraganda bir muncha qiyinroq bo‘ladi, shuning uchun dielek met.

Yüklə 221,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin