Mavzu: Ilk o’spirinlarda atrofdagilar bilan o’zaro munosabat hususiyatlari


Kasb -xunar kollejlari va akademik litsey amaliyotchi psixologlarining psixokorreksion faoliyati modelini ishlab chiqishdan iborat



Yüklə 10,2 Kb.
səhifə2/3
tarix20.12.2023
ölçüsü10,2 Kb.
#187383
1   2   3
ilk O\'sprinlik

Kasb -xunar kollejlari va akademik litsey amaliyotchi psixologlarining psixokorreksion faoliyati modelini ishlab chiqishdan iborat.
  • Bitiruv malakaviy ishilarimiz davomida biz shunday xulosaga keldikki, ta’lim jarayonida yuzaga keladigan o‘smirlar o‘rtasidagi o‘rta maxsus talim tizimida psixologik xizmat tabiati turfa xil bo‘lgan nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar va yosh xususiyatlarining o‘zaro uyg‘unlikdagi ta’siri bilan belgilanadigan maxsus xususiyatlarga egadir. O‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar sharoi-tida ularni konstruktiv hal qilish va va ularning bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari profilaktikasi borasidagi maktab psixologi faoliyati psixokorreksion ta’sir ko‘rsatish xarakteriga ega va psixokorreksion metodlarning unga mos shakllarini qo‘llashda tashkil etilishi mumkin.
    • Tizimli yondashuv tamoyili, ong va faoliyat birligi tamoyili, faoliyatda rivojlanish tamoyili, sub’ektlilikning aks etishi tamoyili, noadaptiv faollik tamoyillari, yetuk horij va o‘zbekistonlik psixologlarning o‘smirlik davri psixologiyasiga oid konsepsiyalari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va ta’lim- tarbiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha hukumatimiz qarorlari Bitiruv malakaviy ishining nazariy-metodologik asosini tashkil etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risidagi g‘oyalariga asoslandik.
    • Konfliktogen omillar va ularning dinamikasini tizimli o‘rganishga yo‘naltirilgan psixodiagnostik va korreksion metodlar majmuidan foydalanildi. Bular; a) maqsadli kuzatish; b) og‘zaki ko‘rsatmalarni yig‘ish va ularni tahlil qilish (suhbat, anketa, yozma hisobot shakli); v) sotsiometriya; g) test-so‘rovnoma; d) aks ettirilgan sub’ektlilik metodi; ye) olingan natijalarni matematik tahlil etish usullaridan foydalanildi
    • Bitiruv malakaviy ishi natijalari taraqqiyot psixologiyasi, amaliy psixologiya, pedagogik psixologiya fanlarini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitadi. kasb -xunar kollejlari va akademik litsey amaliyotchi psixologlarining amaliy kasbiy faoliyatida o‘smirlik davridagi o‘quvchi-larga xos shaxslararo nizolar sharoitida psixokorreksion ishlarning metodlari va shakllari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilindi.
    • Bitiruv malakaviy ishiimizda biz tomondan ishlab chiqilgan kasb -xunar kollejlari va akademik litsey amaliyotchi psixologlarining psixokorreksion faoliyati modeli yuqori samara berdi.
    • Bitiruv malakaviy ishi natijalaridan amaliy psixologlar, maktab o‘qituvchilar, psixologik-konsultativ markazlar mutaxassislari faoliyatida foydalanish mumkin. Shuningdek, maktabda psixokorreksion muhitni yaratish, maktabda tarbiya jarayonining psixokorreksion modelini keyinchalik yanada takomillashtirish imkoniyatlarini ochib beradi. Olingan natijalar maktabda psixologik xizmatni rivojlantirishning zamonaviy shart-sharoitlarini kengaytiradi va maktab psixologlari faoliyati va tarbiyaviy ishlarining dasturini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, universitetlar, pedagogika institutlari, pedagogika va psixologiya bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalari yaratishda, ma’ruzalar matni tayyorlashda, innovatsion dasturlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.

    Yüklə 10,2 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin