Bilishdagi qiyinchiliklar: o‘rta maktab va oliy o‘quv yurtidagi o‘quv materiallarining mazmun va ko‘lami jihatidan keskin farqlanishi; oliy o‘quv yurtida o‘qitishning turli shakli usullari (ma’ruzalar, seminar mashg‘uloti, kollokvium, sinov, baxs, amaliy mashg‘ulot, maxsus praktikum, maxsus seminar, masus kurs va xakazolar) mavjudligi o‘quv matni, ma’ruza va seminar materiallarining murakkabligi, muammoliligi, ilmiyligi, talabalarda mustaqil bilim olish malakalari etishmasligi:
2. Ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklar: atrof-muhit va hayot sharoitining o‘zgarishi; hayot va faoliyatining barcha jabxalarida mustaqilikka o‘tilishi: irodaviy zo‘r berish, qobiliyat, aqliy imkoniyatlar bo‘yicha qat’iyatsizlik masalan, sessiyalarida o‘qishdan xaydalishdan cho‘chish, qo‘rqish, xavfsirashning paydo bo‘lishi.
3. Kasbiy qiyinchiliklar: oliy o‘quv yurti mutaxassisligini tanlashdan ikkilanish; oliy maktab shart-sharoitlariga moslashish jarayonini noto‘g‘ri tasavvur qilish; ta’lim olish usullari va vositalarini ko‘nikma malaka va odatlarning egallashida orqada qolish, turli xususiyatga ega bo‘lgan mutaxassislik-ixtisoslik amaliyotidan unumli foydalana olmaslik, nazariy bilimlar bilan amaliyotning ajralib qolgani; talabalarning professiogramma talablariga javob beradigan kasbiy fazilatlarga ega emasligi.
O‘qituvchi va talabaning hamkorligi - ta’lim samaradorligining muhim omili.
YAkka shaxs faoliyatining psixologik taxlili faoliyat sub’ektining boshqa odamlar bilan aloqasini mavxumlashtiradi. Lekin bu mavxumlashtirish nixoyatda muhimligidan qat’iy nazar, o‘rganilayotgan xodisalarning bir tomonlama yoritish imkonini beradi.
O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorligidagi faoliyatiga doir tadqiqotlarida, asosiy e’tibor o‘zaro munosabatning rivojlanishini o‘rganishga qaratilgan o‘qitishni guruxli tashkil qilish jarayoni bayon qilingan.
A.V.Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatidan kelib chiqishini o‘rganib, ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularning muloqotga extyojini qondirish vositasi emas, balki o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning ham vositaligini ta’kidlagan edi.
Hamkorlikda maxsuldor faoliyatni psixologik jixatdan o‘rganishni V.YA. Lyaudis boshchiligidagi psixologlar guruxi amalga oshirdi. Uning asosiy maqsadi yangi fazilatlarning shakllanishida o‘qituvchi bilan talaba rolini ifodalash edi. Ushbu nazariyaga binoan, o‘quv faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o‘zlashtirishning negizi emas, balki shaxsning ijtimoiy-madaniy qadriyatlarini egallash jarayonidir. Mazkur nazariya asosida o‘quv vaziyatini talaba shaxsining rivojlanishidagi «yaqin kamolot zonasi» ninggina emas, balki «perseptiv rivojlanish zonasi» ni ham yaratadigan yo‘sinda, loyixalash mumkin.