Kurs ishining maqsadi:Maktabgacha ta’limda olib boriladigan rahbarlikni o’rganishdan iborat. Kurs ishining vazifalari:
Maktabgacha ta'lim tashkilotida “Ilk qadam” davlat o'quv dasturini bajarilishi.
Ta'lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta'lim tizimini boshqarish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim shakli.
Mashg‘ulotda tarbiyachining yetakchilik roli va innovatsion yondashuvi.
Kurs ishining obyekti:Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish .
Kurs ishining predmeti: Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarishning metodlari va vositalari.
Kurs ishining tuzilishi: Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining “ilk qadam” davlat o'quv dasturining bajarilishini ta'minlashi va nazorat qilishi mavzusidagi kurs ishi kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Ishning asosiy qismi betdan iborat.
I BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA “ILK QADAM” DAVLAT O'QUV DASTURINI BAJARILISHI VA RAHBAR NAZORATI. 1.1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida “Ilk qadam” davlat o'quv dasturini bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
umladan,
1. “Ilk qadam”
asturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab
lindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiMaktabgacha Ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha Ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; - maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; - maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; - maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib, I-bobda MTT davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim tashkiloti Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1. Davlat o‘quv dasturidaMTTningquydagi maqsad va vazifalari belgilab berilgan.
- bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; - maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; - bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. II-bob:- MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni: -MTT ta’lim jarayonining maqsadlari -MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari -Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish -Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati -Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib:
-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: - bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
- ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; - bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; - bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; - o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; - bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; - bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; - MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; - milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati Maktabgacha Ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha Ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha Ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha Ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
- ota-onalarning maktabgacha Ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
- ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; - ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; - ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.
- «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari - «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari - «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari - «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari - «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI- O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTTlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bunda:- MTTlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari MTT pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2(3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.