4 Nazorat savollariga javoblar: 1. Integral mikrosxema (IMS) nima?
-Integral mikrosxema (IMS) o‘ta ixcham, o‘ta pishiq, kichik tannarxga ega bo‘lgan va kam quvvat iste'mol qiladigan radioelement yasash yo‘lidagi urinishlar mahsulidir.
2. IMS asosiy xususiyati nimada?
- Integral mikrosxema (IMS) o‘ta ixcham, o‘ta pishiq, kichik tannarxga ega bo‘lgan va kam quvvat iste'mol qiladigan radioelement yasash yo‘lidagi urinishlar mahsulidir.
3. IMS elementi va komponentasi deb nimaga aytiladi?
- IMS elementi deb, konstruksiyasi bo‘yicha kristall yoki asosdan ajralmaydigan, elektroradio elementlari (ERE) funksiyasini bajaruvchi IMSning qismiga aytiladi. IMS komponenti deb, diskret element funksiyasini bajaruvchi, lekin montajdan avval mustaqil mahsulot bo‘lgan IMSning bo‘lagiga aytiladi.
4. Pardali, gibrid va yarim o‘tkazgichli IMSlarning bir – biridan farqi nimada?
- IMSlarning bir-biridan farqi, asosan, aktiv elementlarning ishlashi va ISlarning tayyorlash texnologiyasiga bog‘liqdir. Yarimo‘tkazgichli integral sxema – bu komponentalari yarimo‘tkazgich plastinkasining sirti qismida tayyorlanadigan yaxlit mikrosxemadan iborat.
5. Nima sababli tranzistorli tuzilma turli IMS elementlari yasashda asosiy hisoblanadi?
- Yarimo‘tkazgich IMSlar tayyorlash uchun asosiy material bo‘lgan - kremniy monokristall quymalari olishdan boshlanadi. (Choxralskiy usuli). Hosil bo‘lgan kremniy quymasi n– yoki r–turli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Quyma uzunligi 150 sm, diametri esa 150 mm va undan katta bo‘lishi mumkin. Zonali eritish usulida monokristal ifloslantiruvchi kiritmalardan qo‘shimcha tozalanadi
6. Integral mikrosxema elementlarini izolyasiyasi qanday amalga oshiriladi?
- Ular umumiy taglikka izolyasiyalangan holda joylashtiriladi.
7. Raqamli va analog IMSlarning murakkablik darajasi (integratsiya darajasi) qanday aniqlanadi?
-Qabul qilinayotgan, saqlanayotgan va ishlov berilayotgan signal turiga ko‘ra.
8. Analog IMSlarda qanday signallar qayta ishlanadi? Raqamlidachi?
Analog uzluksiz signallar qayta ishlaydi.
Analog uzlukli signallar qayta ishlaydi.