mavzu. Imunitet haqida tushincha. Imunitet haqidagi ta`limotning rivoji Ishning maqsadi



Yüklə 471,29 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.06.2022
ölçüsü471,29 Kb.
#60882
1-amaliy im



1-Mavzu. Imunitet haqida tushincha .Imunitet haqidagi ta`limotning rivoji 

Ishning maqsadi: Imunitet haqida tushinchaga ega bo`lish. Imunitet haqidagi ta`limotning 
rivoji
ni o`rganish. 
Nazariy qism. Immunologiya, zamonaviy tibbiyotning taraqqiyotini belgilaydigan fanlardan 
bin. Shakllanganiga 200 yilcha bo‘ldi, lekin bu boradagi rnuhim kashfiyotlar oxirgi 40-60 yil 
ichida qilindi. Shu qisqa vaqt ichida immun tartibning ko'pgina vazifalari aniqlandi, klassik 
immunitet tushunchasi lor doirada ekanligi ko^satildi. Klassik immunologiya tibbiyot 
mikrobiologiyasining bir tarmog‘i bo‘lgani uchun immunitet deganda organizmni faqat patogen 
mikroorganizmlardan himoya qiluvchi vosita deb qaralgan. Izlanishlar jarayonida immun tizim 
organizmni nafaqat tashqi infeksion omillardan, balki organizm gomeostazini buzuvchi ichki 
omillardan ham himoya qilishi o‘ztasdig‘ini topdi. Shunday qilib, i mm u n i t e t (lot. immunitas, 
immunitatus — bir niinadan xalos bo‘lish) - organizmning infeksion va noinfeksion tabiatli 
antigen'lardan himoyalanishini ta’minlab beradigan immun sistema holatidir. Immunologiya fani 
immunitet masalalari bilan shug'ullanadi. U tibbiyot mikrobiologiyasidan ajralib chiqib, 
tibbiyotning alohida bir yo‘nalishi sifalidajadal rivojlanmoqda. 
Infeksion va noinfeksion immunologiyarasida tafovut kuzatiladi: Infeksion immunologiya 
yuqumli kasalliklarga chidamlilik mexanizmini, immunitetning rivojlanishida hujayraviy va 
gumoral omillarning ahamiyatini, antitelolarning molekular tuzilishi va ularning biosintezini, 
limfotsit vamakrofaglarning faoliyatini o‘rganadi. Shu bilan birqatorda, maxsus laboratoriya 
tashxisini takomillashtirish, yuqumli kasalliklamtng oldini olish va davolash bilan shug‘ullanadi. 
Noinfeksion immunologiya immunogenetika (immun reaksiyalami nazorat qiluvchi genlarning 
joylashishi va vazifalari, bu genlarning nasldan-naslga o‘tish mcxanizmlarini aniqlash; odamning 
leykotsit antigenlarini o‘rganish; immunga bog‘liq kasalliklarning irsiy markerlarini topish), 
immunogcmatologiya (qon kasalliklarini o‘rganish), transplantatsion 
immunologiya 
(antigenlaming tur va shaxsga xosligini ta’minlash; to‘qima va a’zolami ko'chirib o‘tkazish), 
immunopatologiya (immun tizimga xos tug‘ma va orttirilgan kasalliklami o'rganish), 
embrioimmunologiya (ayol organizmi uchun qisman yot bo'lgan homilaning rivojlanish asoslarini 
o‘rganish), immunogistokimyo (immun sistema a’zo va to'qimalarining gistologiyasini o‘rganish), 
immunodiagnostika (immunologik usullar yordamida tashxis qo'yish), immunoterapiya (immun 
omillar yordamida davolash), immunoprofilaktika (turli usullar bilan immunitet hosil qilish), 
ekologik immunologiya (ckologik omillaming irnmun tizimga ta’sirini o'rganish) kabi tarmoqlarga 
bo'linadi. 
Yechiladigan masalalar doirasi juda keng bo‘1 gam uchun irnmun tartib to'g'risidagi ayrim 
ma’lumotlarbiologiya, anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya, allergologiya, 
endokrinologiya, terapiya. onkologiya, gematologiya, transplatatsion jarrohlik kabi kurslarda ham 
bayon etiladi. Mikrobiologiya kursida esa organizmni yuqumli kasalliklarga C[arshi nomaxsus va 
irnmun himoya omillari, ulaming rivojlanish mexanizmlari, yuqumli kasalliklaming immunologik 
lashxisi, maxsus pmfilaktikasi va davolash usultari o'rgamladi. 


Adabiyotlar 
1. Bangham A.D., Standish M.M., Watkins J.C. Diffusion of Univalent Ions across the Lamelae 
of Swollen Phospholipids //Ibid. 1965. Vol. 13. P. 238-252. 
2. OvchinnikovYu.A. Bioorganicheskayaximiya. M.: Prosvehenie, 1987. S. 513-636. 
3. Q.Davranov «Biotexnologiya» 2000y. Toshkent. 504b. 
4. Davronov K., Xo'jamshukurov N. Umumiy va texnik mikrobiologiya. Toshkent, ToshDAU, 
2004. 

Yüklə 471,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin