Mavzu: Inflyatsiya tushunchasi va turlari Reja


Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyatsiya



Yüklə 19,29 Kb.
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü19,29 Kb.
#103958
1   2   3
kkkkkkk

Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyatsiya
Bu inflyatsiyaning sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin:
a) har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman, xalq xo`jaligi bo`yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo`yicha taklif qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.
b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo`ladi, kam mehnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug’iladi. Natijada tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi.
v) aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.k. Bu zanjir uzluksiz davom qilish mumkin.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. G’arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichi qilib chakana baholarning o`zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma`lum davrda baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi.CHakana baholar o`sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baholar indeksiga asoslanadi. Baholar indeksini hisoblashning boshlang’ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar o`zgarishi, o`rtacha yillik o`sish sur`ati hisoblanishi mumkin.Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yig’indisi, ya`ni tovarlar bozor savati bahosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy bahosi, ya`ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. YUqoridagi fikrni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin.Baholar indeksini hisoblashda iste`mol tovarlar bahosining indeksi katta ahamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksi bazis yildagi baholar indeksiga nisbatan oshishi inflyatsiya – «Baholar darajasining oshishi»dan, baholar indeksining kamayishi–deflyatsiya–«Baholar darajasining kamayishi»dan dalolat beradi.Iste`mol tovarlar bahosi indeksidan tashqari ba`zi guruh tovarlar va xizmatlar, masalan: kiyim, oyoq kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va boshqalar bo`yicha baholar indekslarini hisoblash mumkin.Baholar indeksiga asoslanib, inflyatsiya sur`atlarini aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, bazis davr baholar indeksiga bo`lamiz. Masalan, 2005 yilda iste`mol tovarlarning baho indeksi 110, 2007 yilda 140 bo`lsa, 2007 yilda inflyatsiya sur`ati quyidagicha aniqlanadi:
140 110
Inflyatsiya = x 100 = 27,27%
sur`ati 110
Demak, 2007 yilda inflyatsiyaning o`sish sur`atlari taxminan 27,3% teng bo`ladi.Inflyatsiyaning o`sish sur`atlari to`g’risida gapirganda, uning rivojlanishini son jihatdan aniqlanishning boshqa yo`li ham mavjud. Bu usul «70 lar qoidasi» deb ataladi. Agar har yillik inflyatsiya darajasi ma`lum bo`lsa, baholar ikki karra oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun «70» ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bo`lish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bo`lsa, baholar darajasi 14 yildan keyin ikki marta oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20% bo`lsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki marta oshishi kerak.SHuni ta`kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham, masalan, inflyatsiyaning o`sish sur`atlari yuqori, (har kuni, oyda o`zgarib boradigan) bo`lsa, qulay hisoblanmaydi. «70 lar qoidasi» aholi jamg’armalarining, real yoki milliy mahsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to`g’ri aniqlab berishga imkon beradi.
Yüklə 19,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin