Mavzu: Inflyatsiya tushunchasi va turlari Reja



Yüklə 19,29 Kb.
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü19,29 Kb.
#103958
  1   2   3
kkkkkkk


Mavzu: Inflyatsiya tushunchasi va turlari
Reja:

  1. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish.

  2. Inflyatsiyaning sotsial iqtisodiy oqibatlari. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf qilish yo`llari.

  3. Pul islohotlari va uni pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o`rni. Talab va taklif inflyatsiyasi.


Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish.
Inflatsiya lotincha so`z bo`lib ko`pchish bo`rtish degan ma`nolarni anglatadi. Inflatsiya faqat va faqat pul muomalasiga xos bo`lgan hodisa hisoblanadi. Inflatsiya atamasi birinchi marta 1861-1865-yillar oralig’ida shimoliy Amerikada paydo bo`lgan. CHunki bu vaqtda shimoliy Amerikada muomaladagi naqd pul massasi keskin ko`payib ketgan edi.
Iqtisodiy fanda Inflatsiya tushunchasi XX asrda paydo bo`lgan. CHunki XX asrning boshlarida dunyoning ko`plab mamalakatlarida qog’oz pullar muomalaga kiritilgan.AQSHlik iqtisodchi olim Makkonel Inflatsiyaga shunday ta`rif beradi: Inflatsiya bu tovarlar baholarining ommaviy tarzda o`sishidir.Taniqli rus olimi Lavrushin Inflatsiya shunday ta`rif beradi: Inflatsiya bu tovarlar va xizmatlar bahosining o`sishi natijasida pulning qadrsizlanishidir.Inflatsiya keng ma`noda quyidagicha ta`rif berish mumkin. Inflatsiya bu tovarlar va xizmatlar baholarining osishi natijasida muomaladagi pul massasining ko`payishi va shuning asosida pulning qadrsizlanishidir. Inflatsiyaning klassik talqinida pulning aylanish tezligi o`zgarmagan sharoitda pullar taklifi ko`payishi har doim Inflatsiyani yuzaga keltiradi.Inflatsiyaning 3 ta namoyon bo`lish shakli mavjud:
1.Milliy valuta tovarlar va xizmatlar bahosiga nisbatan qadrsizlanadi
2.Milliy valuta xorijiy valutalarga nisbatan qadrsizlanadi.
3.Milliy valuta oltin va zargarlik buyumlariga nisbatan qadrsizlanadi.
Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablarni 2 guruhga ajratish mumkin:
1.Pullik omillar. Bunga davlat budjeti defetsitini qoplash maqsadida naqd pullarni emissiya qilish tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga nihoyatda katta miqdorda kreditlar berilishi, fuqorolarning xorijdan o`tkazayotgan pul o`tkazmalari, markaziy bankning kurs siyosati kabi omillar kiradi
2.Pul bo`lmagan omillar. Bunga tabiiy manopoliyalar mahsulotlari va xizmatlarining o`sishi, Davlatning iqtisodiy siyosatining o`zgarishi, tashqi iqtisodiy faoliyat kabi omilar kiradi

Inflatsiya jiddiy ijtimoiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Bular ichida eng muhimlari ishsizlik darajasini oshishi, aholining real daromadlarining pasayisi va aholini mulkiy jihatdan tabaqalanishi hisoblanadi.


Inflatsiya iqtisodiy oqibatlarga ham ega. Inflatsiya davlat budjeti defetsitining ortishiga, iqtisodiy o`sishning sekinlashishiga, investitsiya meyorining pasayishiga sabab bo`ladi.
L. Katao va M. Terronza 107 ta mamlakat miqyosida 1960- yildan 2001-yilgacha bo`lgan davrda Inflatsiya va davlat budjeti defetsiti o`rtasidagi bog’liqlikni o`rganishgan. Ular Inflatsiya darajasi yuqori bo`lgan davlatlarda Inflatsiya va defetsit o`rtasida to`g’ridan to`g’ri bog’liqlik bor degan xulosaga kelishgan. Inflatsiyaning o`rtacha yillik darajasi 50 % bo`lgan davlatlarda davlat budjeti defetsitining YAIMga nisbatan 1 % punktga qisqarishi Inflatsiyani 8.75 % li punktga pasayishiga olib keladi.
Tarix, haqiqatan ham bu so`zning mohiyati har tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi. CHunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo`lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy mohiyati – muomalada mavjud bo`lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko`p pul chiqarish degan ma`noni anglatadi.
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o`sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to`lanishi mumkin bo`lgan talablarning vujudga kelishiga olib keladi. Odatda, inflyatsiyaning bu turi – klassik inflyatsiya deb yuritiladi.
Inflyatsiya so`zi AQSHning SHimoliy va Janubiy shtatlari o`rtasida fuqarolar urushi bo`lganda muomalaga juda ko`p miqdorda (450 mln. grin bek) qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo`llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizgacha tushib ketgan. Agar tarixga e`tibor beradigan bo`lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi inflyatsiya bilan uzviy bog’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o`rtalarida namoyon bo`lgan. Germaniyada juda yuqori sur`atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo`lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar shuni ko`rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo`lmasdan, tarixan mavjud bo`lgan jarayondir.
Hozirgi davr inflyatsiyasi, o`tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo`lib, ular, odatda, urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chiqarish va tovar aylanmasi sur`atlarini oshirmasdan yoki bu ko`rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo`ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo`llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo`lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo`lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya`ni haqiqatda pul birligi o`zida ko`rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan.


Yüklə 19,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin