Pul islohotlari va uning pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o`rni. Talab va taklif inflyatsiyasi. Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, II Jahon urushidan keyin oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi.Sobiq SSSRda pul islohoti 1922 – 24 yillarda va 1947 yillarda o`tkazildi.O`zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o`tkazildi va respublika mustaqil davlat sifatida o`zining milliy pul birligiga ega bo`ldi.Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o`tkazmasdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga ko`ra davlat pul islohotini o`tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin.Pul kuchli qadrsizlangan vaziyatda faqat pul islohotini o`tkazish yo`li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya`ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o`rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, sobiq SSSRda 192224 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi.Revalvatsiya – bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, I jahon urushidan keyingi 19251928 yillarda o`tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo`lgan oltin qiymati belgilandi. II Jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko`tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda revalvatsiya o`tkazilgan.Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya oltin miqdori tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSH dollarining oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta kurslariga o`tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib boriladi.Denominatsiya – baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi «0»larni qisqartirishdan, pul birligida ko`rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr – 1921 1922 yillarda ikki marta denominatsiya o`tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya suratlari past bo`lgan sharoitda qulay bo`lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo`lsa, denominatsiya o`tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o`tkazish yo`li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo`ladi.Pul islohotini o`tkazish quyidagi yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
– muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo`yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish:
– aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to`liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo`yish):
– ikkala usulni birgalikda qo`llash yo`li orqali pul islohotini o`tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo`li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiyotga o`tishda qo`llanilgan. «SHok yo`li» bilan davolashda ish haqini to`lashni to`xtatib qo`yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o`tkazish, ish o`rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo`llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o`tkazilgan pul islohotida aholining naqd pullari va jamg’armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka nisbatan almashtirildi. Aholining pul jamg’armalarini to`lash vaqtincha to`xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to`langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo`lgan disbalans tugatilgan va shu yo`l bilan inflyatsiyaning o`sish sur`atlari to`xtatilgan.
«SHok yo`li» bilan davolash YAponiyada 194950 yillarda o`tkazilgan va u «Dodj rejasi» degan nomni olgan.