Mavzu: Informatika fanidan to'garak mashg'ulotlarni loyihalashtirish
Mavzu:Informatika fanidan to'garak mashg'ulotlarni loyihalashtirish
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Informatika fani, uni o‘qitishning maqsad va vazifalari
2. Informatika fanidan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishda me’yoriy xujjatlar
3. To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishning shakllari, usul va vositalari
4. To‘garak mashg‘ulotlarini loyihalashtirish.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mamlakatimizda ta'limga bo'lgan munosabatlarni yangi davrga olib chiqish masalasi keng muhokamada bo'lmoqda. "Ta'lim to'g'risidagi qonun" ning qabul qilinishi, "O'zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" gi president farmoni, Beshta muhim tashabbusning ilgari surilishi va joriy etilishi orqali yoshlarning bilim olishi va kasbiy shakllanishiga bo'lgan e'tibor yana bir marotaba davlat ahamiyatidagi masala darajasiga ko'tarildi. Bu muhim xujjatlarda yoshlarimizga chuqur bilimlar berish bilan birga kasb-xunarga o'rgatishning yo'l-yo'riqlari ko'rsatib berildi.
Axborot olami taraqqiyotida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi va yangi axborot texnologiyalari yuzaga keldi. Internet haqida, uning imkoniyatlari va elektron pochta xaqida oxirgi paytlarda ko‘p gapirilmoqda. ‘Kompyuter’ va ‘Internet’ atamalari kundalik ommabop atamalarga aylanmoqda.Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va taolimning barcha soxalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, ‘Internet’ga kirib borishini kengaytirish, yuqori malakali programmalovchi mutaxxassislar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Maktab o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi. 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan imzolangan "Umumiy o‘rta ta'lim pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorda shu haqida ma'lum qilindi.
Hujjatga ko‘ra, pedagog xodimlar uchun dars soatlarining tarifikatsiyasi umumiy yillik ish yuklamasida belgilangan 1548 soat (yillik 43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat) hisobidan amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining pedagog xodimlari uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi quyidagicha belgilanadi:
1-4-sinflarda haftasiga 18 soat;
5-11-sinflarda haftasiga 20 soat.
Ish reja ikki yo‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat tarzda shakllantiriladi:
o‘quv-tarbiya jarayoniga oid;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.
O‘quv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish reja umumiy o‘rta ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga ko‘ra pedagogik xodimlarga tarifikatsiya bo‘yicha ajratilgan dars soatlari asosida shakllantiriladi.
Yillik ish reja asosida pedagogik xodim tomonidan o‘quv yili oldidan taqvim-mavzuiy reja tuziladi. Dars mashg‘ulotlari mazkur rejaga asosan olib boriladi.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bo‘yicha hisobi yuritilmaydi.
Maktab o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
sinf jurnali;
yillik taqvim-mavzuiy reja;
kundalik dars ishlanmalari daftari.
Hujjatga ko‘ra, yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalarini elektron shaklda yuritilishiga ham yo‘l qo‘yiladi.
O‘rindoshlik va soatbay asosida dars berayotgan, ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimning mehnat vazifalarini o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda bajarayotgan pedagog xodimlarga o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon uchun ajratilgan soatlarga ham haq to‘lanadi.
Mazkur yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Internet quyidagi imkoniyatlari bilan afzaldir, bu informatsiyaga ega bo‘lish, yangiliklar bilan tanishish, bilimga ega bo‘lish, o‘qish , ilor texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish, ish munosabatlarini tezda xal qilish, sherik va buyurtmachilarni nazorat qilish, isteomolchining talabi va muammolarini bilish, ma'sulot baxosini kontrol qilish imkoniyatlaridir. Demak, internet buyangiliklarbilanmuntazamravishdatanishish, xamkorlikvaxarakatlarningbirlashuvi, zamonaviyfikrlaralmashish, bilimlarbilanalmashish, taolimolish, tadbirkorlikusulidir. Shunday qilib, internet bu infra doira bo‘lib, uning yordamida ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish, boshqarish va tasvirlash mumkin. U tijoratning klassik usullari qo‘llanishini va ishni tezda yuritilishini taominlaydi, butun dunyo intelektual boyligiga va ayniqsa ilor texnologiya va tajribalarga yo‘l ochadi,odamlar va xalqlar orasida aloqa o‘rnatadi.
Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish. O‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir.
Yoshlarning kompyuterga qiziqishlarini ortganligi sababli bolalarni informatika faniga oid to‘garaklarga jalb etish boshqa fanlarga nisbatan birmuncha osonroq kechadi. Kompyuter va uning imkoniyatlaridan barcha sohalarda unumli foydalanilayotganlik turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga jalb etish imkonini beradi.
To‘garaklarni tashkil etish uchun kompyuter xonasi yetarlicha dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun SoudForge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, arxitekturaga qobiliyati bor bolalar uchun AutoCad va hokazo dasturni o‘rgatish shular jumlasidandir .
O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman olganda kompyuter sirlarini o‘rganish va savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin.
To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash mumkin.
Hozirgi kunda mutaxassislar, guruxlar, yoki muassasalarining faoliyati ko‘p jihatda nularning qay darajada zaruriy ma’lumot va axborotlar bilan to‘la taominlanganligiga, xamda ushbu ma’lumotlardan qay darajada samarali foydalanaolayotganliklariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |