- ko’p bosqichli ta`lim tizimida informatika o’qitish texnologiyalarining o’rnini asoslash va zarur tavsiyalar berish;
- informatika o’qitish texnologiyalarini muntazam ravishda yangilab borish zaruryatini asoslash va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida pedagogik texnologiyalarni qo’llash mezonlari, yo’llari va usullari bilan qurollantirish;
- talabalarda istiqbolli o’qitish vositalaridan foydalanish va ularga tayangan holda informatika o’qitish texnologiyalarini loyihalash, amaliyotga joriy eta olish bilim, ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;
- talabalarni o’z pedagogik faoliyatlarini taxlil qila olishga, baholashga o’rgatish.
Tahliliy – tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish orqali informatika o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashdir.