Mavzu: Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish


-Rasm. Masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilar soni (turlari bo’yicha) 1-yanvar 2022 yil holatiga



Yüklə 161,8 Kb.
səhifə4/7
tarix19.10.2023
ölçüsü161,8 Kb.
#157574
1   2   3   4   5   6   7
№23 Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish

2-Rasm. Masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilar soni (turlari bo’yicha) 1-yanvar 2022 yil holatiga
Jadvaldan ko’rinib turibdiki masofadan bank xizmatlarini ko’rsatish tizimlaridan foydalanish 2015 - yilda 24 545 dona bo’lgan bo’lsa 2019 yilda 534 800 ta mijoz bu xizmatlardan foydalangan. 2020 - yildan boshlab bu ko’rsatkichlar yiliga ikki barobardan o’sish bo’shlangan. 2021 - yil 20 420 111 dona mijoz masofaviy bank xizmatlaridan foydalangan shu jumladan Internet bank, Mobil-bank hamda SMS-bank11.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki masofadan bank xizmatlarini ko’rsatish tizimlaridan foydalanish turlari bo’yichga 2015 - yilda 14 241 ta Internet banking va 10 304 tani tashkil qilgan, 2021 yilda esa 135 629 ta Internet banking va 1 906 482 tani12.
"Internet banking" xizmati mijozlarga onlayn-to’lov shaklida bank xizmatlari uchun, soliq, davlat bojlari uchun hamda boshq to’lovlarni bank binosiga kelmagan holda, masofadan turib amalga oshirish imkonini bergani uchun bank mijozlari tomonidan foydalanib kelmoqda. Yildan yilga yengiliklarni joriy etish hamda qulayliklar yaratish natijasida banklar tomonidan mijozlarga zamonaviy bank xizmati turlaridan biri hisoblangan «Internetbanking» elektron to‘lov tizimi bilan tanishishni va undan foydalanishni taklif etadi. Buning uchun banklarning saytida hamda bank filiallari mijozlar bilan ishlash bo’limida «Internet-banking» tizmiga ulab mijozlarga tushintilish ishlari olib bo’riladi. Bu tizm kompyuter dasturiy tizimi bo‘lib, u mijozga ofisdan (uydan) chiqmagan holda, kommunikatsiya aloqa kanallaridan (internet) foydalanish natijasida, o‘zining bank hisobraqamini boshqarish va nazorat qilishda keng imkoniyatlarni yaratadi.
XATB “Davr Bank”o’z mijozlari bilan hamkorlik qilishni istaydi va ularga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
 Jahon andozalariga mos bank xizmat turlaridan foydalanish;
 Biznes faoliyatingizni tezkor boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish;
 Bank hisobraqamini holati haqida to‘liq va tezkor ma’lumotga ega bo‘lish;
 Faoliyat natijalarini doimo kuzatib borish va tahlil qilish;
 Vaqt va moddiy resurslaringizni tejash. «Internet-banking» dasturiy tizimi mijozga quyidagi qulayliklarni yaratadi:
 Ofisdan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati evaziga vaqt va mablagni tejash;
 Real vaqt sharoitida to‘lovlarni amalga oshirish;
 Hisob raqamning holati to‘grisida batafsil ma’lumot olish;
 Bankdan har qanday uzoqligdan qat’iy nazar, doimo hisob raqam haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatini beradi.
Tadbirkorlik sub’ektlar masofadan xizmat ko’rsatish “Internet-banking” tizimidan foydalanish bo’yicha bosqichma-bosqich harakatlar mavjud ular:
1. “Internet-banking” tizimiga boglanish uchun mijozda quyidagi minimal texnik-dasturiy vositalar bo’lishi talab e’tiladi:
- personal kompyuter, noutbuk, ultrabuk;
- “Windows XP, 7 , 8.1 ” operatsion tizim versiyalari; - “Internet” aloqasi.
2."Internet-banking" tizimi ulanish uchun mijoz o’ziga xizmat qiluvchi bankning filialiga murojaat qiladi.
3. Mijozlarga "Internet-banking" tizimini o’rnatish uchun ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi.
4. O’z navbatida bank filiali tomonidan mijozning identifikatlari asosida tayyorlangan elektron raqamli imzo kaliti mijozga belgilangan tartib asosida beriladi.
5. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun zarur bo’ladigan uskunalar (kompyuter, modem va boshqalar), aloqa kanali va xarajatlar mijoz hisobidan amalga oshiriladi.
6. Tizimni o’rnatish va ishga tushirish bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
7. "Internet-banking" tizimidan foydalanadigan mijozdan aloqa kanali orqali olingan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan elektron to'lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o’tkazadi va bank amaliyot kuniga qayta ishlash uchun uzatadi.
8. "Internet-banking" tizimi orqali uzatilgan elektron to'lov topshiriqnomasining qog’oz shaklidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi va o’rnatilgan tartibda mijozda saqlanadi. Bunda, to’lov topshiriqnomasining elektron va qog’ozdagi shaklining to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda ularning o’zaro mosligi bo’yicha javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi.
9. "Internet-banking" tizimi orqali elektron to’lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo’lsa, shu kuni o’tkaziladi. Elektron to’lov hujjati bankning amaliyot kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, elektron to’lov keyingi bank ish kunidan kechiktirmay o’tkaziladi.
10. "Internet-banking" tizimi orqali mijozlarga ko’rsatilgan bank xizmati uchun komission to’lovlar bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Umuman Internet-banking - bu mijozning bank hisob raqamlarini bankka tashrif buyurmasdan boshqarish imkonini beruvchi xizmatdir. Ushbu xizmat vaqtni tejash va ish joyidan to'lovlarni jo'natmoqchi bo'lgan mijozlar uchun mo'ljallangan.
"Internet-banking" tizimi bilan, bank mijozlari o'z hisoblarini dunyoning har qanday burchagidan boshqarishi mumkin. Har bir bank o’ziga xos "Internetbanking" tizmini taklif qiladi. O'z mijozlari - yuridik shaxslarga ushbu imkoniyatni taqdim etadi va bu tizimni rivojlantirish uchun doimiy ravishda tizmga yangiliklar kiritib boradi.
"Internet-banking" tizimi Internet texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan. U bilan ishlash uchun mijozlar faqatgina Internetga kirishlari kerak. O’z mijozlariga taklif qilayotgan ushbu tizim bilan bank mijozlari quyidagilarni amalga oshrish mumkin:
 Mijoz hisobidan biron-bir bankda boshqa hisobga pul o'tkazish;
 Mijozning hisobvaraqlaridagi harakatlar to'g'risida ma'lumot olish;
 O’tmagan to’lovni sababini tizm o’zidan habardor bo’lish;
 Hisob ma'lumotlarini olish;
 Mijozning hisobida qoldiqlarini kuzatib borish;
 Bankka yuborilgan to'lov hujjatlari arxivini saqlash;
 Hisobdagi mablag'larning holati va harakati to'g'risida hisobotlarni olish;
 Kommunal to'lovlarni amalga oshirish (elektr, gaz, telefon, issiqlik va boshqalar);
 Aloqa uchun to'lovlar (IP-telefoniya, uyali aloqa va peygama, internet) va boshqa xizmatlar uchun to'lovlar; Internet-bankingning afzalliklari:

  • Foydalanish qulayligi - Internet orqali hisobingizni boshqarish uchun maxsus bilim yoki malakaga ega bo'lishga hojat yo'q;

  • Samaradorlik - mijoz va bank o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar real vaqtda amalga oshiriladi. Mijozning kompyuteridan bankdagi to'lov hujjatlarini barcha bosqichlarini kuzatib borishi mumkin. To'lovlar haqidagi ma'lumot bankka kelishi bilan kuniga bir necha marta yangilanadi;

  • Qulaylik Internet-banking xizmatiga ulanishning soddalashtirilgan usulidir (faqat bank hisobvaragiga ega bo'lish, "Internetbanking tizimida xizmat ko'rsatish to'g'risida" va elektron kalit). Internetbanking tizimiga bog'liq bo'ladimi-yo'qligidan qat'iy nazar har qanday kontragentga to'lovlarni olish va to'lash qobiliyati. To'lov buyurtmalarini to'ldirishda xatolardan qo'rqmaslik ehtimoli. Tizim hujjat to'ldirishning to'g'riligini diqqat bilan kuzatib boradi va xatolarni ko'rsatadi;

  • Maxfiylik - uzatilgan axborotni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish xalqaro kriptografiya formatining SSL protokoli yordamida shifrlash orqali ta'minlanadi. Aloqa beruvchi shaxslar elektron raqamli imzodan foydalanadilar (EDS);

  • Identifikatsiya tizimi operatsiyani amalga oshiruvchi tomonlarning haqiqiyligini kafolatlaydi;

  • Nazorat qilish imkoniyati - elektron hujjat aylanishining barcha bosqichlari hujjatlashtirilgan (amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha hisobotlar, hisob varaqlari, tushumlar, tasdiqlangan to'lovlar va boshqa hujjatlar). Tomonlarning ERI tomonidan tasdiqlangan elektron hujjatlari taraflarning imzosi va mohir tomonidan tasdiqlangan qog'oz hujjatlariga muvofiq qonuniy kuchga ega.

Shunday qilib, banklari mijozlar bitimlarining maxfiyligini kafolatlaydi. Iste'molchilar maxsus elektron kalit yordamida tizimga ulangan. Qayta ulangan mijozlarga tizim bilan ishlash uchun bepul ta'lim beriladi.
Ushbu xizmat yordamida dunyoning istalgan nuqtasida Internet orqali mijozlar mijozlarning hisobvaraqlarida to'lov hujjatlari harakatini boshqarish va monitoring qilish, shuningdek quyidagi ma'lumotlarni olish imkoniga ega bo'ladi:
 Hisobdagi harakatlar va fond balansi;
 Kredit shartnomalari bo'yicha ma'lumot;  Eksport-import shartnomalari, shuningdek ular bo'yicha operatsiyalar to'g'risida ma'lumot;
 Depozit shartnomalari bo'yicha ma'lumot;
xizmati SMS-banking xizmatini taqdim etadi. Bu mijozning biznesingiz uchun SMS-xabar. Xizmat mijozga pul mablag'larini olish va hisobdan chiqarish to'g'risida darhol ma'lumot olish imkonini beradi. Tranzaktsiyalar haqidagi ma'lumot SMS-xabarnomalar ko'rinishida mobil telefoniga yuboriladi. Mijoz eng ko'p 3 telefon raqamini ulashingiz mumkin. Xizmatning asosiy afzalliklari nimadan iborat?
 Hisobni doimiy nazorat qilish;
 Qulaylik va qulaylik;
 Tizimning har bir foydalanuvchisi uchun shaxsiy sozlash, SMS-xabarnoma;
 SMSni qabul qilish funktsiyasiga ega har qanday qurilmada mavjud;
 Xizmat O'zbekistonning barcha uyali aloqa operatorlari bilan ishlaydi.
Xulosa qilib aytganda innovatsion bank xizmatlari mijozlarga qulayliklar yaratadi.


  1. Yüklə 161,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin