Mavzu: Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish



Yüklə 161,8 Kb.
səhifə1/7
tarix19.10.2023
ölçüsü161,8 Kb.
#157574
  1   2   3   4   5   6   7
№23 Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish


Mavzu: Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish


Reja:

Kirish


  1. Innovatsion banklarning tijorat banklarini rivojlantirishdagi tutgan o’rni va ahamiyati

  2. Banklari tomonidan taklif etilayotgan innovatsion bank xizmatlarining tahlili

  3. Innovatsion bank xizmatlarini samarali tashkil etish yo‘llari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
O’zbekiston bank tizimini rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo’ljallangan strategiyasi1da belgilangan vazifalarning bajarish zaruriyati hamda respublikamiz tijorat banklarining faoliyatini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan ayrim muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi ushbu kurs ishida mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning barqarorligini saqlash, investitsiyaviy muhitni yaxshilashlash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish bugungi kundagi maqsadimizdir. Bugungi kunda tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish iqtisodiyotdagi keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish uchun muhim iqtisodiy ahamiyatga egadir.


Ayniqsa, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha iqtisodiyotimiz tarmoqlari va sohalarida olib borilayotgan islohotlar sharoitida amaldagi xizmatlar sifatini oshirish, yangiliklarni amaliyotga tadbiq eitshni faollashtirishtirishni va bunda xorijiy banklar tajribasini keng qo’llash talab qilinadi. Iqtisodiyotda zaruriy tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirmasdan, bank mahsulot va xizmatlarni diversifikatsiyalamasdan va texnologik jihatdan yangilamasdan turib jahon moliya bozorida mustahkam o’ringa ega bo’lish mushkul. Innovatsion bank xizmatlarini amaliyotga tadbiq yetish, kuchli raqobat mavjud bo’lgan hozirgi sharoitda, birinchi navbatda, to’g’ridan-to’g’ri yangi bank xizmatlarini va mahsulotlarini ishlab chiqishda yangicha tamoyil va mexanizmlarini amalda joriy etish dolzarb masaladir.
O’zbekistonda banklarda innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish jarayonida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmuasi kurs ishining predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotning ob'yekti bo’lib tijorat banklarining to’g’ridan-to’g’ri innovatsion bank xizmatlari hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda, tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- innovatsion bank xizmatlarini mazmuni, mohiyati va ularning iqtisodiyotni rivojlanishdagi tutgan o’rnini nazariy jihatdan tadqiq etish va ilmiy xulosalarni shakllantirish;
- bank xizmatlarini tashkiliy-huquqiy asoslari va unda to’g’ridanto’g’ri amaliyotga tadbiq etishni ahamiyatini yoritib berish;
- banklarni xizmatlarini modernizatsiyalashda innovatsion bank xizmatlarini to’g’ridan- to’g’ri amaliyotga tadbiq etish modelining tahlilini amalga oshirish va uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosalarni shakllantirish.
Banklarda bank xizmatlarni rivojlantirishning nazariy va amaliy masalalari xorijlik iqtisodchi-olimlar - A.Simanovskiy, A.Vikulin, V.Usoskin, D.Polfreman, G.Tosunyan, F.Ford, G.Beloglazova, J.Sinki, O.Lavrushin, J.Matuk, D.Maknoton, K.Barltrop, G.Panova, E.Dolanlar ning ilmiy ishlarida o’rganilgan. 8 Mamlakatimizning iqtisodchi olimlari - A.Vaxabov, Sh.Abdullayeva, O.Iminov, N.Jumayev, T.Doraliyev, S.Norkobilov, U.Ortitov, D.Saidovlarning ilmiy izlanishlarida tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish masalasining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilingan.



Yüklə 161,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin