Mavzu: Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish


BANKLARI TOMONIDAN TAKLIF ETILAYOTGAN INNOVATSION BANK XIZMATLARINING TAHLILI



Yüklə 161,8 Kb.
səhifə3/7
tarix19.10.2023
ölçüsü161,8 Kb.
#157574
1   2   3   4   5   6   7
№23 Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish

BANKLARI TOMONIDAN TAKLIF ETILAYOTGAN INNOVATSION BANK XIZMATLARINING TAHLILI.

Innovatsion bank xizmatlari zamonaviy iqtisodiyotda hamda moliyaviy xizmatlar bozorida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Chunki mijozlarga masofadan turib xizmat ko’rsatiladi. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko’rsatish tizimlari – bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalaridir. Asosan kompyuter va telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko’rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo’lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o’rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma'lumotlarni saqlaydi (asosan to’lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko’chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o’rtasida modem orqali to’g’ridan-to’g’ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog’langan holda real vaqt davomida to’lovlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi.
Internet-banking tizimi bankning veb-serverda joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o’z ma'lumotlari (to’lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko’chirmalar)ni ko’rib chiqish imkoniyatiga ega. Internet-banking xizmati orqali mijoz o’z ish joyida yoki boshqa o’ziga qulay sharoitda:
 to’lovlarni o’tkazish;
 to’lov o’tishi bosqichlarini kuzatish;
 barcha hisobotlarni olish kabi barcha amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o’z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib o’z hisob raqamiga tushayotgan pullarni ko’rishi, pul o’tkazmalarini tayyorlab bankga uzatishi mumkin bo’ladi.
Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratilgan. U hamda MBANK kabi ilovalar orqali ishlatiladi. Har bir moliya kredit tashkiloti yani banklar o’z mijozlariga o’zlarini logotiplari ostidagi ilovalar ishlab chiqadilar va o’z mijozlariga xizmat ko’rsatadilar. Ushbu dastur (ilova) Android va iOS platformalarida ishlaydigan mobil telefonlar uchun mobil ilovadir.
Ularda:
 Xabarlar va bildirishnomalarni shakllantirish;
 Elektron hisob-kitob hujjatlarini tayyorlash;
 To'lov topshiriqlarini jo'natish;
 Hisobni boshqarish kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Ushbu xizmat turi iOS yoki Android operatsion tizimlaridan foydalanuvchi mobil telefon foydalanuvchilari uchun mavjud bo’lib bu ilovalar doimiy ravishda yengilanib boriladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda plastik kartalarga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko’rinishdagi ma'lumotlarni olish tizimidir. Ilgari hisobvarag’idan ma'lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMSso’rovni yuborish kerak bo’lgan. Hozir kunda hisobraqamdagi operatsiyalar haqida malumot avtomat ravishda SMS habar ulangan abonent raqamiga keladi.
Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:
 hisobvarag’iga kelib tushgan mablag’lar;
 hisobvarag’idan qilingan xarajatlar;
hisobvaraq balansi;
 kun davomida o’tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma'lumot olish imkoniyatini beradi.
1-Rasm.Masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilar soni 1-yanvar 2022 yil holatiga

Yüklə 161,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin