Mavzu: Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya



Yüklə 161,8 Kb.
səhifə6/7
tarix19.10.2023
ölçüsü161,8 Kb.
#157574
1   2   3   4   5   6   7
№23 Innovatsion bank xizmatlari bozorini shakillantirish va rivojlantirish

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya kelishini yuzaga keltiradi. Bu esa o’z o’rnida, tijorat bankining innovatsion ishlanmaning dinamik sur'atlar bilan rivojlanayotgan bank xizmatlari bozoriga muvofiqligi, yaratilayotgan innovatsion bank mahsulotiga yangi ehtiyojlarni shakllantirish, bank xizmatlarini taqdim etishda qo’llanayotgan usullari va mijozlar talablarining bir-biri bilan bog’liqligi kabi ko’rsatkichlar jalb qilinmoqda. Bank tizimida innovatsiyalarni joriy qilish sur'atlari, ularning chegaralari bozor ehtiyojlari va tijorat banklarining manfaatlari bilan emas, balki mamlakat xavfsizligi, uning aholisi uchun keltiradigan qulayliklar bilan belgilanishi lozim.
Tijorat banklari faoliyatining zarar bilan yakunlanganligi ular qimmatli qog’ozlarining, shu jumladan, aksiyalarining bozor baholarining pasayishiga olib keldi. Natijada, banklarning kapitallashuv darajasining sezilarli darajada pasayishi yuz berdi. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklarining to’lovga qobillik darajasining pasayishiga olib keldi.Chunki tijorat banklarining to’lovga qobillik darajasini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biri ular kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti hisoblanadi. Holbuki, AQSH va G’arbiy Yevropa tijorat bank ishi yuqori darajada rivojlangan markazlar hisoblanadi. Aynan dunyoga mashxur Xalqaro Bazel qo’mitasining talablari ham dastlab G’arbiy Yevropa mamlakatlarining bank amaliyotiga 1993-yilda qo’llanilgan va keyinchalik 150 dan ortiq mamlakatlarda tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish tizimining uslubiy asosi bo’lib xizmat qilmoqda. Xalqaro bank amaliyotida eng mukammal hisoblangan Bazel standarti talablarini to’liq bajargan tijorat banklari ham Jahon moliya inqirozi natijasida bankrotlik yoqasiga kelib qolishdi. Bu esa, o’z navbatida, bank nazorati bo’yicha xalqaro Bazel standarti talablarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Shunday qiyinchiliklar paytida tijorat banklarining innovatsion faoliyati bank mahsulotlarining daromadliligi, raqobatbardoshligi, aktivlar sifatining yuqori darajada bo’lishini ta'minlaydigan xamda ijobiy natija beradigan rag’batlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham bank hisob raqamlariga masofadan xizmat ko’rsatish tizimlari - ya'ni mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (bankga kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari mijozlarni jalb qilish va bank faoliyatini rivojlantirishda muhimdir.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki mijozlarga bugungi kunda vaqtlarini kamroq sarflaydigan innovatsion bank xizmatlarini taqdim etish juda ham muhim. Tijorat banklari bu orqali mijozlar oqimini ko’paytirishi va ortiqcha navbagtlarning oldini olishga erishadi. Shuningdek, o’z navbatida iqtisodiy rivojlanishga erishadi. Tijorat banklarining faoliyati va bank xizmatlari xususida iqtisodchiolimlar tomonidan xilma-xil fikrlar bildirilgan, ilmiy-nazariy xulosalara shakllantirilgan.
O.Lavrushin tahriri ostida chop etilgan “Bank ishi” darsligida mamlakat bank tizimini qayta tarkiblashda asosiy e'tibor xususiy banklar faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlashga qaratilishi kerak, degan fikr bildirilgan. Shu sababli, O.Lavrushin xususiy banklar ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar aksiyadorlik-tijorat banklarinikiga qaraganda past bo’lishi lozim, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko’ra, Rossiyada ijro intizomi yomon bo’lganligi sababli 1994 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida 154 ta xususiy bank yopildi13.
Shuningdek, O.I.Lavrushin tijorat banklari aktivlarining tarkibi va dinamikasini ham tadqiq qilgan. Bank aktivlarini tarkibi bevosita uli daromadiga bog’liqdir. O.Lavrushinning tahlillari natijalari ko’rsatdiki, banklar tomonidan qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar Fransiya tijorat banklarida 16,2 - 20 foizni, Germaniyada-15,5 %, Italiyada-23,8 %, Buyuk Britaniyada-7,8 %, Ispaniyada- 23,8 %, AQSHda-2,2 %, Belgiyada-6,4 %, Yaponiyada-10,2 foizni tashkil qiladi14. Demak, qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning yuqori salmogi Ispaniya va Italiyada kuzatiladi. Nisbatan juda past salmoq Belgiya, Buyuk Britaniya tijorat banklariga xosdir.
Hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan qo’yilmalarning bank aktivlari umumiy hajmidagi salmog’i Ispaniya tijorat banklarida 10,2 foizni, Fransiya tijorat banklarida 9,4 foizni, Italiya tijorat banklarida 5,3 foizni, AQSH tijorat banklarida esa, 18 foizni tashkil etadi. Veksellar bilan boglik operatsiyalarning yuqori salmogi Ispaniya (12,8%), Italiya (5,8%) Belgiya (4,7%), tijorat banklarida kuzatiladi. Hissali ishtirok shaklidagi investitsiyalarning bank aktivlari xajmidagi yuqori salmogi Germaniya tijorat banklarida kuzatiladi (4,0%)15.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning bank amaliyotida hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqorisalmoqqa ega ekanligining asosiy sabablari, O.I.Lavrush16inning fikriga ko’ra, quyidagilardan iboratdir:
a) Hukumatning qimmatliqog’ozlari yuqori likvidlilik xususiyatiga ega. Chunki ularga nisbatan qimmatliqog’ozlar bozorida doimiy xarakterga ega bo’lgan barqaror talab mavjud. Bu esa hukumatning qimmatli qog’ozlari hisobidan tijorat banklarining likvidliligini ta'minlash imkonini beradi.
b) Hukumatning qimmatliqog’ozlari qat’iy belgilangan foizda bankka daromad keltiradi. Demak, ular bankning foizli daromadlari xajmini oshirish imkonini beradi bu esa, ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlashning zaruriy shartidir.
v) Hukumatning qimmatliqog’ozlari yirik miqdorda emissiya qilingan. Masalan, AQSHva Germaniya davlatlarida qimmatliqog’ozlarning emitentlari tarkibida hukumat, emissiya miqdoriga ko’ra, birinchi o’rinni egallaydi. Buning asosiy sababi shundaki, hukumatning qimmatliqog’ozlarini sotishdan olingan tushum davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishning noinflyatsion usuli hisoblanadi.
K.Dzobek va V.Vossen17ning «Reformirovaniye bankovskogo sektora» («Transformatsiya finansovix sistem v stranax Baltiki, Rossii va drugix stran bo‘vshego Sovetskogo soyuza», MVF, 1998) nomli ishida bankni tezkor qayta tarkiblash chora-tadbirlari sifatida yangi kreditlarning berilishiga chegaralarni o’rnatish, banklarni berilgan ssudalarning qaytarilishiga nisbatan ancha agressiv siyosat yuritishga majbur etish, beriladigan ssudalar uchun tegishli ta'minotni yaratish va bankning ichki operatsiyalarini tartibga solishni joriy etish orqali xususiy tijorat banklari operatsiyalarining xavfsizligini ta'minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar belgilanadi. Ayrim holatlarda tezkor qayta tarkiblash bankning ishlab turgan aktivlarini ishlamayotgan aktivlarga qo’shish yoki ularni bir biridan ajratish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
K.Dzobek va V.Vossen18ning fikriga ko’ra, moliyaviy tarkibiy o’zgartirishga bankni rekapitalizatsiyalashni amalga oshirish misol bo’ladi. Bankni tarkibiy o’zgartirishni amalga oshirish siyosati ularning tasdiqlashicha quyidagi aspektlarga asoslanadi:
(1) bank sektoridagi muammolarni diagnostika qilishni tugallash;
(2) qayta tarkiblashstrategiyasini ishlab chiqish;
(3) institutsional tuzulmalarni tashkil etish.
O.I.Lavrushin19 tomonidan muddatli depozitlar va jamgarma omonatlar bo’yicha e'tirof etilgan xususiyatlarga kushilgan qolda, yana bir qator xususiyatlarning mavjudligini qayd etmoqchimiz. Jumladan:
- naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirish imkonini beradi;
- tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlar uchun garov ta'minoti vazifasini bajarishi mumkin, buning natijasida kredit qo’yilmalari hajmi oshadi, kredit riski ma'lum darajada kamayadi.
Prof. V.M.Usoskin20ning fikriga ko’ra, transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining likvidliligiga jiddiy ziyon yetkazadi.Shu sababli, Glass-Stigoll konuniga asosan 1933 yilda transaksion depozitlarga foiz to’lashning ta'qiqlanishi oqilona tadbir qisoblanadi. Lekin muddatli va jamg’arma depozit hisobraqamlariga tijorat banklari tomonidan to’lanadigan foiz stavkalarining yuqori chegarasining belgilanishi tijorat banklarining depozit bazasiga salbiy ta'sir kiladi. Fikrimizcha, V.M.Usoskinning transaksion depozitlardan tijorat banklari tomonidan to’g’ridan-to’g’ri resurs sifatida foydalanishning maqsadga muvofiq emasligi xususidagi ilmiy xulosasi xozirgi davrda ham o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotgan emas.
Xususan, respublikamiz tijorat banklarida transaksion depozitlardan to’g’ridan-to’g’ri, ya'ni muddatli depozit shartnomasi tuzmasdan turib, resurs sifatida foydalanish xollari mavjud. Buning natijasida tijorat banklarining faoliyatidagi likvidlilik va kredit riski kuchaymoqda. Chunki transaksion depozit nobarqaror passiv hisoblanadi va shu sababli istalgan vaqtda hisobraqam egasi tomonidan talab qilib olinishi mumkin. Kredit esa, muddatli bo’lib, uni muddatidan oldin qaytarib olish mumkin emas. Bundan tashqari, transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining depozit bazasini mustaxkamlashdan bo’lgan manfaatdorligiga salbiy ta'sir qiladi.
Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish bo’yicha Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standart va uning takomillashtirilgan varianti bo’lgan Bazel-II da tijorat banklari kapitali tarkibini shakllantirishga bevosita ta'sir qiluvchi talablar mavjud. Bu esa, mazkur talablarning tijorat banklari kapital bazasiga ta'siri masalasini ilmiy asosda tadqiqqilish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Xalqaro Bazel standarti bo’yicha tijorat banklarining asosiy kapitali barqaror moliyalashtirish manbalaridan tashkil topishi lozim. Shu sababli, Bazel qo’mitasining talabiga ko’ra asosiy kapitalning tarkibiga quyidagi manbalargina kiritilishi lozim:
- ustav kapitalining to’langan qismi;
- bankning emission daromadi;
- zahira kapitali;
- o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi;
- bankning nokumulyativ imtiyozli aksiyalarini sotishdan olingan tushum21.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida banklarning asosiy kapitalini yetarli darajada shakllantirishda muammolarning mavjudligi (moliya bozorlarining rivojlanmaganligi natijasida tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning fond birjasida kotirovka qilinmasligi, bank aktivlari daromadlilik darajasining pastligi tufayli sof foyda va taqsimlanmagan foyda miqdorining kamligi, tijorat banklari aksiyalariga to’lanayotgan dividendlar darajasining pastligi va xk.) tijorat banklari kapitalini shakllantirishda beqaror moliyalashtirish manbalaridan ham foydalanish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Xususan, ko’pchilik o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida devalvatsiya zahirasi tijorat banklarining asosiy kapitali tarkibiga kiritilmoqda. Holbuki devalvatsiya zahirasi beqaror moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Ushbu zahira milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan qadrsizlanishi natijasida tijorat banklarining ustav kapitaliga qo’yilgan xorijiy valyutadagi mablaglar hisobidan shakllanadi.
Xalqaro Bazel standartida tijorat banklari umumiy kapitalining yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talab 8% qilib belgilangan. Xalqaro ta'mirlash va taraqqiyot banki ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, ushbu minimal talab 15 % darajasida bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bank tomonidan tijorat banklari kapitalining yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talab 10% qilib belgilangan. Xalqaro hisob-kitoblar banki ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra tijorat banklari kapitalining yetarliligining minimal darajasi 10 foizni tashkil etishi lozim. Ko’rinib turibdiki, tijorat banklari umumiy kapitalining yetarliligiga nisbatan minimal talabni o’rnatish borasida xam turli xil yondoshishlar mavjud.
Prof. V.Usoskin amaldagi 8 foizli kapitalning adekvatlilik koeffitsiyentini mo'tadil ko’rsatkich deb hisoblaydi. Uning fikriga ko’ra, yangi koeffitsiyentni amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq emas22.
Bizning fikrimizcha, yangi 12 foizli koeffitsiyentni rivojlanayotgan mamlakatlarning bank nazorati tizimida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Buning boisi shundaki ushbu mamlakatlar tijorat banklarining balansida yuqori likvidli aktivlarning yetishmasligi muammosi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Prof. A.Simanovskiyning fikriga ko’ra, Bazel qo’mitasi tomonidan taklif qilingan kredit riskini baholashning yangi tartibini qo’llash maqsadga muvofiq emas. Chunki kredit riskining tabiiy darajasi 100 foizni tashkil qiladi23.
Bazel qo’mitasining kredit riskini baholashning yangi tartibiga ko’ra, kredit riskining maksimal darajasi 150 foizni tashkil qiladi. A.Simanovskiyning fikriga ko’ra, kreditning yuqori darajada riskka tortilishi kapitalning adekvatlilik darajasini sun'iy darajada oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Bizning fikrimizcha, mamlakatning va mijozning kredit reytingiga bog’lik ravishda kredit riskini 150 foizgacha darajada baxolash kredit reytingi nisbatan past bo’lgan mamlakatlarning xatto to’lovga qobilligi yuqori bo’lgan mijozlarining kredit olish imkoniyatini keskin pasaytiradi.
Uerta de Soto o’zining ilmiy izlanishlarida banklarning kredit emissiyasini tartibga solish masalasini chuqur tadqiq qilgan. Uning “Pullar, bank krediti va iqtisodiy sikllar” nomli monografiyasida banklarning kredit emissiyasini pul muomalasiga va iqtisodiyotga ta'siri ochib berilgan va uni tartibga solish bo’yicha bir qator ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar berilgan. Jumladan, Uerta de Sotoning xulosasiga ko’ra, tijorat banklarining investitsion kreditlari mijozlarning ixtiyoriy jamgarmalari asosida berilsagina kredit emissiyasi iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Ixtiyoriy jamgarmalarning o’sgan qismi ishlab chiqarishga kredit orqali investitsiya qilinadi. Ushbu kreditlar real ixtiyoriy jamgarmalar bilan ta'minlangan bo’lib, ishlab chiqarish vositalariga va kapital ne'matlarga bo’lgan pullik talabni oshishiga olib keladi24.
Prof. A.Vaxabov tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash orqali ularning kredit qo’yilmalari hajmini, shu jumladan, investitsion kreditlar berish hajmini oshirish taklifini asoslab bergan25.
T.Bobaqulovning fikriga ko’ra, O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida monetizatsiya darajasining past ekanligi xo’jalik yurituvchi sub'yektlar o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik muammosini chuqurlashtiradi. Bu esa, ularning pul oqimini zaiflashuviga olib keladi va tijoratbanklarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirishga to’sqinlik qiladi26.
D.Saidov tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirish bo’yichaquyidagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqqan:
1. Kredit siyosatida kreditlarni joylashtirish jarayonida tarmok limitlarini o’rnatish.
2. Respublikamiz tijorat banklarining, shu jumladan, kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish lozim.
Agar tijorat banki kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoqqa mansub bo’lgan korxonalarda to’planishi yuz bersa, u xolda bu bankning kredit portfelining diversifikatsiya darajasi past ekanligidan, bank faoliyatidagi kredit riskining kuchayganligidan dalolat beradi.
3. Tijorat banklari kredit bo’linmalari xodimlarining korxonalar moliyaviy hisobotlarini tahlilqilish borasidagi bilimi va tajribalarini oshirish choralarini ko’rish lozim.
Bank xodimlarining moliyaviy tahlil soxasida chuqur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi mijozlarning kredit to’loviga layoqatliligini to’g’ri baxolashda muxim ahamiyat kasb etadi. Chunki moliyaviy ko’rsatkichlarni xam, mijozlarning pul oqimini xam to’g’ri hisoblash moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma'lumotlarning haqqoniyligiga bog’liqdir.
Sh.Abdullayeva27 tijorat banklari faoliyatidagi kredit riskini boshqarishni takomillashtirish yo’li bilan kredit portfelining sifatini oshirish mumkin, deb hisoblaydi.
O.Abdusalomova28 Respublikamiz tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirish bilan bog’lik bo’lganquyidagi muammolarning mavjudligini aniqlagan:
- banklarda undirish muddati kelgan faktoring qoldiqdari o’z navbatida muddati o’tgan faktoring operatsiyalari hisobraqamlariga aks ettirilmagan va o’z vaqtida tasniflanmagan. Faktoring amaliyotlarini amalga oshirishda mijozdan oldi-sotdi shartnomalari, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha to’lov talabnomalari talab qilib olinmaganligi;
- kredit shartnomalarida kredit qancha muddatga va qaysi maqsadga berilganligi ko’rsatilmagan.
Xulosa qilib aytganda, birinchidan, tijorat banklari faoliyatining barqarorligi ular resurs bazasining barqarorligiga boglik; ikkinchidan, aktivlarni joylashtirishda ularning daromadlilik va likvidlilik darajalari o’rtasidagi mutanosiblik ta'minlangan bo’lishi kerak; uchinchidan, banklarning.


XULOSA
Mustaqillik yillari mobaynida Respublikamizda ham bank tizimida ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, banklar faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi bir qator muhim qonun-hujjatlar qabul qilindi va ushbu sohaning milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmog‘i tashkil etuvchi sifatidagi rivoji uchun katta shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Bank faoliyatini rivojlantirib borish, fan va texnologik yangiliklarni bank faoliyati amaliyotida toboro kengroq qo‘llash katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalariga xizmat qilishda asosiy vazifalardan biri sifatli, arzon va qulay xizmatlarni taklif qilish hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida banklar tomonidan innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish va uning ustidan nazorat sifatini oshirish, xalqaro tijorat banklari tajriba va amaliyotidan kelib chiqqan holda Respublikamizdagi banklarning ish sifati samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat ekanligini bildiradi.
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy maqsadi yuqori foyda olish bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarning, bajarayotgan operatsiyalari tez amalga oshirish uchun o’tkazmaning yuqori tezligi yuqori bo’lishi lozim. Bu o’tkazmalarni tezligi qanchali yuqori bo’lsa shunchalik korxonalarni ish samarasi yuqori bo’ladi.
2. Hozirgi zamonda banklararo raqobat kuchli bo’lgani sababli mijozlarga komissiya stavkalari muhim ro’l o’ynaydi. Misol tariqasida bank komissiyalari bilan bog’liq harajatlar korxonlarni boshqa operatsion xarajatlarida aks etadi.Har bir xo’jalik yurutuvchi subyekt hamda jismoniy shaxslar (umuman olganda bank mijozlari) harajatlarni optimallashtirish maqsadida o’zi uchun narx jihatdan qulay bo’lgan bankni tanlaydilar. Shunung uchun bank tariflarini ko’rib chiqib raqboatbardosh tariflar ishlab chiqish kerek deb hisoblaymiz.
3. Banknig mijozlar sonini ortishi bankdagi aylanma mablag’larni bilan birga daromadi ortishidan dalolad beradi. Tijorat banklarda marketing bo’limlari shunday darajada ishlashi kerakki mijozlarni ozi qiziqib kelishlari kerak. Misol tariqasida imtiyozli shartlarda bank plastik kartalari emissiya qilish hamda bank mijozlariga qulay sharoit yaratib berish o’z o’zidan bank tomonidan jalb qilingan mablag’larni ko’payishiga olib keladi. Shunday ekan, banklarda emissiya qilinayotgan bank karta turlarini ko’paytirish va bank kartasini emissiya qilishni soddalashtirish lozim deb hisoblaymiz.
4. Bank mijoz uchun degan shior bilan har bir tijorat banki faoliyat yuritadi. Mijozlarga qulay bo’lishi uchun bank kartalariga xizmat ko'rsatish uchun infratuzilmani rivojlantirish, savdo tashkilotlari va servis kompaniyalari bilan bitimlarni tuzish, naqd pul mablag'lari uchun qo'shimcha ish joylarini yaratish, 24 soat davomida inkassatsiyani qabul qiladigan bankomatlarni banklar tomonidan o’rnatish. Buning natijasida mijozlar tomonidan operatsion kun tugagandan so’ng ham mikozlar tomonidan qo’shimcha operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Bunday ish tashkil etilgan banklarga mijozlarni o’zi qiziqish bildiradilar. Bu boshqaruv faoliyati bank va korxonaning strategiyasini yanada yaxshiroq aniqlab olish imkonini beradi.
5. Zamonaviy texnologiyalar davrida bank mijozlarini ishini tezlashtirish hamda bank xodmlarini ish ko’lamini kamaytirish maqsadida masofaviy bank xizmatlarini yanada rivojlantirish kerek deb hisoblaymiz. Mizoj bank binosiga kelmasdan turib barcha operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lishi, pirovard natija hisoblanadi.

Yüklə 161,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin