Mavzu: Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika farqi Reja



Yüklə 17,52 Kb.
səhifə1/2
tarix19.03.2022
ölçüsü17,52 Kb.
#53970
  1   2
Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika farqi


Mavzu: Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika farqi

Reja

  1. Innobatsion ta’lim haqida tushuncha

  2. Metodika haqida umumiy tushunha

Pedagogik  texnologiya  nazariyasi  o‘tgan  asrning  ikkinchi  


yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan “pedagogik  
texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud.  
Xususan,  pedagog  olim  V.P.Bespalko  pedagogik  texnologiyani  
“amaliyotga  tatbiq  qilinadigan  muayyan  pedagogik  tizim  loyihasi”  
deya  ta’riflaydi  hamda  asosiy  diqqatni  o‘quv-pedagogik  jarayonni  
oldindan  loyihalashga  qaratadi 
texnologiyani  “fan  va  amaliyot  oralig‘ida  muayyan  tamoyillarni  
olg‘a  suruvchi  metodlar  ishlab  chiqaruvchi,  ularni  izchil  qo‘llash  
kabi  masalalarni  hal  etishga  yo‘naltirilgan  mustaqil  fan” 
 bo‘lishi  lozimligini qayd etadi va h.k. 
So‘nggi  o‘n-yilliklar  davomida  nutqimizda  “pedagogik  texno- 
logiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texno logiyasi”  
kabi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta’lim  
texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan  
bir  ma’noni  anglatishini  aytadi. Aslida  bunday  yondashuv  u  qadar  
to‘g‘ri emas. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi dastlab  
G‘arbiy  yevropa  va  AQSHda  shakllangan.  Ularda  “Pedagogika”  
fani  mavjud  emas,  shu  bois  “pedagogik  faoliyat”,  “pedagogik  
texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo‘q. Ushbu mamlakatlarda  
shaxsga  ilmiy  bilimlarni  berish  jarayoni  “ta’lim  jarayoni”  sifatida  
nomlanadi,  shaxsga  bilimlar  berish,  uning  ma’lumotini  oshirish,  
ta’lim  samaradorligini  ta’minlashga  xizmat  qiluvchi  fanlar  majmui  
“Metodika”  deb  yuritiladi.  Metodika  fanlarini  o‘qitishda  asosiy  
e’tibor ta’lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta’minlashga  
qaratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan  
“Pedagogika”  fanining  predmeti  shaxsni  shakllantirish,  uning  
kamolotini  ta’minlashga  yo‘naltirilgan  ta’limiy  va  tarbiyaviy  
faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya’ni, shaxs  
kamoloti ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining natijasi sifatida  
namoyon bo‘ladi. 
Xo‘sh, “metod”, “metodika”, ”ta’lim texnologiyasi”, “pedagogik  
texnologiya” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Quyida ana  
shu xususida so‘z yuritiladi. 
Metod    tushunchasi  tadqiqotchilar  tomonidan  turlicha  sharhla- 
nishiga qaramasdan, ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish  
yo‘li  hisoblanadi.  Masalan,  pedagog  olima  Sh.A. Abdullayevaning  
ta’rificha: “ Metod (lotincha “metodos” – “yo‘l”, “uslub”) tadqiqot  

, ta’limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida  


“metod” so‘zi keng ma’noda: muayyan muammo yechimini topishga  
yo‘naltirilgan  uslubni,  ma’lum  maqsadga  erishish  yo‘lini,  tor  
ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini  
bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.  
Pedagog  –  olima  D.I.Ro‘ziyeva:  “Metod  pedagog  va  tahsil  
oluvchi hamkorligida tashkil etilayotgan ta’lim jarayonida qo‘yilgan  
maqsadga erishish usuli sanaladi” – deb e’tirof etadi. Pedagogikada  
shunday  maxsus  metodlar  mavjudki,  ular  yordamida  ta’lim-tarbiya  
jarayoniga  taalluqli  muhim  faktlar,  turli  pedagogik  vaziyatlarning  
mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o‘rganiladi. 
Ta’lim jarayonida an’anaviy (og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy) va  
noan’anaviy metodlar  tasniflanadi. 
Hikoya 
Mashq 
Videometod 
Munozara 
Didaktik o‘yinlar 
Laboratoriya metodi 
Suhbat 
Tushuntirish 
Ma’ruza 
Kitob bilan ishlash 
Illyustratsiya 
Namoyish va h.k. 
Bugungi  kunda  ta’lim  jarayonida  noan’anaviy,  interfaol  
metodlardan foydalanilmoqda.  
Interaktiv  so‘zi  inglizcha  “inter”  –  “birgalikdagi”  va  “act”  
–  “harakatlanish”  so‘zlaridan  olingan.  Interaktivlik  birgalikda  
harakatlanish  yoki  suhbat,  dialog  rejimida  nimadir  (masalan,  
kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi) bilan bo‘lish demakdir. Bundan  
kelib chiqadiki, interaktiv ta’lim – avvalo dialogli ta’lim bo‘lib, uning  
davomida o‘qituvchi va tinglovchi, tinglovchi va kompyuter o‘zaro  
hamkorligi amalga oshiriladi. 
Interfaol ta’limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib  
borish tashkil etadi. 

Yüklə 17,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin