Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika farqi
Interfaol metod – o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir
vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi, ham tahsil oluvchini faollashtirishga
yo‘naltirilgan o‘qitish usullari majmuidir. “Modellashtirish”, “Breynshtorming”, “Muzyorar” kabiturli interfaol metodlardan
bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanilmoqda.
Modellashtirish metodidan foydalanish mobaynida o‘qituvchi
auditoriya xususiyatlarini bilishi lozim. Bunda yoshlarning bilim,
o‘zlashtirish xususiyatlari, uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar,
ish dinamikasi, darsning tuzilishi, o‘zaro hamkorlikka asoslanganligi
inobatga olinishi zarur.
“Breynshtorming” metodi orqali tahsil oluvchilar bilan tezkor aloqa
o‘rnatish, ular fikrini mustaqil ravishda izhor etishlariga imkoniyat
yaratish, ularga dinamik ta’sir ko‘rsatish mumkin. “Breynshtorming” uch bosqich: motivatsiya, idrok, refleksiya (mushohada yuritish) dan
iborat bo‘lganligi bois, har birida ham bahsga kirishuvchilar muloqot
madaniyatini namoyish eta olishi lozim bo‘ladi
. Demak, pedagogik
muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi qo‘llab-quvvatlanadi, dialog
muloqotga zamin yaratiladi, yoshlarning o‘z fikrlarini real sharoitga
moslay olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tabiiyki, bunda o‘qituvchi
pedagogik muloqotni tashkil qiluvchi, tashabbuskor va yetakchi shaxs
sifatida maydonga chiqadi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida noan’anaviy metodlar -“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Erkin yozish”,
“Besh minutlik esse”, “Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi
metodlardan keng foydalanilmoqda.