Innоvаtsiya lоyihаsi tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi. Innovatsiya loyihasining hayotga tadbiq etilishi, har qanday investitsiya loyihasidek texnik-iqtisodiy asoslanishi, loyiha tahlilini jahon amaliyotida qo’llaniladigan dinamik usullari yordamida aniqlanadigan va kelajakda kutiladigan samaradorlik ko’rsatkichlarining maqbulligi bilan aniqlanadi. Innovatsiya loyihalari har qanday investitsiya loyihasi kabi tanlov asosida amalga oshiriladi.
Innоvаtsiya lоyihаsi tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi. Innоvаtsion lоyihаlаrni rеjаlаshtirish. Lоyihаning muvаffаqiyati vа uni bеlgilоvchi mеzоnlаr Biznes-rejani tuzishda asosiy masalalar sifatida quyidagilarga ajratish mumkin:
- innovatsiya loyihasini amalga oshirishda kutilayotgan moliyaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlar (sotish hajmi, mahsulot tannarxi, mahsulotdan keladigan foyda va boshqalar);
- bankning innovatsiya mahsuloti, mahsulot bozori, raqobatchilar haqida
ishlab chiqqan ma’lumoti;
- hamkorlar bilan aloqada korxonani tanishtiruvchi, rivojlantirish maqsadlari haqidagi reklama materiallarini tayyorlash.
Innovatsiya loyihasiga tayyorlangan biznes-reja quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- loyihani tashqi investorlar tomonidan moliyalashtirish imkonini olish;
- korxonaning innovatsion siyosatini ishlab chiqarish;
- bozor strategiyasini ishlab chiqarish; korxona rivoji uchun asosiy maqsadlarni aniqlash;
- mos keluvchi byudjetni shakllantirish.
Biroq, klassik investitsiya loyihasi bilan innovatsiya loyihasini solishtirganda quyidagi xususiyatlar bilan farqlanadi:
- ko’pchilik hollarda innovatsiya loyihasi unda hamkor korxonalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKIni o’tkazuvchi yoki innovatsiyalarni tadbiq etishda ishtirok etuvchilar)ni ko’zlagani sababli asosiy korxonaga to’g’ri keluvchi xarajat va natijalarni umumiy oqimdan ajratib olish muammosi vujudga keladi. Ushbu innovatsiya loyihasida qatnashuvchi innovatsiya faoliyati sub’ektlari soni ortib boradi. Innovatsiya loyihalari ko’pincha o’zining asosida yangi texnik echimlardan foydalanish bilan bog’liq. Bu esa, intellektual mulk ob’ektlariga xuquqiy portfeli shakllanishida, o’z nomoddiy aktivlar hisobiga yoki litsenzion kelishuvlar asosida olingan xuquqlar hisobiga muammo yuzaga keladi; innovatsiya loyihasi loyihaning ham texnik, ham tijoriy ko’rsatkichlar bo’yicha yuqori darajali noaniqlik bilan ajralib turadi. Bu esa, dastlabki moliyaviy iqtisodiy baholashning ishonchliligini pasayishiga olib keladi va qo’shimcha baholash mezonlarini qo’llash mo’ljallanadi;
- innovatsiya loyihasini amalga oshirishda asosiy e’tiborni ITTKI bosqichiga qaratilishi lozim. Bu bosqich natijasi asosida loyihani amalga oshirishni davom ettirish yoki to’xtatish xaqida tezkor qaror qabul qiladi;
- innovatsiya loyihasi yangi texnik echimlarni yaratishga nisbatan tijoriy ahamiyatga ega bo’lgan natijalarni olish uchun yuqori ehtimollik bilan ajralib turadi.
Innovatsiya loyihalari biznes-rejasini ishlab chiqishda uning alohida bosqichlarini ajratish muhim. Chunki har bir bosqich o’zida davrni namoyon etib, uni amalga oshirish bo’yicha ko’zlangan tadbirlar jarayonida o’tkaziladi.
Har bir bosqichning maqsadi keyingi bosqichga o’tish to’g’risidagi qarorni qabul qilishni hisobga oluvchi texnik informatsiya yig’ish hisoblanadi.
Innovatsiya loyihalari g’oyalar, fikrlar va texnik echimlarning ilmiy-texnik
ahamiyati darajasi bo’yicha quyidagi tarzda tasniflanadi:
- modernizatsion loyihalar, bunda namuna konstruktsiyasi yoki asosiy texnologiya tub o’zgarmaydi;
- novator loyihalar, bunda yangi buyum konstruktsiyasi turiga va elementlari xossalariga qarab oldingisidan jiddiy farq qiladi (yangi xossalarni qo’shish, masalan, ushbu turdagi buyumlarda ilgari qo’llanilmagan avtomatlashtirish vositalarini, lekin boshqa turdagi buyumlarda qo’llangankiritish);
- ilgarilab boruvchi, bunda konstruktsiya ilgarilab boruvchi echimlarga asoslanadi;
- oldingi va hattoki, yangi funktsiyalarni bajaradigan konstruktsiyalar va texnologiyalar.