Innоvаtsion lоyihа sаmаrаdоrligi vа uning аsоsiy ko‘rsаtkichlаri Diskontlangan daromadlardan umumiy yig‘ilgan xatoligi va boshlang‘ich investitsiyalar orasidagi farq sof joriy qiymatni tashkil etadi (sof keltirilgan samara):
Investitsiyalarning Diskontlangan Doimiy
sof joriy = daromadlardan + daromadlar
qiymati umumiy kattaligi hajmi (kattali)
Aniqki, agar sof joriy qiymat musbat bo‘lsa, unda investitsion loyihani qabul qilish zarur, manfiy bo‘lsa undan voz kechish lozim. Agar sof joriy qiymat 0 ga teng bo‘lsa, loyihani foydali yoki zararli deb aytib bo‘lmaydi. U holda solishtirishning boshqa usullarini ishlatish zarur. Bir nechta alternativ loyihalarga o‘rin beriladi.
Keltirilgan formulalar yordamida qo‘lda hisoblash ko‘p mehnat talab etadi, shuning uchun diskontlangan baholarga asoslangan bu va boshqa usullarni qo‘llash qulayligi uchun vaqt intervali va diskontlash koeffitsienti miqdoriga bog‘liq ravishda murakkab protsentlar, diskontlash ko‘paytuvchilari, pul birligini diskontlangan miqdori va hokazolar keltirilgan maxsus statistik jadvallaridan foydalaniladi.
Investitsiyalar rentabelligi. Sof joriy qiymat usulini qo‘llash, uning hisoblanishi qiyin bo‘lishiga qaramasdan o‘z-o‘zini qoplash davri va investitsiyalarining samaradorligini baholash usulini qo‘llashga afzalroqdir, chunki pul tushumlarni vaqtinchalik aspektlarini hisobga oladi. Bu usulni qo‘llash nafaqat absolyut ko‘rsatkichlarini (sof joriy qiymatni), balki solishtirma ko‘rsatkichlarini hisoblash va solishtirishga imkon beradi. Ularga investitsiyalar rentabelligi kiradi.
Investitsiyalar rentabelligi diskontlangan daromadlarning umumiy yig‘ilgan kattaligi – investitsiyalar kattaligi.
Aniqki, agar rentabellik 1 dan katta bo‘lsa loyihani qabul qilish lozim, 1 dan kichik bo‘lsa voz kechish lozim. Sof joriy qiymati kattaligi bir xil bo‘lgan alternativ loyihalar qatoridan birini tanlashda yoki investitsiyalar protfelini komplektlashda, ya’ni maksimal sof joriy qiymat beradigan pul vositalarini bir vaqtdagi investitsiyalashni bir necha variantdan tanlashda investitsiyalar rentabelligi nisbiy ko‘rsatkich sifatida juda ham qulaydir.
Innоvаtsion lоyihа sаmаrаdоrligi vа uning аsоsiy ko‘rsаtkichlаri Etiboringiz uchun rahmat!