Mavzu꞉ Insonparvarlik tamoyili Shahriabz Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 4-23 guruh talabasi Usmonova Yulduzning Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanidan slaydi
Mavzu꞉ Insonparvarlik tamoyili Shahriabz Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 4-23 guruh talabasi Usmonova Yulduzning Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanidan SLAYDI
Yumshoq o'yinchoqlar yasash usullari. Reja: 1. Yumshoq o’yinchoqlar tayyorlash turlari. 2. Yumshoq o’yinchoqlarning bola tarbiyasida axamiyati.
Yumshoq o’yinchoqlar tayyorlash turlari Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli o‟yinchoqlar mavjud bo’lib ular bolalarning bo‟sh vaqtlarining to‟g‟ri tashkil qilish, fikrlarini o‟stirish,dunyoqarashlarini kengaytirish asosidir. Hozirgi paytda yumshoq o'yinchoqlarga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Shunga ko'ra biz maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari ishlarini yengillashtirish maqsadida asosan qo'g'irchoqteatri to'garaklarida qo'llanib kelayotgan o'yinchoqlar namunasini e'tiboringizga havola etamiz. Bu o'yinchoqlar tarkibiga, bezaklariga sharoitidan kelib chiqib va tarbiyachi mahortiga ko'ra ayrim o'zgarishlar kiritishlari mumkin.
Ba'zan ko'z sifatida chiroyli tugmachalardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Bu detallar kartondan yasaladigan bo'lsa, guash, akvarelda bo'yalib, ustidan lak qoplanadi. Kerakli asboblar: 1. Ignalarning turli katta kichiklari; 2. G’altakli iplar, turli rangdagi №10,40,50, 60 li qalinligi har-xil iplar. 3. Rangli iplar, turli rangdagi ipakli iplar va dag„al iplar. 4. Qaychi 6 dona, loydan yasashda ishlatiladigan tayoqcha. 5. Bigiz uzuni, ombir 1 dona. 6. Yog’ochli, temirli tayyoqcha (paxta to„ldirish uchun) 7. Rangli oddiy qalamlar, rasm chizish uchun mo’yqalamlar. 8. Tikuv mashina, har xil kattalikdagi igna. 9. Doiraviy ombir 2 dona, yumshoq jag„li ombir, o’tkir jag’li ombir. 10. Dumaloq yog’och (paxta tikish uchun) 11. Angishvona, dazmol.
Ashyolar: Yumshoq o’yinchoq uchun iloji boricha yangi mato yoki avvaldan yuvib, dazmollangan satin, barqut, shtapil, paxmoq, chit, junli matolar bo‟lgani yaxshi. Hayvonlarni tayyorlovchi o„yinchoq uchun, tukli bamazey, suniy va tabiiy jun matolaridanfoydalaniladi.Tana yuz ko„rinishlarini tasvirlovchi qo„g„irchoq o„yinchoqlari uchunshifon, suniy tolali shoyi matolar. Yuz uchun och pushti, och jigar rangli matodan olinadi. Kiyimlari uchun: rangli matolar; Soch uchun: suniy iplar, viskoza, qismlarni biriktirishda 1-2 mm yumshoq simlardan o„yinchoqlarni jixozlashda, har- xil tugmacha, biser, tasma, lentachalar, shnurlar hamda eskiz tayyorlash uchun plastilin zarur. O„yinchoq ichini paxta, trikotaj chiqindilari, averlo tikishdan, chiqqan qirindilar yog„ochdan chiqqan qipiq bilan to’ldirish mumkin.