Mavzu: Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash. 4- ma’ruza mashg’uloti



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə2/3
tarix28.03.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#90826
1   2   3
4-Ma\'ruza BSAT

World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.
Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia - rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo'lgani uchun foydalanuvchilar e'tibonni juda tez qozondi.
WWW tarkibi. WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya'ni Web-sahifaiarda joyiashadi. Web-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko'rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o'z navbatida reklama, tijorat, ta'lim va boshqa ko'pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, juda ko'p kinostudiyalar o'z mahsuiotlarini reklama qilish uchun Web-sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalarda asosan yangi filmlar haqidagi ma'lumotlar bilan birga shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalar aks ettirlladi. WWW yaratilgunga qadar bunday imkoniyat faqat kinoteatrlar yoki televideniye orqaligina mavjud edi.
Kinoteatr va televideniye orqali namoyishlar belgilangan vaqtga bog'liq bo'lsa, WWW dan xohlagan kishi istalgan vaqtda yangi filmlar haqida to'liq ma'lumot olishi mumkin.
WWWning ommalashishiga yana bir omil gi permatndir. Gipermatn Web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog'liqligmi ko'rsatuvchi ilovabo'lib, u so'z yoki rasm bo'lishi mumkin.Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web-sahifaga tez va oson o'tiladi, bu hoi kerakli qism yoki Web-sahifaga gipermurojaat deb ataladi.
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko'ra o'zaro bog'langan bir nechta Web-sahifalar majmuyi Web-sayt deyiladi. Web-saytni kitobga, Web-sahifani esa kitobning sahifasiga o'xshatish mumkin. Web-saytdagi Web-sahifalar o'zaro gipermatn yordamida bogianadi.Web-saytlar ham, Web-sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o'z adresiga ega bo'ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi (http - Hyper Text Transfer Protocol). So'ngra Web-sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan, www.uzsci.net), keyin Web-sahifa nomi (masalan,~rtm) yoziladi.Provayderlar (ingliz.provide-imkon berish, ta'minlash)-Internetning ba'zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko'rsatuvchi firmalardir. Shunday qilib, misolda keltirilgan Web-sahifaning Internetdagi adresi: http://www.uzsci.net/~rtm ko'rinishida bo'ladi.
Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do'stlaringizga ko'p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Buning uchun oddiy qog'oz varag'iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo'ladi. Konvert "og'zini" yelimlab, pochta qutisiga tashlaysiz. Konvertda ko'rsatilgan manzilning siz yashab turgan joydan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga qarab, xatingiz ko'zlangan yerga yetib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt sarflanishi mumkin. Xabarni juda tez yetkazish kerak bo'lsa, pochta xizmatidan foydalanish befoyda. Bunday hollarda telefondan foydalanish mumkin. Ammo, telefon orqali rasm, chizma va hujjatlarni yuborib bo'lmaydi.
Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tizimining ajralmas qismi bo'lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o'rnini egallab bormoqda. Chunki elektron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istagan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab
kishilar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib borayapti. Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo'lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchilari o'z elektron cdreslariga ega bo'lib, uni Web-sahifa adresidan oson ajratish mumkin: @
. Elektron pochta adresida albatta "@" ("tijoratdagi et" yoki boshqacha nomi "kuchukcha") belgisi qatnashadi. Masalan, nurmatovzohidjon35@gmail.com
Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo'lish uchun, Internet tizimida aniq elektron adresga ega bo'lgan "pochta qutisi"ga ega bo'lish lozim. Pochta qutisi — Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy. Sizga elektron pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron adres bilan abonentlarni provayderlar ta'minlaydi. Ammo elektron pochta xizmatidan foydalanish uchun shuning o'zi yetarli emas. Pochta qutisidagi xabarlarni qabul qilib olish, xabar tayyorlash va uni elektron pochta orqali jo'natish kabi ishlarni bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Shunday dasturlardan biri — "Outlook Express"dir. Bu dastur qulay interfeysga ega bo'lib, u bilan ishlash qiyinchilik tug'dirmaydi. Outlook Express dasturi ishga tushirilgach, ekranda quyidagi lavha hosil bo'ladi:

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin