Fayl menyusi yordamida asosan yangi xabar hosil qilish, avval hosil qilingan xabarni ochish, xabarni chop etish, dasturdan chiqish amallari bajariladi.
Tahrir menyusi tarkibidagi amaliar asosan nusxa olish, izlash, beigiiash kabi ishlarni bajarishga xizmat qiladi.
Ko'rinish menyusi dastur interfeysining ko'rinishini o'zgartirish, shrift o'lchami va xabarlarni saralash usulini tanlash kabi amallarni bajarishga mo'ljallangan.
Servis menyusi yordamida elektron pochta orqali xabar yuborish, xabarlarni qabul qilish, dastur parametrlarini o'zgartirish kabi amallar bajariladi.
Xabar menyusi asosan xabar hosil qilish, kelgan xabarga javob yuborish kabi ishlarni bajarishga xizmat qiladi.
Ma’lumot menyusiga kirib, dastur haqida ma'lumot olish mumkin.
Uskunalar paneli tugmalar majmuyidan iborat bo'lib, har bir tugma ma'lum amalni bajarishga mo'ljallangan.