Mavzu: Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobi. Reja: Kirish


Inventar va xo‘jalik jihozlari xisobining oldiga qo’yilgan vazifalar



Yüklə 193,5 Kb.
səhifə2/7
tarix23.05.2023
ölçüsü193,5 Kb.
#120342
1   2   3   4   5   6   7
Xodjanova X INVENTAR VA XO\'JALIK JIXOZLARI HISOBI

Inventar va xo‘jalik jihozlari xisobining oldiga qo’yilgan vazifalar

Xizmat muddati bir yildan oshmaydigan, xizmat muddatidan qat`iy nazar xarid qilish paytida qiymati bir birlik uchun O`zbekiston Respublikasida belgolangan bazaviy hisoblash miqdorini ellik baravarigacha viqdorda bo`lgan aktivlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida aktivlarni inventar va xo`jalik jihozlarini tarkibiga olish uchun qiymatning bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.


Inventar va xoʻjalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati toʻliq ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga olib boriladi hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida 014 "Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari" schyoti boʻyicha analitik hisob yakka tartibda foydalanuvchilar va sexlar omborlari oraligʻida yuritiladi.
Xizmat muddati hamda qiymatidan qat’i nazar inventar va xo’jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo’ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar). Bunda maxsus asboblar va moslamalar tarkibiga asbob-uskunalar, shtamplar, press-shakllar, prokat o’tkazuvchi vallar, moslama uskunalari modellari, opoklar, andozalar va boshqa turli maxsus asboblar va moslamalar kiradi;
maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal. Maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal tarkibiga saqlovchi moslamalar, kombinezonlar, kostyumlar, kurtkalar, shimlar, xalatlar, jun po’stinlar, har xil poyabzallar, qo’lqoplar, ko’zoynaklar, respiratorlar, boshqa turli maxsus va sanitariya kiyimlari hamda maxsus poyabzal kiradi;
ko’rpa-to’shaklar;
kantselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo);
oshxona inventari, shuningdek, oshxona choyshablari;
barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashtiriladigan uskunalar;
ovlash qurollari (trallar, yoyma to’rlar, to’rlar, jihozlar va hokazo).
Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining birligi zaxiralar to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibidan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralarning birligi nomenklatura raqami, partiya, bir turdagi guruh va hokazo bo’lishi mumkin.
Hozirda inventarizatsiya natijasida foydalanishda boʻlgan inventarlarni roʻyxatini aniqlab, inventarizatsiya hujjatlari asosida ularni 1080 schetdan hisobdan chiqarishingiz mumkin. Inventarizatsiya 19-son BHMS da belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Budjet muassasalarida inventar va xo‘jalik jihozlari tahlili juda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki xizmat ko‘rsatish darajasi va sifati muas-sasadagi inventar va jihozlarning qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ta’lim tizimida inventar va xo‘jalik jihozlarining yetarli bo‘lishi, avvalo, darslarning bir smenada olib borilishiga sharoit yaratib, talaba va o‘quvchilar bilim olishlariga qulayliklarni vujudga keltirib, dars sifatining yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi. Sog‘likni saqlash tizimida bemorlarni davolash sifatini oshirishda va sanitariya-gigiyena holatini yuqori darajada bo‘lishi bevosita inventar va xo‘jalik jihozlari bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, har bir budjet muassasasi mavjud inventar va jihozlardan samarali foydalanishi va ular hisobini to‘g‘ri yuritishlari lozim. Ta’lim tizimida o‘quv buyumlarining ko‘pligi, auditoriyalar (sinf xonalari) katta-kichikligi, boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, dekanat, kafedra va h.k.) xonalarini ko‘pligi, shifoxonalarda har bir kasallik turi bo‘yicha alohida jihozlangan palata va davolash xonalari mavjudligi, ulardagi inventar va xo‘jalik jihozlarining turli-tumanligi, o‘z navbatida, tahlil oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
1.Ta’lim tizimida har bir bino uchun inventar va jihozlarga alohida moddiy javobgar shaxsni rahbarni buyrug‘i asosida tayinlanganligini buxgal-teriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari uning javobgarligiga o‘tkazil-ganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning mavjudligini tekshirish. (shifoxonalarda har bir bo‘lim uchun).
2.Javobgar shaxs zimmasidagi bino xonalaridagi har bir xona (ofis, auditoriya, sinf xonasi va h.k.) uchun inventar va xo‘jalik jihozlariga tartib raqami yozilib, ular uchun mas’ul shaxs ism va familiyasi ko‘rsatilib, ro‘yxat tuzilganligini va bu ro‘yxat xonaning ko‘zga ko‘rinadigan joyiga qo‘yilganligini nazorat qilish.
3.Javobgar shaxs tomonidan xo‘jalik omboridan olingan inventar va jihozlarni muassasa buxgalteriyasida o‘z vaqtida kirim qilinishi va xizmat muddati tugagan inventar va jihozlarni tegishli dalolatnomalar orqali uning zimmasidan chiqarilganligini nazorat qilish.
4.Tahlil jarayonida har bir inventar va xo‘jalik jihozini turini, marka-sini va boshqa ko‘rsatkichlarni ularning buxgalteriya hisobidagi kirim hujjatlariga mos kelishini nazorat qilish (ayrim hollarda bir turdagi bahosi arzon inventarlarni, markasi va bahosi qimmatlariga almashtirib qo‘yish holatlari kuzatiladi).
5.Tahlil jarayonida ortiqcha aniqlangan inventarlar va xo‘jalik jihozlari muassasa buxgalteriyasida moddiy javobgar shaxs zimmasiga kirim qilinadi, kam chiqqanlari esa amaldagi qonunchilik asosida moddiy javobgar shaxsdan undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, o‘z navbatida, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Buning huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 23-noyabrda, 88-son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulk qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 29-noyabrda 17-son bilan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazir-ligi 2000-yil 7-yanvarda 869-son bilan ro‘yxatga olingan «Budjet tashkilotlari tomonidan muassasa va tashkilotlarga vaqtincha ishlatilayotgan davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» xizmat qilmoqda.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’-minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1999-yil, 3-sentabrdagi 414-son qarori va boshqa qonuniy-me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida budjet tashkilotlari tomonidan va u orqali muassasa va tashkilotlarga vaqtincha ishlatilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish tartibi man etilmagan.
Nizomga binoan ijara obyektlariga quyidagilar kiradi: binolar, inshootlar, ishlab chiqarish jihozlari, uylar, transport vositalari va qonun hujjatlari bo‘-yicha ijaraga berilishi man etilmagan.
Quyidagilar ijara subyektlari bo‘ladi:
– ijaraga beruvchi – balansda bo‘lgan vaqtincha ishlatilmayotgan ijara obyektini ijaraga bera oladigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkiloti;
– ijaraga oluvchi – davlat mulkini pullik, qaytarish va saqlash sharti bilan vaqtinchalik foydalanish uchun oladigan yuridik shaxs.
Ko‘chmas mulkni ijaraga olish shartnomasi quyidagi idoralarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak:
– uy-joy bo‘lmagan bino va inshootlar ijarasi bo‘yicha ko‘chmas mulk davlat kadastri xizmatlarida;
– uy-joy binosi va inshootlari ijarasi bo‘yicha texnik inventarizatsiya burosi (TIB)da.
Budjet muassasalari tomonidan ijaraga berilgan asosiy vositalar tahlili vazifalari quyidagilardan iborat:
– ijara shartnomasini ko‘chmas mulklar va ko‘chmas mulklar guruhini o‘z ichiga oluvchi mulk majmuasi ijaraga olinadigan holda, mulkning har bir guruhiga alohida shartnoma tuzilganligini nazorat qilish;
– Ijaraga beriladigan mulkning tarkibi va narxiga e’tibor berish;
– Ijara muddati, ijara to‘lovi miqdori, uni to‘lash shartlari va muddatlarini o‘rganish;
– ijara shartnomasi bo‘yicha tomonlarning o‘z majburiyatlarini vaqtincha bajarmaganliklari uchun shartnoma sanksiyalari miqdorini o‘rganish;
– ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bergan mulkiy obyektlarning holati va muddatini o‘rganish;
– ijaraga oluvchi tomonidan mulkdan foydalanish shartlariga, shartnoma tugaganidan keyin mulkni qaytarish tartibini o‘rganish;
– ijaraga olingan mulkni qayta tiklash va ta’mirlash bo‘yicha tomonlarning majburiyatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
– ijara shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish holatlari uchraganda, uni sabablarini o‘rganish;
– ijara to‘lovlarini natura to‘lovlarisiz qat’iy so‘mda to‘lanishi ta’min-langanligini nazorat qilish;
– ijaraga berilgan Davlat mulkini Nizomda belgilanganidek, 1995-yilgacha bo‘lgan asosiy vositalar tarkibiga kiradigan mulk bo‘yicha yillik ijara haqining eng kam miqdori, mulk balans qiymatining 20 foizi hisobida, 1995-yildan keyingi asosiy vositalar uchun mulk balans qiymatining 20 foizi hisobida belgilanganligini nazorat qilish;
– ijaraga beruvchi depozit hisobiga ijara uchun tushgan mablag‘ni 50 foizini mahalliy budjetga, 50 foizini tashkilotni rivojlantirish fondiga yo‘naltirilishi to‘g‘ri tashkil etilganligini nazorat qilish;
– ijara shartnomasida aniq ko‘rsatilgan muddatda, shartnoma shartlariga va mulkni maqsadga muvofiq holatda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mulkni berganligi, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mulkning o‘z vaqtida qaytarganligini nazorat qilish;
– tahlil natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzish va dalolatnomada ijaraga berilgan mulkdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish
Inventar va xo’jalik jihozlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to’liq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl bo’yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo’yicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo’linmalar bo’yicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar ko’rsatiladi.
Agar inventar va xo’jalik jihozlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun xarid qilish paytidagi bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravaridan ortiq bo’lsa, tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va xo’jalik jihozlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo’llash orqali amalga oshiriladi:
qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
teng me’yorda.
Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko’rsatkichidan va inventar hamda xo’jalik jihozlari tannarxining ko’rsatilgan inventar va xo’jalik jihozlarini foydali ishlatishning butun kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xo’jalik jihozlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xo’jalik jihozlarini foydali xizmat muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Inventar va xo’jalik jihozlarining qiymatini xarajatlarga hisobdan chiqarish usullaridan birini qo’llash inventar va xo’jalik jihozlaridan foydali ishlatishning butun muddati mobaynida amalga oshiriladi.
Agar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish muddatidan avval to’xtatilgan va uni tiklash kutilmayotgan bo’lsa, kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan inventar va xo’jalik jihozlarining qoldiq qiymati (inventar va xo’jalik jihozlari qiymatining hisobdan chiqarilmagan miqdori qoldig’i) tashkilotning moliyaviy natijalariga boshqa operatsion xarajatlar sifatida hisobdan chiqariladi.
Tashkilotning inventar va xo’jalik jihozlarini ta’mirlash hamda ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha xarajatlari (masalan, maxsus asbobni charxlash, alohida uzel va detallarni almashtirish va hokazolar) inventar va xo’jalik jihozlarining vazifasidan kelib chiqib ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Foydalanish jarayonida inventar va xo’jalik jihozlari tannarxini ularning alohida qismlarini almashtirish orqali o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Inventar va xo’jalik jihozlarining ayrim qismlarini almashtirish va ta’mirlash xarajatlari mazkur to’plamni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xarajatlari sifatida belgilanadi.
Foydalanishda bo’lgan, biroq keyinchalik o’z vazifasi bo’yicha foydalanilmayotgan inventar va xo’jalik jihozlari boshqa operatsion daromad sifatida realizatsiya qilishning sof qiymati bo’yicha kirim qilinishi mumkin.
Bunda, ushbu inventar va xo’jalik jihozlari bo’yicha kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda summa qoldig’i bo’lsa, ular ham hisobot davrining xarajatlari sifatida moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Inventar va xo’jalik jihozlarining qiymatini ularni foydalanishga berish paytida to’liq ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqarishda, foydalanishdagi inventar va xo’jalik jihozlarining keyinchalik saqlanishini ta’minlash maqsadida ularning hisobini tsex omborchilari va alohida foydalanuvchilar bo’yicha balansdan tashqari schyotlarda yuritish lozim.
Inventar va xo’jalik jihozlari qiymatining ularni foydalanishga berishda hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek, ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Inventar va xo’jalik jihozlarini qiymatini balansdan tashqari hisobvaraqlardan chiqarish u xaqiqatda hisobdan chiqarilganda va birlamchi hisob hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirdagina amalga oshiriladi.




  1. Yüklə 193,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin