3. Inventar va xo’jalik jixozlari xisobdan chiqarish tartibi.
Inventarni hisobdan chiqarish chogʻida foyda soligʻini hisoblashda soliq oqibatlari yuzaga keladimi? Tashkilotda 1080-schyotda bir necha yil oldin, korxona YaSTni toʻlagan paytda xarid qilingan inventar hisobda turadi. Foydalanishga berishda inventar oʻz vaqtida xarajatlarga hisobdan chiqarilmagan. Korxona ayni paytda umumbelgilangan soliqlarni toʻlaydi. Joriy va oʻtgan yillardagi hisobot ma’lumotlari hisobotda ma’lumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlangan hisobot davri uchun moliyaviy hisobotda tuzatiladi. Oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlarni qayta topshirish talab etilmaydi (AV tomonidan 27.08.1998 yilda 484-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan 3-son BHMSning 16-bandi). Hisobot davrida foyda soligʻini hisoblashda oldingi davrlardagi xatolar tuzatilganda soliq oqibatlarining yuzaga kelishi ushbu xatolar qanchalik muhimligiga bogʻliq boʻladi. Xatoning muhimligi mezoni hisob siyosatida koʻrsatiladi. U mavjud boʻlmasa, har qanday xato summasi muhim hisoblanadi. Oldingi davrda yoʻl qoʻyilgan muhim xatolarni toʻgʻrilash.
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqib ketish fakti aniqlangan paytda balansdan hisobdan chiqariladi. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
realizatsiya qilish;
boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ta’sis ulushi ko’rinishida berish;
ta’sischining ta’sischilar tarkibidan chiqishida yoki tugatilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulkini uning ishtirokchilari o’rtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ulushni ta’sischiga qaytarish;
bepul berish;
ayirboshlash;
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo’q qilish);
kamomad, yo’qotish yoki shikastlanish (sinish, bo’linish) aniqlanishi;
tovar qarzi ko’rinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar qarzini qaytarish;
boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ularning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning balans qiymati va chiqib ketishi bilan bog’liq bilvosita soliqlarni chegirish orqali aniqlanadi.
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi xarajat sifatida ular bilan bog’liq daromad olingan hisobot davrida tan olinadi.
Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralarni istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar etkazilgan hisobot davri mobaynida xarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Realizatsiya qilishning sof qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan, ilgari hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini tiklash summasi oshish yuz bergan hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan, chiqib ketgan (shu jumladan, realizatsiya qilingan) tovar-moddiy zaxiralar tannarxining pasayishi sifatida tan olinadi.
Savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan tovar-moddiy zaxiralar hisobi sotish qiymati bo’yicha yuritilganda sotilgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati bilan ularga to’g’ri keluvchi savdo ustamasi summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarga to’g’ri keluvchi savdo ustamasining summasi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati (tovar aylanmasi) va savdo ustamasining o’rtacha foizi ko’paytmasi sifatida aniqlanadi.
Savdo ustamasining o’rtacha foizi hisobot davri boshidagi savdo ustamalarining qoldig’i va hisobot davrida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha savdo ustamalari summasini hisobot davri boshida tovar-moddiy zaxiralar qoldig’ining sotish qiymati va hisobot davrida olingan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati summasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo’yicha;
o’rtacha tortilgan qiymat bo’yicha (AVECO);
tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt bo’yicha dastlabki zaxiralar tannarxi bo’yicha (FIFO).
Tovar-moddiy zaxiralarning har bir guruhi (turi) bo’yicha hisobot yili mobaynida qiymatni aniqlashning faqat bir usuli qo’llanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning guruhi (turi) bo’yicha qiymatni aniqlash usullaridan birini qo’llash, hisob siyosatini qo’llashda yo’l qo’yilgan izchillikdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Tashkilot tomonidan alohida tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va hokazo) va bir-birining o’rnini bosmaydigan (almashtirilmaydigan), shuningdek, maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo’ljallangan (ishlatiladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi usuli bo’yicha baholanadi.
Mazkur usulda o’ziga xos xarajatlar muayyan tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi hamda tovar-moddiy zaxiralar sotib olinganligi yoki ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar maxsus loyihalar uchun mo’ljallangan mahsulotlar uchun qo’llaniladi.
O’rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuli bo’yicha tovar-moddiy zaxiralar har bir birligining qiymati davr boshida aynan bir xil birliklarning o’rtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan aynan bir xil birliklarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar har bir birligi qiymatini o’rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuli bo’yicha aniqlash davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig’ining tannarxi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir xil birliklarning umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo’lish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’rtacha qiymat tashkilot tomonidan tanlangan usulga qarab davriy yoki tovar-moddiy zaxiralarning har bir yangi partiyasi kelib tushishiga ko’ra hisoblab chiqarilishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt bo’yicha dastlabki zaxiralar tannarxi (FIFO) usuli bo’yicha tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketayotgan birliklari tannarxiga birinchi navbatda xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning qiymati kiradi, davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qiymati esa oxirgi bo’lib xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.
Hisobot davri oxirida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash ularning chiqib ketishida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashning qabul qilingan usuliga bog’liq holda amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishida ularning qiymatini aniqlashning qo’llaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
— xo‘jalik tomonidan yaratilganda; — boshqa tashkilot va korxonalardan sotib olinganda; — tekinga olinganda; — ta ’sischilar tom onidan ustav kapitaliga ulush holida kiritilganida va boshqa hollarda. Asosiy vositalar tarkibida m a’lum soha bo‘yicha mutaxassislar kiritilgan komissiya tomonidan kirimga olinadi. Asosiy vositalarni qabul qilishda ular xususiyatlari (ko‘rsatkichlari)ni hisobga oluvchi hujjatlar tuzilishi lozim . Ular jumlasiga AV-1 shakl «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (unga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda)», AV-2 shakl «Ta’m ir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan obyektlami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» va boshqalar kiradi. Ushbu hujjatlar asosida «Asosiy vositalarni hisobga olish daftari» yoki AV-6 «Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi (ularning tasnifi, guruhlari, turlari bo‘yicha)», AV8 «Asosiy vositalar harakatini hisobga oluvchi kartochkasi (turkumlanishi bo‘yicha)», AV-9 «Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati (ulardan foydalanish joylari — brigada, b o ‘lim va boshqa bo‘linmalar bo‘yicha)» va boshqa registrlarda hisobga olinadi. Xo‘jalikda asosiy vositalar kirimi va ular mavjudligi hamda harakatining hisobi hisobvaraqlar rejasining 0100 — «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar»da quyidagilar bo‘yicha olib boriladi:
0110 — yer;
0111 — yemi obodonlashtirish;
0112 — uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinib, obodonlashtirilgan asosiy vositalar;
0120 — binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar;
0130 — mashina va asbob-uskunalar;
0140 — mebel va ofis jihozlari;
0150 — kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi;
0160 — transport vositalari;
0170 — ish va mahsuldor hayvonlar;
0180 — ko‘p yillik daraxtlar;
0190 — boshqa asosiy vositalar;
0199 — konservatsiya qilingan asosiy vositalar ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 397- sonli qarori asosida); 0100 — asosiy vositalami hisobga oluvchi hisobvaraqlar aktiv bo‘lib, qoldig‘i va kirimi uning debet tomonida, uning chiqimi kredit tomonida aks etadi. Asosiy vositalaming analitik hisobi yuqorida qayd etilgan 0110- 0190 - hisobvaraqlarda ularning har bir turi, javobgar shaxslar va joylanishi bo‘yicha tashkil etiladi. 0110—0190 hisobvaraqlar asosiy vositalaming harakati bo‘yicha quyidagilar bilan korrespondensiyalanadi:
1. Mol yetkazib beruvchi va pudratchi tashkilotlardan pul o ‘tkazis’n yo‘li bilan asosiy vositalar xarid qilinganda — DT 0810- 0890 KT 6010.
2. Xo‘jalikda qurilib qabul qilingan asosiy vositalarga — DT 0110-0190 KT 0810.
3. Asosiy vositalar pudratchilar tom onidan qurilib qabul qilinganda - DT 0810 KT 6010, DT 0110-0190 KT 0810.
4. Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalami uzoq muddatli ijara shartnomasi tugagandan keyin asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda — DT 0110-0190 KT 0310.
5. Asosiy vositalar tekinga qabul qilinganda — DT 0110-0190 KT 8530. '
6. Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shgan asosiy vositalar kirim qilinganda — DT 0110-0190 KT 4610.
7. Asosiy vositalarga qo‘shimchalar qurish, uskunalar o ‘m atish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish va sifat jihatdan yaxshilash xarajatlariga — DT 0890 KT 1010, 1040, 0710, 5110, 6010, 6710, 7810 va boshqalar; DT 0110-0190 KT 0890.
8. Asosiy vositalar qayta baholanganda: a) baholar oshirilganda — DT 0110-0190 KT 8510. b) baholar kamaytirilganda — DT 8510 KT 0110-0190.
9. Yosh mollar asosiy poda tarkibiga o‘tkazilganda — DT 0840 KT 1110; DT 0170 KT 0840.
10. Asosiy vositalar sotishga chaqirilganda dastlabki qiymatiga — DT 9210 KT 0110-0190; eskirish qiymatiga DT 0211-0209 KT 9210.
11. Sotishga chaqirilgan asosiy vositalar bo'yicha xaridorning qarzi aks ettirilganda — DT 4010 KT 9210. 12. Asosiy vositalar belgilangan tartibda konservatsiya qilinganda - DT 0199 KT 0110-0190 va boshqalar.
Materiallar harakatining hisobi materiallarning hisobi bo‘yicha asosiy nizom talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. YOziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy – texnik ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. YOziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo‘lib, EHMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo‘lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi kerak. Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. Materiallarni o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo‘limi olib boradi. Marketing bo‘limi mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilib boradi, materiallarning sifati va kamomadi bo‘yicha da’volarni rasmiylashtiradi, agar yuklar o‘z vaqtida kelib tushmasa ularni qidirib topadi. Transport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar, plombalar holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo‘lsa, yuklarni tekshirish va topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga da’vo qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi. Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs kelib tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining hujjatlarini solishtirib ko‘radi. Haqiqiy kelib tushgan materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning hujjatlarida ko‘rsatilganiga to‘liq mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim orderi) yoziladi. Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallarni kirimga olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari ko‘rsatilgan mahsus shtampa qo‘yib, uni to‘ldiradi. Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan holda olib kelinsa, to‘rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 - shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol xarid qiluvchiga – kirim orderini o‘rniga materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga – material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun; bankka topshirish uchun. To‘lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda materiallarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri va korxonaning ta’minot bo‘limi vakili. Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi – da’vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov talabnomasi yuborish to‘g‘risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bo‘limiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo‘lsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xo‘jalik jihozlarini tugatishdan olingan material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoytalabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun omborchiga beriladi. Materiallarni ishlab chiqarishga jo‘natish, xo‘jalik extiyojiga ishlatish, xo‘jalik faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit-zabor kartalar, to‘lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi. Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo‘limi tomonidan ma’lum bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o‘tkaziladigan bir yoki bir necha materiallar turlari bo‘yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur bo‘ladigan materiallarning hajmi va turlari korxonaning reja-ishlab chiqarish bo‘limi tomonidan hisoblab chiqiladi. Materiallarni sarflash va jo‘natish limiti materiallarning mazkur turi bo‘yicha sex omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi. Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga beriladi. Materiallarni ombordan jo‘natishda omborchi sexning limit-zabor kartasiga, material oluvchi ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo‘yadi. Ikkala limit-zabor kartasida har gal materiallar olingandan so‘ng foydalanilmagan limit summasi chiqarib qo‘yiladi. Limitdan foydalanilganda oy oxirida limit-zabor kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallarni ishlab chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish ustidan nazorat qilinadi. Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar hisobi ham yuritiladi. Bunda hech qanday qo‘shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit - zabor kartalar sonini kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari bo‘lgan choraklik limit-zabor kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit zabor kartalar materiallar doim uzluksiz jo‘natiladigan hollarda foydalanilsa, xo‘jalik va boshqa extiyojlari uchun bir yo‘la materiallar jo‘natilganda M-10 shakldagi akt-talabnoma qo‘llaniladi. Akt-talabnoma materiallarni istemol qiluvchi bo‘limlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi qo‘yilib, material oluvchiga beriladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qo‘yilib omborchida qoladi. Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo‘natiladigan materiallar uchun yoki materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini ko‘rsatib maxsus talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan korxona direktori, bosh muhandisi, yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning ruxsati bilan jo‘natiladi. Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o‘zining xo‘jaliklari uchun jo‘natilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qo‘llaniladi. Ular ta’minot bo‘limi tomonidan naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda jo‘natilsa, tovar – transport nakladnoyi yoziladi. Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning analitik hisob ma’lumotlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar hisobga olinadi. «Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar» esa – 003 balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadi. Material qiymatliklar pul o‘lchovida hisobga olinib, 19-sonli BHMSga muvofiq saqlash joylari bo‘yicha davriy inventarizatsiya o‘tkaziladi. Materiallarning qoldig‘i va kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx summasida, sarflanishi – FIFO va AVEKO usullarida haqiqiy tannarx summasida aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o‘zining ehtiyoji uchun rdamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz mahsulotdan, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar omborga qabul qilinadi.
3. Materiallar ichida o‘ziga xos xusisiyatlarga ega bo‘lgan inventar va xo‘jalik anjomlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Mol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim: xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to‘liq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl bo‘yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar bo‘yicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar ko‘rsatiladi.
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun xarid qilish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
b) teng me’yorli tarzda. Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko‘rsatkichidan va inventar hamda xo‘jalik anjomlari tannarxining ko‘rsatilgan inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali ishlatishning butun kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xo‘jalik anjomlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali ishlatish muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari qiymatining ularni foydalanishga berishda hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar);
maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
ko‘rpa-to‘shaklar;
yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va hokazolar);
oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar;
ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo).
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun hisobvaraqlarni mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlar summasi (haqiqiy tannarx bo‘yicha) xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
Debet 2000, 2300, 2500, 2700, 9400, 3290 Kredit 1080 Bir vaqtning o‘zida, foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlarini saqlanishini nazorat qilish maqsadida balansdan tashqari schyotda quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Debet 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” hisobga olishga o‘tkazilgan inventar va xo‘jalik jihozlari summasiga.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida hisobga olish oddiy shakl (bir tomonlama tartibda) inventar va xo‘jalik jihozlarini nomi yoki ularning guruhi (yiriklashtirilgan komplektlar kesimida, foydalanishga kelib tushgan sanasini ko‘rsatish bilan xarid qilish (ishlab chiqarish)ning haqiqiy tannarxi bo‘yicha, foydalanish joyi va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi.
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq kamyob yoki tarkibida qimmatli metallar yoki qimmatli toshlar mavjud bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlari safiga kiritilgan, inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga olish uchun ham tarkibiy bo‘linma omboriga vakolatli shaxs tomonidan imzolangan talabnoma taqdim etiladi. Talabnomada inventar va xo‘jalik jihozlarini oladigan ishchining imzosi bo‘lishi kerak.
Ishchilarga maxsus kiyimlar, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning tarmoq bo‘yicha namunaviy me’yorlari, shuningdek ishchilarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlashning qoidalari asosidagi kollektiv shartnomada belgilangan tartibda beriladi.
Maxsus kiyimlarni ishchilarga berilishi rasmiylashtiriluvchi hujjatlar (talabnoma va hokazolar)da, boshqa rekizitlar bilan bir qatorda berishning asosi, shaxsiy kartochkada esa kiyish mumkin bo‘lgan muddati, qaytarilganda foydalanishga yaroqliligi darajasi aks ettirilishi lozim
nventarlar va xo‘jalik buyumlari – bu quyidagi shartlarning biriga javob beruvchi mehnat vositalari va predmetlari (xo‘jalik inventarlari):
a) xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan;
b) qiymati bir birlikga sotib olish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarigacha bo‘lgan.
Qiymatidan qat’iy nazar inventarlar va xo‘jalik buyumlariga quyidagilar kiradi:
•Maxsus instrumentlar va moslamalar;
• Maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus payofzal;
•O‘rindiq buyumlari (ko‘rpa, yostiq, choyshab va shu kabilar.);
• Kanselyariya buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar);
•Oshxona inventarlari (qoshiq, vilka, qozon, choynik-piyolalar, pichoq, skatert va shu kabilar);
•Vaqtinchalik moslama va qurilmalar (titulsiz inshoatlar)- taxta yo‘lkalar, yuvinish xonalari, hojatxona va shu kabi qurilish-montaj ishlari tugagach ularning qiymatiga kiruvchi moslamalar;
• Xizmat muddati bir yilgacha bo‘lgan smena jihozlari;
•Baliq ovlash qurollari (qarmoq, to‘r va shu kabilar).
Buxgalteriya hisobida inventarlar va xo‘jalik buyumlari turgan joyiga qarab aks ettiriladi. Ushbu belgisiga ko‘ra ular ikki guruhga bo‘linadi:
• Ombordagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari.
• Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari. Mos ravishda inventarlar va xo‘jalik buyumlari quyidagi schetlarda hisobga olinadi:
1.Ombordagi zahiralar - 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schyotida.
2. Foydalanishdagi qismi – 014 « Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik
buyumlari» balansdan tashqari schyotda.
Korxonaga barcha manbalardan kelib tushgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari (ta’minotchilardan, ta’sischilardan, bepul berilgan va boshqalar) № 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schetiga kirim qilinadi (Debet 1080 Kredit 6010,4610,8530,4220,6990,1010-1090, 4110,9390,5010 va boshqalar). Ombordan foydadanishga berilgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari birdaniga harajatlar schyotlariga hisobdan chiqariladi (Debet 2010,0810,9410,9420 va boshqa schyotlar Kredit 1080). Bir vaqtning o‘zida ishlatishga berilgan inventar va xo‘jalik buyumlari 014- balansdan tashqari schetning kirimida aks ettiriladi. Ushbu schyotdan ular xizmat muddati tugaganda, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganida maxsus dalolatnomalar asosida chiqim qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |