Reja 1. Aksiz solig‘i to‘lovchilari tarkibi
2. Aksiz solig‘ining soliq solish obekti va soliq bazasini aniqlash tartibi
3. Aksiz to’lanadigan tovarlar va xizmatlarning ro’yxati. Soliq stavkalari
4. Aksiz solig‘ini hisoblash chiqarish tartibi. Aksiz solig’i hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi
Tayanch so‘z va iboralar Yuridik shaxs, aksiz solig‘i, eksport, hisobvaraq-faktura, davlat byudjeti, byudjet daromadlari, aksizosti tovarlar, soliq bazasi.
1. Aksiz solig‘i to‘lovchilari tarkibi
O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimi doirasida yuzaga kelgan yangi iqtisodiy munosabatlar yangicha iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishda aktiv ishtirok etadigan soliq turlarini ilmiy va amaliy jihatdan asoslanish zaruriyatini tugdirmoqda. Ana shunday soliq turlaridan biri aksiz solig‘i bo‘lib hisoblanadi. Aksiz solig‘i mamlakatimiz olimlari tomonidan nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan natijada uni amaliyotda shaklantirishda turlicha yondoshuvlar asos qilib olinmoqda. Bunday yondoshuvlar uzining ikki xususiyati bilan kuzga tashlanib kelinmoqda, ya’ni:
aksizli tovarlarni akoli iste’mol darajasidan kelib chiqqan holda belgilanishi;
aksizli tovarlarga nisbatan o‘rnatiladigan soliq stavkalari miqdorining o‘zgaruvchanligi;
aksizli oborotning aniqlanishining tartibi va boshqalar.
Bunday xususiyatlar o‘z navbatida aksiz solig‘i doirasida echilmagan anchagina muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda. Shunday muammolardan biri aksiz solig‘ining mohiyatini ochish orqali uni soliq munosabatlari doirasida va davlat byudjetining to‘liqligini ta’minlashdagi o‘rnini belgilash bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
Aksiz solig‘i turli iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida bo‘lgan qator davlatlarda bilvosita soliqqa tortishning samarali shakli sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga aksiz solig‘i hozirgi kunda jahon soliqqa tortish amaliyotida muvafaqqiyatli qo‘llanilmoqda. Aksiz solig‘ining qadim davrlardan hozirgi kunga qadar bunday keng tarqalishining asosiy sababi, uning fiskallik ahamiyati va yig‘uvchanlik darajasining yuqoriligidadir. Bu haqda, hatto 1666 yilda fransuz iqtisodchisi F.Demezon ta’kidlab o‘tgan edi: «aksizning birgina o‘zi boshqa barcha soliq tushumlari va undan ham ko‘proqni berishga qodirdir»1.
Aksiz solig‘ining mohiyati avvalo soliq undiruvchi va soliq to‘lovchilar urtasidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham uni mohiyatini shu ikki subekt: to‘lovchi va undiruvchi o‘rtasida yuzaga keladigan doimiy munosabatlar doirasida ifodalash zarur. Ammo aksiz soliq mohiyati avvalo shu soliq voqeligi tabiatini ifodalash zaruriyatini taqozo etadi.
Aksiz soliq voqeligining tabiati har qanday iqtisodiy voqelik tabiatiga o‘xshashdir. Chunki iqtisodiy voqeliklar tabiati ularni tashkil etish manbalarida to‘liq o‘z aksini topadi. Shunday ekan, mavjud turli iqtisodiy toifalarning asl manbai qo‘shimcha qiymat bo‘lganligi kabi aksiz solig‘ining asl manbai ham qo‘shilgan qiymatdir. Lekin, boshqa iqtisodiy toifalar manbai o‘z qadamini birlamchi taqsimot doirasida topsa, aksiz solig‘i shu qo‘shimcha qiymatni iste’mol doirasiga chiqarilgan qismining bir bo‘lagi shaklida topmoqda. Aksiz solig‘i birlamchi taqsimotda emas, balki ikkilamchi takrimotda namoyon bo‘ladi va o‘z mohiyatining ana shu doirada ifodalanishini taqozo etadi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, aksiz solig‘i tovar va xizmat narxiga ustama kurinishida undirilsada, u iste’molchi tomonidan yuzaga keltirilgan pul mablaglari hisobidan to‘lanadi. Ana shu pul mablag‘larining ham asl manbai qo‘shilgan qiymat bo‘lib hisoblanadi. Bu esa aksiz solig‘ining doimiy takrorlanib turadigan iqtisodiy voqelik deb tushunmog‘imizni taqozo etadi. U o‘z majmuasiga kura boshqa soliq turlari kabi moliya iqtisodiy toifasining tarkibiy komponentidir. Chunki aksiz solig‘iga boshqa iqtisodiy qiymat toifalari kabi doimiy qaytarilib turadigan pul munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Qolaversa, pul munosabatlari mazmunining o‘ziga xos jihatlarini ochish orqali aksiz solig‘ining mohiyatini shakllantirish mumkin. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, boshqa soliq turlari kabi aksiz solig‘ining mohiyatini davlat byujetini to‘ldirib turuvchi vosita yoki qurol sifatida ko‘rishlik ushbu soliqni pul munosabatlari doirasida namoyon bo‘lishligini inkor etish bilan tengdir. Chunki har qanday iqtisodiy voqeliklar harakatiga turli vosita va qurollar orqali ta’sir etish mumkin. Soliq to‘lovlarini vosita va qurollar orqali tartibga solish mumkin, ammo ularga tayangan holda vokealik mohiyatini ochish mumkin emas. Qurol va vosita (yoki ayrim xrllarda richag va mexanizm deb ishlatiladigan so‘zlar majmuasi) iqtisodiy voqealiklardan pul munosabatlari doirasida samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi yoki ularni tartiblashtirishni takoza ettiradi, xolos.
Bu borada shuni aytish joizki, aksiz solig‘ining mohiyati doimo egri soliqlar doirasida urganib chiqiladi. Shu sababli, uning ham iqtisodiy mohiyati qo‘shilgan qiymat solig‘ining mohiyatiga yaqindir. Bu yaqinlik davlat bilan yuridik shaxslar o‘rgasida vujudga keluvchi obektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali namoyon bo‘ladi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi ham maxsus ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi milliy daromadning bir qismi bo‘lishi pul mablag‘larini davlat byudjetiga safarbar qilishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek bunday soliqlarga uziga xos fiskal iqtisodiy toifa sifatida ham qaraladi.
Ular orqali davlat byudjeti daromadlarining salmoqdi qismi tashkil etilmoqda, ular uzlariga mansub funksiyalar orqali ishlab chiqarishga, uning o‘sishini rag‘batlantirishga, sarmoyaning jamg‘arish jarayonini kuchaytirishga hamda aholining to‘lov qobilyatini yaxshilanishiga va shu kabi tadbirlarni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Aksiz solig‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra, tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi iste’molchi tomonidan tulanadigan egri soliqdir. Uning ijtimoiy- iqtisodiy mohiyati faqat taqsimot darajasiga qarab ifodalanadi va takomillashtiriladi.
Byudjet tushumini ta’minlash orqali aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati xalq xo‘jalik manfaatlarini qondirishga ko‘proq mablag‘lar jalb ettirilishida namoyon bo‘lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya’ni asosiy iste’molchilarning tulov qobiliyatlarining oshishida o‘z ifodasini topadi. Bu esa aksiz solig‘i obektlari (aksiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalarini pasaytirilishida, aholi to‘lov qobiliyatining o‘sishida o‘z aksini topadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, subektlar aksiz solig‘i iste’molchilari sifatida ham yuzaga kelishi mumkin.
Ushbu soliq bo‘yicha engilliklarning berilishi tovarlar harid qilish uchun olinadigan kredit resurslarining qisqartirilishiga, bu esa o‘z vaqtida, moliyaviy natijalarning oshishiga olib keladi.
Shunday qilib, aksiz solig‘i ijtimoiy muhitni ham yaxshilash imkoniyatlarini moliyaviy natijalarning o‘sishi orqali ta’minlanishi mumkin. Aksiz solig‘ining takomillashtirilishi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishiga va iste’mol darajasini oqilona tashkil etishga olib keladi.
Shunday qilib, aksiz solig‘ining mohiyati obektiv pul mablaglar taqsimot doirasida yuzaga keladigan ayrim ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltirishda o‘z aksini topadi. Lekin shu bilan birga ta’kidlash lozimki, aksiz solig‘i fakat qiymat taqsimotida yuzaga keladigan pul munosabatlarida o‘z ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini shakllanatiradi.
Aksiz solig‘i ham barcha soliq xillari kabi majburiy to‘lov bo‘lsada, bunday majburiylik Oliy Majlis tomonidan demokratik tamoyillarga amal qilgan holda qabul qilingan qonunlarda o‘z ifodasini topgandir. Avvalo aksiz solig‘i majburiy to‘lov sifatida davlatning manfaaatini ko‘zda tutgan holda demokratik me’yorlar asosida Oliy Majlis tomonidan tartiblashtirilib turiladi. Shuniig uchun ham aksiz solig‘i o‘z mohiyatidan kelib chiqib uzoq yillarga mo‘ljallangan majburiylik munosabatlarini ifodalaydigan boshqa soliq xillaridan hisoblanish obekti va byudjetga undirilish tartibi bilan farq qilsa ham, tashkil etishlarining asl manbalari jihatidan farq qilmaydi. Aksiz solig‘ining mohiyatini ochishda uning asl manbasiga e’tiborni karatish zarur. Chunki aksiz solig‘ini mohiyatini ochishda uning asl manbasi munosabatlarning real majmuasini ifodalaydi. Shuningdek, aksiz solig‘ini tashkil etuvchi asl manba obektiv pul munosabatlarining bazis tushunchasiga kiradi va huquqiy me’yorlar bilan mustahkamlangandir. Bu borada shuni aytish kerakki aksiz solig‘ini takomillashtirnshga oid chora tadbirlar, uni aniqlash obektining o‘zgartirilib turilishi, aksizli tovarlar sonining oshirilishi yoki kamaytirilishi uning mohiyatini ifoda eta olmaydi. Aksiz solig‘ining bunday xususiyatlari qonunlar va soliq siyosati orqali belgilanib davlat oldida turgan vazifalarning hal etilishida omil sifatida namoyon bulishligini ifodalaydi, xolos.
Shunday qilib, aksiz solig‘i pul munosabatlarini ifoda etib, bu munosabatlar doirasida uni to‘lovchi sifatida iste’molchilar va davlat turadi. Uni tulovchi iste’molchilar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlar va ularni tashkil etish demokratiya timsoli bo‘lmish Oliy Majlis tomondan tartiblashtirilib turiladi. Chunki aksiz solig‘i byudjet daromadini tashkil etuvchi eng asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Byudjet daromadini manbai sifatida tashkil etishda yuzaga keladigan munosabatlar aksiz solig‘iga xos va boshqa iqtisodiy voqeliklarga mansub bo‘lmish funksiyalar orqali o‘z mohiyatini to‘liq echib kelmokda. Unga ham taqsimot va nazorat funksiyasi mansubdir. Faqat shu funksiyalar uning mavjud iqtisodiy vokeliklar doirasida harakat chegarasini va mohiyatini ochib beradi.
Aksiz solig‘ining taqsimot funksiyasi va uning harakat chegarasi soliqlarning (ya’ni, keng ma’nodagi) mohiyatidan kelib chiqadi, ya’ni ijtimoiy mahsulotni, uni tarkibiy qismi bo‘lmish milliy daromadni taqsimoti bilan bog‘liq bo‘lgan va ta’minlab beruvchi munosabatlardan.
Aksiz solig‘iga xos bo‘lmish taqsimot funksiyasi ijtimoiy mahsulotni mustaqil elementlarining taqsimotida va qayta taqsimotida yuzaga keladi. Shu doirada yuzaga keladigan takrimot aksiz solig‘ini boshqa soliqlardan ularok, farqlash imkoniyatini yaratib beradi. Chunki har qanday iqtisodiy voqelikni ijtimoiy mahsulot doirasida o‘ziga xos mustaqil taqsimot funksiyasi markazlashtiradigan pul fondlarini tashkil etish orqali o‘z mohiyatini mazmunli keng ma’noli doirada ifodalaydi. Bunday element soliqlarni barcha belgilariga javob beradi va ular bilan o‘zaro bog‘liqlikda soliqlar mohiyatini kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari orkdli mazmunan boyitib boradi.
Aksiz solig‘ining pul munosabatlari doirasida normativ xususiyati bilan ajralib turganligi uni nazorat funksiyasi namoyon bo‘lganligini ifodalaydi. Nazorat funksiyasining realizatsiya shakli aksiz solig‘ining miqdoriy jihatlarini axborotlar orqali moliyaviy ko‘rsatkichlarning tashkil etilishida o‘z aksini topadi.
Iqtisodiy jarayonlarni qiymat ko‘rsatkichlari orqali baxrlash va o‘lchash aksiz solig‘ining nazorat funksiyasining uziga xos xususiyagida aks etdi. Chunki aksizli oborot aksiz soliq obektini ifodalasa, iste’mol fondlari va kredit resurslari esa uni harakatga keltiruvchi asosiy manbalari bo‘lib hisoblanadi. Uning yana bir o‘ziga xos xususiyagi kengaytirilgan ishlab chiqarishning turli bosqichlarida ta’sir etuvchi omil sifatida namoyon bulishligidir. Bu esa aksiz solig‘idan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayoni turli bosqichlarida nazorat vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.
Aksiz solig‘i funksiyasining eng asosiy vazifasi soliq qonuniyatlariga tuliq va o‘z vaqtida itoat etishni, soliq to‘lov to‘liqligini ta’minlash bilan bog‘liqdir. Aksiz solig‘ining nazorat funksiyasi amalda Davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan faoliyatning nazariy asosini tashkil etadi.
Shunday qilib, aksiz solig‘ining nazorat funksiyasi, uning taqsimot funksiyasi bilan yonma-yon olib borilishi orqali ushbu soliqning amalda namoyon bulish vazifalari majmuasinn ifodalaydi.
Aksiz egri soliqlarini eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, u tovar (xizmat) narxiga, kushimcha ustama kurinishida undiriladigan va bevosita iste’molchilar tomonidan tulanadigan iqtisodiy toifadir. Aksiz solig‘ini ustama shaklida qo‘llash uni boshqa iqtisodiy toifalar bilan o‘xshash narsa deb tushunmaslik lozim. Misol uchun «savdo ustamasi», «ustama xaqi» kabi tushunchalardan mazmunan farq qiladi. Xatto uni belgilash tartibi nafakdt ulardan xatto boshqa egri va to‘g‘ri soliq turlaridan ham bevosita farq qiladi.
Aksiz solig‘i soliq tizimining tarkibiy qismi bo‘lib soliq siyosatining shakllantirilishida alohida urin egallaydi. Chunki aksiz solig‘i bozor iqtisodiyotini shakllantirishi sharoitlarida turli miqdorlarda undirilib davlat byudjetining daromad qismining eng katta hissasini tashkil qilmoqda.
Aksiz solig‘ini aniqlash tartibi boshqa soliq xillaridan ularoq farq qilishi avvalo tezkorlik bilan qisqa vaqt ichida byudjetga ko‘chirilishi va byudjet tulikdigini ta’minlansh uning rolini iqtisodiy voqealar ichida oshirib kelmoqda. Shunday kdlib aksiz solig‘i, ba’zi tovarlarning iste’mol qilinishini cheklashda, kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan harajatlar urnini konlashda, yangi-yangi magistral yo‘llarni qurish va shunta doyr harajatlarni koplashda uta muhim ekanligidan kelib chiqqan holda unga bo‘lgan zaruriyatni bozor iqtisodiyoti sharoytida tobora oshirib kelmoqda. Xatto aksiz solig‘ini ayrim munosabatlar doirasida qo‘llash (ya’ni avtomobil sotib olish, tovarlarni eksport va import kdlishda) orqali byudjet defitsitini bartaraf etish, davlat valyuta tushumini oshirish imkoniyatlari yaratib berilmoqda.
Aksiz solig‘ining uziga xos xususiyati shundaki, u qo‘shilgan qiymat solig‘i kabi tovar (xizmat) narxiga ustama ko‘rinishida namoyon bo‘lsada, undan aniqlanish usullari orqali farq qiladi, chunki aksiz soliq summasi o‘z tarkibida nafakat tovar (xizmat) narxini, balki uzining birlamchi hajmini ham ifodalaydi (Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasida qonunlashtirilgan). Aksiz solig‘ining bunday tartibi davlatning soliq siyosati bilan belgilangan. Aksiz soliq, xdjmining ushbu tartibi boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarda nisbatan amal qilayotgan tartibdan o‘laroq, farq qiladi. Misol uchun ayrim bir davlatlarda iste’mol solig‘i, ya’ni har bir harid uchun soliq xizmat ko‘rsatishda oborot solig‘ini aniqlanish tartib va usullari bizda amal qilayotgan aksiz solig‘ini aniqlash tartibidan farq qiladi. Ammo iqtisodiyotning barqarorlashtirilishi, davlat byudjeti defitsitining bargaraf etilishi bevosita ushbu soliqni aniqlash yoki belgilanish tartibiga krnuniy ravishda o‘zgartirish kiritishi mumkin. Bu borada shuni aytib o‘tish joizki, aksiz solig‘iga 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonun hamda bozor munosabatlariga o‘tish bilan 1992 yil 14 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga asosan, 1992 yildan boshlab joriy etilgan bo‘lsa ham, u uziga xos xususiyatlarga egadir.
Avvalo u ommaviy haridorgir tovar va xizmatlar hamda zeb-ziynat, buyumlarining muayyan doirasiga nisbatan qo‘llaniladi. Ammo rivojlangan mamlakatlarda esa aksiz solig‘i umumiy soliq siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, byudjet daromadlarini to‘ldirish maqsadida joriy etilgan bo‘lsa, unda bizda amal qilinayotgan aksiz solig‘i umumiy tamoyillari jihatidan boshqa davlatlardagidan deyarli farq qilmaydi. Chunki mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aksiz solig‘iga tortilishi belgilangan tovar va mahsulotlar ishlab chik,aruvchi barcha yuridik shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.
1992 yilda inflyatsiya yuqori bo‘lganligi sababli ikkinchi darajali ehtiyoj mollariga qat’iy stavkalarda (absolyut kdymatlarda) aksiz solig‘i belgilanadi. Chunki, bu davrda narxning farqi evaziga olinayotgan daromadning bir qismi soliqka tortilmay qolmoqda edi. Shu sababli, 1993 yil yanvar oyidan boshlab, qat’iy stavkalar o‘rniga foizli stavkalar qo‘llanila boshladi. Natijada soliq obektining hajmi o‘zgarishga mos ravishda soliq summasining o‘zgarishi, soliq summasining aniq hisoblanishi va byudjetga undirilishini ta’minlandi. Shu tariqa aksiz soliq miqdori tovarning ishlab chiqarish harajatlarii, foydani, aksiz solig‘i miqdorini o‘z ichiga olgan, sotish narxidan kelib chiqish holda aniqlanishiga asos solindi. 1993 yil yanvar oyidan boshlab ushbu tartib aksiz solig‘iga tortiluvchi barcha mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilib kelinmoqda.
Aksiz solig‘i bilvosita soliq hisoblanib, mamlakat ichki bozorini himoyalashda va zeb-ziynat buyumlari, hayotiy ehtiyoj bo‘lmagan tovarlarga nisbatan narxni tartibga solishda keng qo‘llaniladi. 2003 yildan boshlab aksiz solig‘ini hisoblash tartibida tub o‘zgarishlar yuz berdi va alkogolli mahsulotlarga nisbatan respublikamizda birinchi marta qat’iy aksiz solig‘i stavkalari belgilash amaliyoti joriy etildi.
Shunday qilib, yuqorida nomi tilga olgan qonun aksiz solig‘ini qo‘llash uchun asos soldi va sof daromadning bir qismi sifatida u byudjetga markazlashtirilib kelinmoqda.
Aksiz solig‘ini undirish uchun ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Soliq kodeksi;
“Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 33-sonli qarori. 16.02.2011;
“Aksizli tovarlarning ayrim turlarini sotish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumot shaklini tasdiqlash haqida” Davlat soliq qo‘mitasining 2074-sonli qarori. 27.01.2010 va boshqalar.
Aksiz solig‘idagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni muomala sohasida sotuvchi yoki iste’molchi ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish subektlari tomonidan sotib oluvchilar mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar aksiz solig‘ining tulovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Bu esa aksiz solig‘ining to‘lovchilarini soliq munosabatlari doirasida va iktisodiy taraqqiyotni ta’minlashdagi mas’uliyatlarini tobora oshirib kelmoqda. Chunki aksiz solig‘i solinadigan tovarlar xalq xujaligining eng nufuzli tarmoqlarida ishlab chiqarilmoqda.
Ular tomonidan ishlab chiqarilgan aksizli tovarlar bevosita muomala sohasiga tushadi. Bu esa aksizli tovarlarning iste’molchilar tomonidan sotib olinishini va pul tushumlarining bank tizimlariga bir tartibda tushishini tartiblaydi.
Aksiz solig‘i bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlashda soliq munosabatlarining aktivligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Iste’molchiga etib borayotgan qanday aksizli tovar bahosi tarkibidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning harakatini pul munosabatlari orqali amalga oshirishda muhim va murakkab muammolarni bajarib kelmoqda. Aksiz solig‘ining boshqa soliqlar bilan o‘zaro bog‘liqdagi va rivojlanish jarayoni birmuncha murakkab vaziyatda amalga oshayotgan bulsada, iqtisodiy taraqqiyotni xalq xo‘jaligining nufuzli tarmoqlari orqali ta’minlashga imkoniyat tug‘dirmoqda.
Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk bosqichi ishlab chiqarishning qisqarishi, aholi turmush darajasining pasayishi, pulning qadrsizlanishi va boshqa bir qator ziddiyatli xususiyatlarga ega bulgan chuqur iqtisodiy torlik aksiz solig‘i orqali tartibga solinadi. Chunki ana shunday vaziyat yuzaga kelganda butun og‘irlik markazi asosan davlat byudjeti zimmasiga tushganligi soliq og‘irligining aksiz solig‘iga yuklatilishini taqozo etgan edi. Davlat byudjeti harajatlarining avvalgi (bozor iktisodiyotiga o‘tish bosqichiga qadar) tarkibiga xos bo‘lmagan yoki favquloddagi holatga xos bo‘lmagan ba’zi bir to‘lovlar ortig‘i bilan amalga oshirilishida (ya’ni ayrim tovar va xizmatlar bahosining qimmatlashuvi munosabati bilan ular bahosining ma’lum miqdorini kompensatsiya qilish, kam ta’minlangan aholi guruhlarini iqtisodiy jihatdan himoyalash, byudjetdan ta’minlanadigan haq to‘lash miqdorini muntazam ravishda qayta ko‘rib chikdsh obektiv zaruriyatiga aylanganda) aksiz solig‘i byudjet daromadini tartibga soluvchi vosita sifatida soliq munosabatlari doirasida muhim o‘rin egallaydi.
Bunday sharoitlarda aksiz solig‘idan keng foydalanish, soliq stavkasining miqdorini nisbatan aksizli tovarlar bo‘yicha oshirish, soliq imtiyozlarining to‘g‘ri soliqlar bo‘yicha ma’lum darajada qisqartirilishini obektiv tarzda vujudga keltirdi. Ushbu holat o‘z navbatida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkoniyat tug‘dirib berdi.
Respublika oldida turgan iktisodiy-ijtimoiy muammolarni echish va takomillashtirishda asosiy maqsad soliqlar buyicha og‘irlik markazini aksiz solig‘iga yuklatish va shu orqali korxonalar ixtiyorida qoladigan daromad (foyda)ni oshirish (shu ko‘rsatkichlarga nisbatan soliq stavkasini pasaytirish va shu stavkalarni pasaytiruvchi koeffitsientlarni qo‘llash yo‘li bilan) imkoniyatlari yaratib berildi.
Bunday chora-tadbirlar asosan aksiz solig‘i yordamida korxonalarning moddiy va pul resurslaridan foydalanishdagi huquqlarini kengaytirish, soliq og‘irligini kamaytirish va byudjet daromadlariga muvofiq ravishda korxonalar daromad (foyda)larining oshirilishini nazarda tutadi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda aksiz solig‘i fakdt ijobiy omil sifatida soliq munosabatlarida maydonga chiqadi. Ammo boshqa soliq xillari ham o‘z vaqtida aksiz solig‘idan kam bo‘lmagan ijobiy ta’sirchanlik bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlab kelishi sir emas, albatta. Shuningdek, iqtisodiyotni takomillashtirishda boshqa iqtisodiy toifalarning o‘rni juda kattadir. Lekin aksiz solig‘i bozor kon’yukturasiga tez moslashuvi bilan ajralib turganligi bois ayrim iqtisodiy usishlari yuz berganda unga tayanish orqali soliq og‘irligini maqbullashtirish va iqtisodiyotni rivojlantirish chora- tadbirlarini ishlab chiqishini amalga oshirish mumkin.
Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar ham tushuniladi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar olib kiruvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar aksiz solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. Bunda, agar qonun hujjatlarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, istalgan manfaatdor shaxs to‘lovchi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashga haqlidir.