Mavzu investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularnin-fayllar.org
2.2. Investitsiyalarni ostirish omillari. Jamgarmalar investitsiyalar manbasi sifatida. Investitsiyalarning osish suratlari kop omillarga bogliq. Avvalambor investitsiyalar hajmi olingan daromadni istemol va jamgarmaga taqsimlanishiga bogliq. Aholini ortacha daromadi past bolgan holda ularning asosiy qismi (70-80%) istemolga sarflanadi. Aholi daromadlarini osib borishi jamgarishga yuboriladigan qismni ortib borishiga sabab boladi.
Umumiy daromadda jamgarish ulushining ortib borishi investitsiyalar hajmini osishiga olib keladi, va aksincha. Ammo bu shart aholini davlatga ishonchi yuqori bolganda, davlat fuqarolarning investitsion faolligini taminlaganda va kafolatlaganda bajariladi.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham tasir korsatadi, chunki korilayotgan foyda investitsiyalashga undaydi. Kutilayotgan foyda normasi qanchalik yuqori bolsa, investitsiyalash hajmi shunchalik yuqori boladi, va aksincha.
Investitsiyalar hajmiga ssuda foizi stavkasi katta tasir korsatadi, chunki investitsiyalash jarayonida qarzga olingan mablaglaridan ham foydalaniladi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi ortacha ssuda foizi stavkasidan yuqori bolsa bu qoyilmalar investor uchun daromadlidir. Shuning uchun ortacha foiz stavkasini osishi investitsiyalash jarayonini susayishiga olib keladi.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan inflyatsiya suratlari ham oz tasirini otkazadi. Bu korsatkich qanchalik yuqori bolsa investorning kelajakdagi foydasi shunchalik qadrsizlanadi va investitsiyalarni ragbatlantiruvchi omillar qisqarib boradi.
Malumki, iqtisodchi-olimlar jamgarmani investitsiyalashning asosi, deb qarashadi. Bu mutlaqo togri, chunki investitsiya qilish uchun, eng avvalo, pul kapitali bolishi kerak. Resurslar (shu qatori pul mablaglari ham) cheklangan. Asosiy muammo mablag topish masalasidir. Ayniqsa, investitsiya uzoq muddatni kozlashi va tez natija bermasligi bilan ajralib turadi.
Jamgarish bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakda aholi istemolini oshirishga yonaltirilgan jarayon. Jamgarishning asosiy funktsiyasi takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga komaklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining osib va ozgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Iqtisodiy nazariyada milliy daromad bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyoj zaxiralarini kopaytirish uchun sarflanishi jamgarmani tavsiflaydi. Jamgarma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritiladi, yani jamgarmaning iqtisodiyotga ijobiy tasiri investitsiyaga aylangandagina yuz beradi. Jamgarma deyilganda aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida toplanib borishi tushuniladi. Uning hajmi barcha xojaliklar daromadidan istemol sarflarini ayirib tashlash yoli bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida istemol sarflari ulushi qanchalik yuqori bolsa, jamgarma hajmi shunchalik kam boladi. Bunday holat investitsiya faoliyati taraqqiyotiga ijobiy tasir korsatmaydi. Jamgarmaning osishi iqtisodiy manoda mablaglarning istemol buyumlar xarid qilishdan investitsiya tovarlari xarid qilishga yonaltirilishini bildiradi. Shunga kora, muddat jihatdan kechiktirilgan istemol jamgarmani anglatadi.
Ammo, jamiyat oldida doimo bugungi va ertangi istemolning qancha bolishini echish muammosi turadi. Jamiyat bugun qancha kop investitsiya qilsa, ertaga boyroq boladi, aksincha, koproq istemol qilinsa, keyinchalik koproq istemol qilish imkoniyati shuncha kamayadi.
Yalpi xarajatlarda investitsiyalar hissasi nisbatan uncha kop bolmasa-da, aynan, investitsiyalar tufayli asosiy makroiqtisodiy siljishlarga erishiladi. Shu bilan birga, jamgarish bilan investitsiya ortasidagi muvozanat makroiqtisodiy muvozanatga erishishning eng muhim shartidir. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechmaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi va jamgarma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bogliqligidir.
Jahon amaliyotining korsatishicha, yuqori jamgarish meyoriga ega bolgan mamlakatlar, boshqa shart-sharoitlar ozgarmagan holda, odatda, yuqori iqtisodiy osish suratlariga ega bolishadi. Milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini kopaytirish va uning iqtisodiy osishini taminlashdagi rolini oshirishning muhim zaruriy shartlaridan biri bu jamgarish meyorining nisbatan yuqori va barqaror darajasini taminlash hisoblanadi. Jamgarish meyori barqaror iqtisodiy osishning asosiy korsatkichi bolib xizmat qiladi. 2015-2019 yillarda rivojlangan mamlakatlarda YaIMning ortacha osish suratlari 3,4 %ni, jamgarish meyori 22,5 %ni tashkil etgan. Jamgarish meyorining osishi bilan YaIMning qoshimcha osish surati ham ortib boradi. Jumladan, jamgarish meyori 25 %dan ortiq bolgan mamlakatlarda YaIMning qoshimcha osish surati ortacha 4,8 %ga teng bolgani holda, jamgarish meyori 30 %dan ortiq mamlakatlarda ushbu korsatkich ortacha 8,7 %ni tashkil etgan.
Xitoy, Janubiy Koreya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda oxirgi 15 yil davomida kuzatilgan ortacha 10 %li iqtisodiy osish davrida jamgarma ulushining ortacha qiymati 30 %ni tashkil etgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni korsatdiki, bir yilda 6 foizdan ortiq iqtisodiy osishni taminlash uchun milliy jamgarmalar YaIMning kamida 25 foizini, investitsiyalar esa 30 foizini tashkil etishi kerak.
Otish iqtisodiyoti mamlakatlarida investitsiya meyorining barqarorligini taminlash muammosining mavjudligi makroiqtisodiy osish suratlarining barqarorligini taminlashga tosqinlik qiladi.
Demak, iqtisodiyotda mavjud bolgan jamgarma ulushi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar darajasidan yuqori bolsa-da, uning iqtisodiy osishga tasiri nisbatan past holatni namoyon etmoqda. Shu munosabat bilan jamgarmadan samarali foydalanish asosida barqaror iqtisodiy osish davomiyligini taminlash uchun, eng avvalo, qimmatli qogozlar bozorini rivojlantirish asosida mavjud aholi jamgarmalarini iqtisodiyotga investitsiya sifatida kirib kelishini faollashtirish hamda tarmoqlararo kapital oqimini taminlashga qaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlar bazasini mukammallashtirish asosida korxona jamgarmalarining investitsiyaga aylanish samaradorligini oshirish lozim. Moliyaviy invеstitsiyalar dеb esa aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar, muddatli dеpozitlarga qo‘yilgan invеstitsiyalarga aytiladi. Rеspublikamizda moliyaviy bozor endi shakllanayotganligi sababli moliyaviy invеstitsiyalar qo‘yishni ancha rivojlantirish lozim. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan qimmatli qog‘ozlar taraqqiy etib, moliyaviy invеstitsiyalar qo‘yish jarayoni faollashadi. Bu holatlarning
kеng tarzda rivojlanishi va jadallashuvi oqibatida iqtisodiyotimizda umumiy
invеstitsion jarayon faolligi oshadi. Rеsurslarning turli xil invеstitsiya obyektlariga qo‘yilishi natijasida molmulklar kapitallashuvi yuzaga kеladi. Bular xo‘jalik subyektlarining daromad olishlari uchun imkoniyat yaratuvchi vositalardir. Shuning uchun invеstorlar mol-mulklarining daromad kеltirish jarayonida ishtiroki darajasiga qarab invеstitsiyalaydi. Daromad xo‘jalik subyektlarining tushunchasiga kirmaydi. Daromad har qanday invеstitsiyaning manbai bo‘lganligi uchun uning tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘zbеkiston ham xorijiy mablag‘larni jalb qilishdan manfaatdordir. Hozirgi vaqtda ular asosan xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar hukumatlari krеditi tarzida kеlmoqda. Shu bilan birga rеspublika invеstitsiyalarga ehtiyoj sеzadi, chunki krеditdan farqli ravishda invеstitsiyalar qarzdor qilib qo‘ymaydi, balki ishlab chiqarishni kеngaytirish va zamonaviylashtirishga, ilmiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga bеvosita yordam bеradi.
Invеstorlarni jalb etishdagi ularni eng birinchi o‘rinda qiziqtiradigan omillar quyidagilardir: iqtisodiy vaziyat, siyosiy vaziyat, huquqiy soha, gеografik o‘rin, institutsional tashkiliy texnik soha. Invеstitsiyadan foydalanishda muhim yo‘nalish bo‘lib, muayyan loyiha va muayyan ishlab chiqarish hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, ma’lum bir vaqt birligida butun jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan invеstitsiyalarni taqsimlashda ularning ustuvorligi raqobatdan tashqarida qoldi. Bundan shunday natija kеlib chiqadiki, (ma’lum muayyan korxonalar joylashgan va o‘sha yoki boshqa loyihalar amalga oshiriladigan hududlar rivojlanishi zarur, bunda esa ular infratuzilmalari kеngayishi, rivojlanishi va mukammallashishi, ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi muvofiqlik ta’minlanishi va mеhnat jamoasi ahvoli yaxshilanishi kеrak).
Invеstitsiya faoliyatining rivoji uchun mazkur omillar tahlil qilinishi lozim bo‘ladi. Bu tahlil mablag‘lari yo‘nalishining eng maqbul usulini tanlash va kеlajakda har bir hududga mos kеladigan invеstitsiya siyosatini bеlgilash imkoniyatini bеradi. Shuni ta’kidlash lozimki, invеstitsion siyosatda faqatgina bozor mexanizimiga tayanib ish to‘tish mumkin emas. Chunki u iqtisodiyotning tarmoqlariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.