Mavzu: investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari


"Foyda investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida"



Yüklə 125,45 Kb.
səhifə2/7
tarix23.05.2023
ölçüsü125,45 Kb.
#120947
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу-1

"Foyda investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida".


Korxonaning asosiy maqsadi bu maksimal foyda olishdir. U korxona faoliyatining asosiy moliyaviy natijasi hisoblanadi. Korxonaning balans foydasi (Fb) quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
Fb= Fs+Fm+(Db-Xb)
Bu yerda:
Fs – mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan foyda;
Fm – korxona mulkini sotishdan tushgan foyda; Db – boshqa operatsiyalardan tushgan daromad; Xb – boshqa operatsiyalar bo`yicha harajatlar.
Yalpi foyda – foyda solig`i olish uchun soliq to`lanadigan baza hisoblanadi. Korxonani o`z ixtiyorida qoladigan foyda, ya‘ni sof foyda (Fs) qiziqtiradi va quyidagicha teng bo`ladi:
Fs=Fb-Sf
Bu yerda:
Fb – balans foyda;
Sf – foyda solig`i va boshqa majburiy to`lovlar.
Zamonaviy sharoitida korxona o`z ixtiyorida qoladigan foydani o`zi mustaqil taqsimlaydi va bu erda shunday savol kelib chiqadi, bu foydani qanday qilib eng samarali taqsimlash mumkin? Uni ishlab chiqarishni rivojlantirishga: uy-joy, dam olish uyi, bog`cha va ishlab chiqarishga mo`ljallangan ob‘ektlarni qurishga; agar aksionerlik jamiyati bo`lsa divident to`lashga; xayriya maqsadlariga va boshqalarga yo`naltirilishi mumkin. Foydadan samarali foydalanish uchun korxonaning ayni vaqtdagi va istiqboldagi texnik holatini va korxona jamoasini ijtimoiy holatini yaxshi bilish lozim.
Agar korxona ishchilari ijtimoy sohada, shu jumladan ish haqi darajasi bo`yicha, boshqa korxonalarga nisbatan yaxshiroq ta‘minlangan bo`lsa, bu holda foyda birinchi navbatda, ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo`naltirilishi lozim. Agarda korxonaning texnik rivojlanish darajasi past bo`lib, bu korxonaning raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga to`sqinlik qilib, korxonani bankrotlikka olib kelsa, bunday holda, foydani korxonani rivojlantirish uchun yo`naltirish lozim. Shunday qilib, korxona foydasi uning iqtisodiy va ijtimoiy darajasiga asoslangan holda taqsimlanishi lozim.
Korxonada ushbu muhim qoidaga amal qilishlari lozim – ―foyda korxonaning istiqbolda rivojlantirishini amalga oshirishga turtki berishi lozim‖. Shunday qoida borki, ishlab chiqarishni rivojlanishi, oxir oqibatda korxona daromadi hajmini o`sishiga olib keladi, bu esa kelajakda korxona jamoasini ijtimoy muammolarini hal bo`lishiga va korxona investitsiya imkoniyatlarini kengayishiga olib keladi.

    1. Yüklə 125,45 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin