Xalqaro hakamlik sudlari institutining rivojlanishi ham faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘z navbatida, bu mamlakat investitsiya muhitining muhim va tizim tashkil etuvchi tarkibiy qismi bo‘lgan qonun ustuvorligini hamda davlat va mahalliy investorlar zimmasidagi majburiyatlarning to‘g‘ri bajarilishini taʼminlaydi.

Shu bilan birga, jahon amaliyoti va tajribasi shuni ko‘rsatadiki, biznesning investitsiya va innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni endi oddiy vositalar bilan, yaʼni imtiyozlar berish yoki yangi deklarativ meʼyorlarni nashr etish bilan hal qilishning imkoni yo‘q.
Xususiy investitsiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlarni aniqlash va yengib o‘tish bo‘yicha astoydil ish olib borish kerak. Shu munosabat bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.
Birinchidan, iqtisodiy o‘sishning bir maromdagi yuqori va barqaror surʼatlarini saqlab qolish uchun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh, bank tizimi aktivlarining katta qismi xususiy investorlar qo‘lida bo‘lgan modelini shakllantirish zarur.

Ikkinchidan, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan infratuzilmaga yo‘naltirilgan investitsiyalarining jadal o‘sishini taʼminlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investitsiyaviy faoliyatni rag‘batlantirish ham faol tarzda olib borilmoqda.
Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to‘siqlar va cheklovlarni to‘liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar optimallashtirilmoqda. Shaffoflikni maksimal darajada taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so‘rovlari bilan ishlashni tashkil etish sifati yaxshilanmoqda.