Ionlovchi nur manbalariniikki guruhga – tabiiy va su’niy manbalarga bo’lish
mumkin.Tabiiy manbalarga quyidagilar kiradi:
1.Kosmik nurlar. Ular tabiati jihatdan turli korpuskulyar yoki kvant nurlar
oqimidan iborat.
2.Geologik jinslardagi radioaktiv moddalar. Uran, radiy, poloniy, radon va
boshqakimyoviy elementlar.
3.Suv, havo, odam tanasi radioaktivligi.
Tabiiy manbalardan tarqaluvchi nurlar hayot uchun zaruriy radioaktiv muhitni
hosil qiladi. M.Kyuri o’z vaqtida aytganidek, radioaktiv muhit odam, hayvonlar va
boshqa tirik mavjudot yashashi uchun zarurdir. Tirik mavjudot, shuhisobda odamlar
evolyutsiya jarayonida bu muhitga moslashgan va radioaktiv muhit hayot uchun
bezarar.
Ionlovchi nurlarning su’niy manbalari radioaktiv fonni ortishiga olib keladi,
turli asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu manbalarga odam faoliyati tufayli
yuzaga keluvchi radioaktiv ifloslanishlar, chiqindilar, turli nurlovchi uskanalar,
atom reaktorlari, energetik, texnologik va tadqiqot reaktorlari, nurlovchi uskunalar
va radioaktiv preparatlar kiradi. Bu manbalarni ham bir necha guruhga bo’lish
mumkin.
1.Yadro sinovlari, atom elektrostansiyalaridagi avariyalar, radioaktiv
moddalarni qazib olish, uranni boyitish fabrikalarning chiqindilari, uran bilan
ishlovchi ob’yektlarida texnologik jarayonlarining buzulishidan yuzaga kelgan,
tabiiy muhitdagi radiatsiyaning su’niy manbalari,masalan,Qozog’istonda,
Semipalatinsk yadro poligoni; AQSHda Nevada shtatida va Polineziya orollaridagi
yadro poligonlari hududi va uning atrofidagi radioaktiv qoldiqlar va osmondan
yog’ilgan chang, Chelyabinsk shaxri yaqinida Techa daryosiga radioaktiv
chiqindilarni katta miqdori tushishi natijasida yuzaga kelgan radioaktiv ifloslanish
9
havzasi, Kishtim shaxri yaqinida radioaktiv chiqindilar portlashidan, Chernobil
AESning avariyasi natijasida Belorusiya, Ukraina va Rossiyaning o’nga yaqin
oblastlarini qamrab olgan radioaktiv ifloslanish regionlari.
2.Atom energetik, texnologik va tadqiqot qurilmalari, turli tezlatgichlar, AES-
lar, tadqiqoto’tkazish va radioaktiv moddalar olish uchun mo’ljallangan reaktorlar,
atom suvusti va suvosti kemalari, radioizotoplar olinadigan tsiklotronlar
ekspluatatsiyasi ma’lum darajada nurlanishga sabab bo’ladi.
3.Texnologik gamma- va rentgen uskunalar. Bu turdagi nur manba’lariga
sanoat mahsulotlari qalinligi va defektining nurli nazorat gamma ustanovkalari,
aeroportlarda va boshqamuhim ahamiyatli ishlab chiqarishda turli nazorat
uskunalari misol bo’ladi.
4.Tibbiyotda qo’llanuvchi diagnostik va terapevtik uskunalar: turli
rentgenodiagnostik apparatura; rentgenoterapevtik, beta nurlovchi uskunalar,
betatronlar, chiziqli tezlatgichlar, gammaterapevtik qurilmalar.
5.Radioaktiv preparatlar – diagnostika va davolash maqsadida qo’llanuvchi
turli radioaktiv moddalardir.
Radioaktiv preparatlar ikki guruhga bo’linadi: ochiq va yopiq. Yopiq radioaktiv
preparatlar – tashqi muhitdan germetik tuzilgan moddalardir. Bu tur preparatlar
ichiga radioaktiv modda kiritilgan kavak igna, naycha, disk, granula munchoqchalar
shaklida yasalgan. Preparatning tashqi devori oltin, zanglamaydigan po’latdan
yasaladi. Radioaktiv modda sifatida
226
Ra,
60
Co,
137
Cs,
192
Ir qo‘llanadi. Yopiq
radioaktiv preparatlar devoridan faqat gamma nuri teshib o’ta oladi, shu sababli ular
vositasida gammaterapiya amalga oshiriladi. Yopiqradioaktiv preparatlar bilan
ishlashda nurlanish havfi bor. Muolaja tugagach radioaktiv preparat tanadan
chiqarib olinadi.
Ochiq radioaktiv preparatlar suyuq, kolloid yoki chin eritma, gazsimon
radioaktiv moddalar bo‘lib, ular ko’proq diagnostika, kamroq davolanish
maqsadlarida ishlatiladi. Bu preparatlar og’iz orqali ichiriladi, venalar yoki
to‘qimalar orqali tanaga yuboriladi. Bu preparatlarni yuborishga, tayyorlash
organizmga kiritish jarayonida Personal radioaktiv moddalari bilan ifloslanishi va
10
nurlanishi mumkin. Tanasiga ochiq radioaktiv modda yuborilgan odam yoki hayvon
radioaktiv ifloslanish manbasiga aylanadi. Unda ochiq radioaktiv preparat to‘liq
parchalanib bo’lmaguncha va organizmdan chiqib ketmaguncha saqlanadi.
Bu bosqichlarning hammasi ham texnologik jarayon buzilgan taqdirda ma’lum
darajada havfli bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |