Iqtisodiy mexanizm — bu iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi barcha vositalarning majmuasidirki, bular boshqarishda qo‘llaniladi. Tizimlar iqtisodiyotni boshqarish usullari bilan ham tavsiflanadi. Bir yerda boshqarishning iqtisodiy zo‘rlash mexanizmi bo‘lsa, boshqa yerda guruhiy manfaatga intilish yoki individual manfaatlarni yuzaga chiqarish, ya’ni iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmi amal qiladi, yana boshqa yerda mehnatga siyosiy-g'oyaviy undash, moddiy emas, balki ma’naviy-ruhiy stimullarga urg‘u beriladi. Tizim, deganda uning tarkibida noiqtisodiy munosabatlarni, xususan, mafkuraviy munosabatlarni ham ko‘rish kerakki, ular siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa shakllaiga ega bo‘ladi. Ammo ulaming har birida iqtisodiyot muhri bor. Turli tizimning o‘z iqtisodiyotiga mos ravishda o‘z dunyoqarashi mavjud bo‘ladi. G‘oyasiz odam bo‘lmaydi, u ma’lum g‘oyaga rioya qilib ish tutadi. Demak, mafkurasiz tizim bo‘lmaydi. Bir tizimda mustabidlik va zo‘rlik g‘oyasi bo‘lsa, boshqasida erkinlik va demokratiya g‘oyasi, yana boshqasida davlatga tobelik va itoatkorlik g'oyasi ustuvor bo‘lafli. Mashhur ingliz iqtisodchisi M. Keyns aytganidek dunyoni iqtisodchilar va siyosatchilar g‘oyasi boshqarib turadi. G‘oya e’tiqodning o‘zi bilan cheklanmay, ma’lum xatti-harakatlami keltirib chiqaradi. Iqtisodiy siyosat ham tizimga kiradi. Bu iqtisodiy sohadagi yo‘l-yo‘riq va chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, ma’lum maqsadni ko‘zlaydi. Ular iqtisodiyotga ta’sir etish vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy siyosatni davlat yoki ayrim mulk sohiblari yuritadilar. Bundan umumdavlat manfaati, individual yoki guruhiy manfaat ko‘zlanadi. Demak, tizimlar qiyofasini bir qator belgilar shakllantiradiki, bular moddiy-ashyoviy, shaxsiy-insoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-g‘oyaviy belgilardir. Bulardan eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy belgilardir. Ammo boshqa belgilarni ham nazardan qochirib bo’lmaydi, chunki ular ham iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shu sababli tizimlarning asosida iqtisodiyot yotsa-da, ulami sof iqtisodiy holda emas, balki boshqa belgilar bilan ham tavsiflash zarur. Iqtisodiy faoliyat har doim muayyan tizimlar doirasida kechadi. Bulardan har birining o‘z xususiyatlari bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan belgilar asosida aniq tizimlar baholanganda ular uch tipga ajratiladi. Bu an’anaviy tizim, bozor tizimi va totalitar-rejali tizimdir. Bular orasidagi ilk bor shakllangan, eng ko‘hna tizim - bu an’anaviy tizimdir.An’anaviy tizim. Insonning iqtisodiy faoliyati dastlab mana shu tizimda yuz bergan. Uning alomatlari sarqit sifatida uzoq saqlanib kelindi, hatto hozir ham onda-sonda uchrab turadi. An’anaviy tizim hukmron bo‘lgan davr g‘oyat uzun davrdir. An’anaviy iqtisodiyot — bu o‘ta zaif ishlab chiqarish omillariga tayangan, kam unumli natural ishlab chiqarishga, an’analar shakliga kirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir. An’anaviy tizim ishlab chiqarish omillarining kuchsizligi, iqtisodiyotda tabiiy resurslarning birlamchi bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish faoliyati tabiatdan tartibsiz va hatto vaxshiyona foydalanishga asoslanadi. Iqtisodiyot g‘oyat resurstalab bo‘ladi, chunki resurslarning tejalishini ta’minlovchi texnologiya rivojlanmagan bo‘ladi. Ishlab chiqarishda qo‘l mehnati ustuvor, tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalaniladi. Tabiatda mavjud energiya manbalari ishlatiladi. Dastlab tabiatda uchraydigan mahsulotlar terib olinib iste’mol qilinadi, so‘ngra tabiatga tayanib mahsulotlar ishlab chiqariladi, mehnat unumdorligi g‘oyat past bo‘lib, bu mahsulotlami hammaga yetarli qilib ishlab chiqarish imkonini bermaydi, turmush darajasi past bo‘ladi. An’anaviy tizim dastlab jamoat mulki, so'ngra esa individual xususiy mulkka tayanadi. Jamoat mulki bu qon-qarindoshchilik asosida birlashgan yoki yagona hududda yashovchi kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Masalan, XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi hududidagi xususiy yerlar hayot yerlari, deb qishloq jamoasiga qarashli katta yerlar paykal, deb nomlangan. Xususiy mulkning iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishi mehnatga jismonan zo‘rlash, mehnatga iqtisodiy majburlash va nihoyat mustaqil ishlab chiqaruvchining erkin mehnat qilishi asosida yuz beradi. Jamoat esa birgalikda mehnat qilishga asoslanadi. An’anaviy tizimga natural ishlab chiqarish xos bo'ladi. Natural ishlab chiqarish bu mahsulotlami ishlab chiqaruvchilaming o‘z ehtiyojini qondirish uchun yaratilishi bo‘lib, bunda mahsulotlar onda-sonda sotiladi yoki barter qilinadi. Natural xo‘jalik mayda, tarqoq bir xil tipdagi xo‘jaliklaming massasidan, yakka dehqon, hunarmand, oilaviy, davlat va jamoa, yirik yer egalari xo‘jaliklaridan iborat bo‘lgan. Bu xo‘jaliklarda ishlab chiqarish xomashyoni olishdan boshlab, to tayyor mahsulot iste’moligacha bo‘lgan mehnat jarayonini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish agrar xarakterda boigan, ya’ni uning asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi, sanoat esa uning qo‘shimchasi hisoblanadi. An’anaviy tizimga iqtisodiy avtarkizm, ya’ni iqtisodiyotning o‘z qobig‘iga o‘ralib biqiq holda bo‘lishi, iqtisodiyotning yopiqligi xosdir. Avtarkizm o‘zini-o‘zi mahsulot bilan ta’minlab o‘zgalar bilan kamdan kam aloqa qilishdir. Bu barcha iqtisodiy jarayonlami tor doira bilan cheklaydi. Ish kuchi va moddiy resurslar muayyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurishdan mahrum bo‘ladi. Bu bilan iqtisodiy o'sish yo‘llari ham to‘sib qo‘yiladi. Bu tizimda ishlab chiqarishning kengayishi uzoq davrda, g‘oyat sustlik bilan boradi. Bu qo‘shimcha resurslarni jalb etish hisobidan, ya’ni qo‘shimcha ish kuchi va tabiiy resurslarni ishlab chiqarishga kiritish hisobidan bo‘ladi. Ishlab chiqarish hajm jihatdan juda kichik uning turlari esa oz bo‘lganidan eng oddiy ehtiyojlami qondirishga bo'ysundiriladi. An’anaviy tizim konservativ, eskilikka moyil bo‘lib, yangilikni kamdan kam yaratadi, uning asrlar davomida saqlanishi ham shunda. Unga o‘ta arxaik, ya’ni daqqiyunusdan qolgan munosabatlar xos bo‘lib, ular uzoq vaqtgacha saqlanib keladi. Bu asrlar osha avloddan avlodga o‘tgan iqtisodiy odatlar va ko‘nikmalardan iborat bo‘ladi, ular uzoq vaqt saqlanib qolganidan an’analar shakliga kiradi. Bu tizimning an’anaviy, deb atalishi ham shunda. Bu tizim g‘oyat uzoq saqlansa-da, uning bag‘rida sekin-asta bozor munosabati rivojlanib, yangi tizim paydo bo‘ladi. Bozor tizimi. Bu an’anaviy tizim o‘miga keluvchi yangi tizimdir. U o‘zining bir qator belgilari bilan o‘tmishdoshidan ajralib turadi. Bozor iqtisodiyoti — bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan, tovar-pul munosabatiariga asoslangan, aniq ijtimoiy moljali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti mashinalashgan ishlab chiqarishga asoslanadi. Bu yerda ishlab chiqarishning moddiy omillari serunum mashinalar tizimidan iborat. Ashyoviy resurslar faqat tabiiy bo‘lmasdan, balki yangidan yaratilgan ham bo‘ladi. Texnikaviy darajasi yuqori, mashinalashgan industrial ishlab chiqarishga mos ravishda savodli, malakasi va ish tajribasi yuksak boigan xodimlar ish kuchi qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishning omillari rivoj topganidan yuksak, ilgari bo‘lmagan mehnat unumdorligiga erishiladi. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tabiiy resurslar samarali ishlatilishi bilan birga tiklanib, ya’ni qaytadan hosil qilinib ham turiladi. Bozor tizimi xilma-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo xususiy mulkchilik ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari jamoa va davlat mulki ham amal qiladi. Ammo hech bir mulk monopoliyasi — yakka hukmronligi tashkil topmaydi, chunki mulklar o‘rtasida muvozanat saqlanadi, bir mulkning boshqasi tomonidan siqib chiqarilishi yuz bermaydi, chunki hamma mulk shakllarining erkin rivojlanishi kafolatlanadi. 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 0‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi... Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsiz va davlat himoyasidadir»! Bozor iqtisodiyotida mahsulotlar tovar shakliga ega bo'ladi, ular oldi-sotdi qilish orqali ayirboshlanadi. Tovar mahsulot va xizmatlarning umumiy shakliga aylanadi. Bu bilan bozor tizimi an’anaviy tizimdan tubdan farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti uch subyektlidir. Bular firmalar, xonadonlar va davlatdir. Ular o‘rtasidagi munosabatlar tovar-pul munosabatidir. Firmalar tovar ishlab chiqarsalar, xonadonlar uni sotib oladi, xonadon firmalarga resurs yetkazib beradi. Davlat idoralari va mahkamalari firmalar va xonadonlarga xizmat ko‘rsatadi, ulardan esa resurslar va tayyor tovarlarni sotib oladi. Bozor tizimida ayirboshlash barter shaklida emas, balki pul vositasida oldi-sotdi qilish shaklida bo'ladi. Pul iqtisodiy aloqalarning yagona, universal vositasiga aylanadi. Hamma narsani pul hal qiladi, degani mana shunda. Pul vositasida har qanday oldi-berdi ishlarini, ya’ni to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Super mashina muborak bo'lsin, boyib ketibsan, nima ish qilyapMen bankirman, bankim bor, do‘stim. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiy tanlov qoidasiga asoslanadi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarur, degan muammoni bozoming o‘zi hal qiladi. Bozordan keladigan signal (narx)ga qarab nima qilish aniqlanadi, shunga binoan resurslar taqsimlanadi va ishlatiladi. Faoliyat turi erkin tanlanadi, hamma ishlab topganini o‘zi oladi. Bozor munosabatlarining har bir subyekti, bu korxonami, davlatmi, ayrim kishimi — buning ahamiyati yo‘q, o‘z manfaatini ko‘zlab faoliyat yurgizadi. Ammo hech kim xohlagan ishini qila olmaydi. U bozor bilan hisoblashishga majbur, aks holda ishi yurishmaydi, daromad topmaydi, xonavayron bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi ham, iste’molchi ham nima qilish kerakligini bozordan bilib oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro munosabatlar manfaatlarni ko‘zlagan holda o‘rnatiladi. Ish yuzasidan bo‘lgan munosabatlar (sheriklik) erkin shakllanadi. Turli ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan manfaatli aloqa o‘matadilar. Bozorda esa xaridor bilan sotuvchi bir-birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo'lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlami sifatiga va narxiga qarab tanlab olish imkoniga ega bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi — narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. Bozor munosabatiga kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Ular esa pul bilan o‘lchanadi. Bozor iqtisodiyotining belgisi uning iqtisodiy mexanizmida raqobatning mavjudligidir. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining xususiy, o‘zgalarnikidan alohidalashgan manfaati borligini bildiradi, lekin bu manfaat yo‘lida kurash qabul qilingan qoidalarga rioya qilish asosida boradi. Manfaatlarni yuzaga chiqarishning birdan bir yo‘li talabgir, ya’ni kishilar uchun zarur tovarlami ishlab chiqarishdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Shu jihatdan raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuchdir. Bozor iqtisodiyoti erkin bo‘lganidan u monopoliya (yakka hukmronlik) bilan chiqishmaydi. Monopoliya raqobatni cheklaydi, shuning uchun u ma’qul emas. Monopoliya turg‘unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusni chegaralaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti u bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jihatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‘nalishga ega. Bozor iqtisodida manfaatlar to‘qnashganda raqobat yuz bersa, ular uyg‘unlashganda partnyorlik (sherikchilik) aloqalari paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi korxonalardan bir-biriga tovar va xizmatlami yetkazib berishni talab qiladi. Shu sababli iqtisodiy aloqalar tasodifiy emas, balki muntazam tus oladi. Bu aloqalarni yuzaga chiqaruvchi omil o‘zarо ishonch hisoblanadi. Ishonch bor yerda partnyorlik paydo bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘nalishi bor iqtisodiyotdir, ya’ni u pirovardida farovonlikni ta’minlashga qaratiladi. Bozorga kishilar turmushini farovon qiladigan tovarlar chiqarilgandagina tovar ishlab chiqaruvchilaming ishi yurishadi, aksi yuz bersa ular tovarlarni sota olmay xonavayron bo‘ladilar. Raqobat tovarlarni sifatli qilib, ko‘plab va arzon ishlab chiqarishga undaydi. Bozor ish qobiliyati bor kishilami yaxshi ishlab, yaxshi pul topishga undaydi. Bozor tizimida boy bo‘lish taqiqlanmaydi, ishlab pul topish qobiliyati esa har xil, shu sababli kishilar daromad jihatidan jiddiy farqlanadilar. Aholi boy, o‘rtahol va kambag‘al qatlamlarga ajratiladi. Boy bo‘lish o‘mak sifatida xizmat qilganidan bunga intilish kishilarda iqtisodiy faollik uyg‘otadi. Totalitar-rejali tizim. Bu tizim bozor iqtisodiyoti rivojlanishini zo‘rlik bilan, ya’ni revolutsiya vositasida to'xtatib qolish va uni majburan rejalashtirish yo‘liga o‘tkazish orqali yuzaga keladi. Totalitar-rejali iqtisodiyot — bu davlatlashtirilgan, ijtimoiy mulkka tayangan, bir markazdan turib rejalashtirishga va boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan iqtisodiyotdir. Bu tizimga iqtisodiyotning hamma jabhalarini, ham resurslar, ham mahsulot va xizmatlarga davlatlashtirilishi xosdir. Bu yerda barcha moddiy resurslar davlat mulkiga aylantiriladi, hatto unga kirmay qolgan boshqa mulkka oid resurslar ham amalda davlat tasarrufida bo‘ladi, lekin boshqa mulklar yuzaki e’tirof etiladi. Davlat va jamoa mulkiga ijtimoiy mulk maqomi beriladi va bu xususiy mulkka qarshi qo‘yhadi. Davlat mulki monopoliyasining o‘rnatilishi iqtisodiyotni ham davlatlashtiradi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarurligini davlat rejalari belgilab beradi. Totalitar tizimning belgisi rejalashtirishning o‘zini borligi emas, balki uning markazlashgan bo‘lishi, nima qilinishini davlat yuqoridan belgilab berishi va shunga ko‘ra resurslar va yaratilgan mahsulotlaming taqsimlanishidir. Reja indikativ (tavsiyaviy) emas, balki majburiy bo‘ladi. Reja qonun, degan qoida bo‘lib, bu davlat tasdiqlagan rejani hech kim buzishga haqli emas, degani bo‘ladi. Rejalashtirish korxonalarni bir qolipga solib qo‘yadi, uning oyoq-qo‘li bog‘lanib, tashabbusi bo‘g‘iladi. Uni nima ish qilishi, resursni qayerdan va kimdan olishi, mahsulotini kimga yetkazib berishini oldindan davlat rejasida belgilab qo‘yiladi. Resurslar va tayyor mahsulotlar narxini ham davlat yuqoridan belgilab beradi. Narxlar qat’iy bo‘lib, ulami hech kim o‘zgartira olmaydi. Daromadlarning taqsimlanishi ham davlat belgilagan tartibda boradi. Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini davlat belgilaydi, ulami o‘zgartirish ham davlat ixtiyorida bo‘ladi. Rejali iqtisodiyot amalda yopiq iqtisodiyot, uning tashqi aloqalari rejalashtiriladi, ular faqat tuzumi bir xil davlatlar bilan chegaralanadi. Bozor iqtisodiyoti bor mamlakatlar bilan aloqalar onda-sonda, o‘xtin-o‘xtin yuz beradi, ular muntazam bo‘lmaydi. Rejali iqtisodiy tizimga ommaviy tovar defitsiti xos bo‘ladi. Taqchillik ham resurslarga, ham iste’mol tovarlariga xos bo‘ladi. Defitsit natijasida ommaviy chayqovchilik yuzaga keladi, chunki pulga kerakli tovarlar topish qiyinlashadi. Rejali tizimda manfaatlar iyerarxiyasida birinchi o‘rinda davlat manfaati, ikkinchi jamoa manfaati, uchinchi inson manfaati turadi. Bu yerda bir tekis taqsimlash qoidasi amal qiladi. Oz bo'lsada, hammaga bir xil daromad berishga moyillik bo‘ladi. Shu sababli muhtojlaming tengligi qaror topadi. Boy bo‘lish taqiqlanadi, ko‘p daromad topishga intilish tahqirlanadi. Umuman shaxsiy daromad chegaralanib bir qolipga solib qo‘yiladi. Bu iqtisodiy stimullami zaiflashtiradi, chunki individual manfaat mensilmaydi, u orqaga suriladi. Iqtisodiy stimullar sustligidan shijoat, ma’naviy-siyosiy stimullarga ustuvorlik beriladi. Iqtisodiyot davlatlashtirilganligidan milliy boylikning g‘oyat katta qismi davlat ixtiyorida bo‘ladi, aholining bu boylikdagi hissasi pastligi bilan ajralib turadi. Rejali buyruqbozlik tizimi demokratiyaga va hurriyatga zid, uning siyosiy tizimiga totalitarizm va diktatura (hokimiyat zo‘ravonligi) xos bo‘ladi. Bu tizimning mafkurasi kommunistik mafkura hisoblanadi, buning muhim belgisi dahriylik — xudosizlik bo‘lib, har qanday dinni inkor etishdir. Bu mafkuraning boshqa muhim jihatlari kommunistik g‘oyaga sodiqlik bitta partiyaga sig‘inish, ijtimoiy tenglik, milliylikni tan olmay, baynalmilallikni ulug‘lash, o‘zgacha g‘oyalami dushman g‘oyasi, deb qarash, unga qarshi shafqatsiz kurash kabilardir.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning rivojlanishi va o‘rin almashuvi
Insoniyat taraqqiyoti to‘xtovsiz bo‘lganidan tizimlar ham rivojlanadi, ular kelib-ketib turadi. Tizimlar taraqqiyoti tabiiy-tarixiy jarayondir. Bu eng awal mavjud tizimlami ichki rivojlanishida, so‘ngra bir tizim o‘miga boshqasining qaror topishida ko‘rinadi. Tizim ichki rivojlanishi yuz berganda birinchidan, uning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga oTiladi. Ikkinchidan, bir tizim ichida yangi tizim belgilari shakllanadi. Masalan, an’anaviy tizim o‘z rivojida bir necha bosqichdan o‘tadi, ma’lum bosqichga kelib, unda bozor tizimi belgilari yuzaga keladi. Bu tizimda pul bo‘lmagan bosqich o‘rniga pul paydo bo‘lgan va u ayirboshlashda ishtirok etadigan bosqich keladi yoki jamoat mulki ko‘p bosqichdan xususiy mulk ustuvor bosqichga o'tiladi. Xuddi shuningdek, bozor tizimi ham ko‘p bosqichli bo‘ladi, u qo‘l mehnatiga asoslangan yirik xo'jalikdan mashinalashgan yirik tovar ishlab chiqarishga o‘tadi, bu bosqichda pul universal iqtisodiy vosita bo‘lib qoladi. Bozor tizimi tarixan ikki davrni o‘z ichiga oladi: 1) asov yoki yowoyi bozor iqtisodiyoti bosqichi (buni erkin raqobatli kapitalizm, deb atashgan); 2) sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti (bu — aralash iqtisodiyot, deyiladi) bosqichi. Rejali tizim ham ko‘p bosqichli bo‘lgan. Dastlab rejali iqtisodiyotga o‘tish davri bo‘lgan. So‘ngra qaror topgan rejali iqtisodiyot va nihoyat inqirozga yuz tutgan rejali tizim davrlari bo‘lgan.