MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Iqtisodiyot fakulteti “ Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan OʻZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARINING VAZIFALARI VA BOSQICHLARI Mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi:_____________ guruh talabasi Payzullayev Hamidjon Raxbar: ________ Oʻ. A. Axmedov Toshkent-2023 yil
Re REJA: KIRISH
ASOSIY QISM
1. Davlat mulkini xususiylashtirish
2. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
4. Xususiylashtirishning yangi bosqichi va eski muammolar XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Xoʻjalik yuritishning maʼmuriy buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimiga oʻtishda xususiylashtirish alohida oʻrin tutadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi aynan xususiy mulk iqtisodiy oʻsishni ijtimoiy larzalarga yoʻl qoʻymay taʼminlashini tasdiqlaydi.U yoki bu mamlakatdagi xususiylashtirish miqyosi ilgari xususiy sektorni milliylashtirish qay darajada qoʻllanilganiga bogʻliq. O‘zbekistondan xususiylashtirish bir necha bosqichda oʻtkazilmoqda. Birinchi bosqichda (1992—1993) „Kichik xususiylashtirish“ amalga oshirildi. Bu davrda uy-joy, savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiylashtirildi (xususiy, oilaviy, jamoa, aksiyali). Kichik xususiylashtirish natijasida 21800 aksiyadorlik, 633 jamoa, 18184 xususiy, 661 ijara korxonalari va boʻlimdan iborat 53902 turli mulk obyektlari vujudga keldi. Shuningdek, tayyorlov va qayta ishlash tarmoqlarida 25 ming obyekt yoki ular jami miqdorining 96,7% xususiylashtirildi. 1993-yildan yengil, oziq-ovqat sanoatlari, transport va qurilish majmualarining oʻrta hamda yirik korxonalarini xususiylashtirish boshlandi. Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga ta’alluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir. Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi.