Mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti “ Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi


XUSUSIYLASHTIRISHNING YANGI BOSQICHI VA ESKI MUAMMOLAR



Yüklə 42,97 Kb.
səhifə5/6
tarix17.05.2023
ölçüsü42,97 Kb.
#115699
1   2   3   4   5   6
2 5411103513818180494

4.XUSUSIYLASHTIRISHNING YANGI BOSQICHI VA ESKI MUAMMOLAR
O‘zbekiston prezidenti 27 – iyunda imzolagan farmonga binoan davlatga qarashli 274 ta yirik korxona va xo‘jalik birlashmalarining aksiya paketlari, gazeta, jurnal, nashriyotlar, ishlab chiqarish korxonalari xususiy sektorga sotiladi. Sotuvga, shuningdek, davlatning 15 ta ko‘chmas mulk obyekti ham qo‘yiladi.
Farmon muqaddimasida bu choradan ko‘zlangan maqsadlar qatorida “iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada yaxshilash maqsadi” ham tilga olingan.
Farmonni sharhlagan o‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar, iqtisodiyotda davlat ulushining qisqartirilishini olqishlagan holda, xususiylashtirishning yangi bosqichi mulkni qayta taqsimlash va aholi o‘rtasida tabaqalanishning kuchayishiga olib kelishi ehtimolidan xavotir bildirishdi. Bu kabi xavotirga sabab o‘tgan davrdagi xususiylashtirish tajribasi.
O‘zbekistonda bunga qadar amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonlari asosiy natija – mamlakatda rasman o‘rta sinfning tayanchi bo‘lgan mulkdorlarning shakllanishiga olib kelganicha yo‘q. Xususiy mulk egalarining ijtimoiy guruh sifatida shakllanmagani esa, mamlakatning boshqa, jumladan, sog‘liq va ta’lim singari ijtimoiy sohalari, shuningdek, fuqaro jamiyati va siyosiy erkinliklarning ahvoliga ta’sir ko‘rsatayotgan omil sifatida ko‘riladi.
Sobiq sovet davlatlarining aksariyatida xususiylashtirish jarayonlarining shaffof bo‘lmagani mamlakatlar iqtisodiyotida keyinchalik yuzaga chiqqan tizimli muammolar va aholi qashshoqlashuvining asosiy sabablaridan biri sifatida tilga olinadi.
Xususan, Rossiyada 1990 – yillarda amalga oshirilgan privatizatsiya jarayonlari oddiy xalq tilida “prixvatizatsiya” nomini olgan. Ayni paytda tahlilchilar O‘zbekiston singari agrar davlatda yerga nisbatan xususiy mulkchiliksiz bozor iqtisodiyotiga to‘liq o‘tib bo‘lmasligini ta’kidlashadi. O‘tgan yili yangi tahrirdagi Yer kodeksi qabul qilingan va hukumat yirik yer islohoti o‘tkazish rejasini e’lon qilgan edi. Ammo hozirgacha amalda, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida yer resurslari ustidan nazorat va yerga egalik huquqi davlat va mahalliy hokimliklar nazoratida qolmoqda.
Yangi farmonning mohiyati
Prezident SH.M.Mirziyoyev 2017 27 – oktabrda imzolagan “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon 22 banddan iborat keng qamrovli hujjatdir.
Prezident farmonida belgilab qo‘yilgan choralarning har biri uchun amalga oshirish muddatlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, eng so‘nggi muddat kelasi yilning 1 iyulidir.
Prezident farmoniga binoan :
274 ta davlat ulushlari bor korxona;
109 ta gazeta, nashriyot va jurnallar;

  1. ta axborot texnologiyalari korxonalari va kompyuter xizmatlari ko‘rsatish markazlari;

  2. ta xususiy sektor rivojlangan sohadagi tibbiyot muassasalari;

12 ta yog‘-moy sanoati korxonalari;
31 ta vinochilik tarmog‘i va sharob savdo korxonalari to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladi.
Sotuvga qo‘yiladigan obyektlar orasida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasida joylashgan va 20 ming 219 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan sobiq markaziy binosi ham bor.
Xususiylashtirish chet el investitsiyasini jalb qilishning asosiy yo‘lidir.
Prezident farmoniga ko‘ra, davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.
“Chigal farmon”
O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, hozirda Ostonadagi Yevroosiyo universiteti dotsenti, iqtisodchi olim Saparboy Jubayevning fikricha, O‘zbekiston prezidentining 27 – oktabrdagi farmoni “iqtisodiy rivojlanish uchun juda muhim hujjatdir, chunki, xususiylashtirish chet el investitsiyasini jalb qilishning asosiy yo‘lidir”.
Ayni paytda Saparboy Jubayev mazkur farmonning xususiylashtirish to‘g‘risidagi oldingi qarorlarga nisbatan murakkabroq ekaniga e’tibor qaratdi. “Masalan, - deydi iqtisodchi, - chet ellik investor qandaydir korxonaga investitsiya kiritish uchun o‘zining investitsion loyihalarini olib keladi. Farmonda esa, qaysi bir korxonalar uchun oldindan loyiha tayyorlash talabi bor. Bu masala tushunarli emas”. Shuningdek, olimning fikricha, mahalliy investorlar yoki korxona kollektiviga xususiylashtiriladigan korxonalar bilan chet el investorlari jalb qilinadigan korxonalarni bir qatorga qo‘shish yanada murakkablik tug‘diradi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun bor korxonalarni xususiylashtirish bilan birgalikda umumiy investitsion iqlimni sog‘lomlashtirish muhimdir.
Saparboy Jubayevning fikricha, farmonda nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun yangi boshqaruv organlarini tuzishga hojat yo‘q: “Davlat mulkini boshqaruv agentligi bor, hamma ishni shu Agentlik bajara oladi. Qanchalik ko‘p guruh va komissiyalar tuzilsa, ish ham murakkablashib keta beradi. Chet ellik investor kimga murojaat qilishni bilmay qiynaladi”, - dedi olim.
Saparboy Jubayevga ko‘ra, mamlakatda umumiy sarmoya muhitini yaxshilash muhim.
“Chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun bor korxonalarni xususiylashtirish bilan birgalikda umumiy investitsion iqlimni sog‘lomlashtirish muhimdir.
Ya’ni, tadbirkorlik faoliyatiga hokimlar, prokuratura, ichki ishlar organlari va soliqchilar aralashishini kamaytirish lozim”
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov farmondan ko‘zlangan maqsadni olqishlab, bunday dedi:
Prezident farmonini iqtisodiyotga davlat aralashuvini qisqartirishni nazarda tutganligi bilan yaxshi farmon deb hisoblayman.
“Prezidentning mazkur farmonini iqtisodiyotga davlat aralashuvini qisqartirish, davlat mulki yoki hissasi yukori darajada saqlanib qolayotgan tarmoq va korxonalarda bozor mexanizmi va munosabatlarini kengaytirish, iqtisodiy hokimiyatni mulkdorlarga berish, investitsiyalar va bozor raqobatiga muhit yaratish, ish o‘rinlari hosil etish va shu kabi ijobiy jihatlarni nazarda tutganligi bilan yaxshi farmon, deb hisoblayman”.Prezidentining 2014 – yil 3 – iyuldagi qarori bilan ushbu xususiylashtirish dasturi ijro muddati 2015 – yilning oxiriga qadar uzaytirilgan.Xususiylashtirishga oid yana bir qarorni Vazirlar Mahkamasi shu yilning 15 – iyunida qabul qilgan bo‘lib, bu qarorga binoan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida UzAssets investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan.
Xususiylashtirishning peshqadami boʻlgan Buyuk Britaniyada D.m.x.ning aksiyalarni tekin taqsimlash va sotish; xizmat koʻrsatish uchun pudratlar; davlat uy-joylarini kvartirani ijaraga oluvchilarga sotish; raqobatni rivojlantirish maqsadida davlat monopoliyalaridan voz kechish kabi usullari qoʻllanildi. Jahon tajribasi davlat mulkini va uning vazifalarini toʻliq yoki qisman xususiy sektorga oʻtkazishning 22 usuli borligini koʻrsatadi.
Xususiylashtirish — uzoq muddatli jarayon. U Yaponiyada 10 yil, Gʼarbiy Yevropada 10-15-yil davom etdi. Bozor islohotlariga oʻtishning Oʻzbekiston modeliga koʻra mamlakat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy, madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Shunga koʻra Oʻzbekistonda, birinchidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotish yoʻli bilan berilishi mumkin. Bu mulk obyektlarining toʻgʻri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
Ikkinchidan davlat mulkini xususiylashtirishning maxsus dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususiylashtirish boʻyicha barcha ishlar izchil, bir tizimda olib boriladi. Mulkka munosabatdagi uzgarishlar jarayoni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirishning davlat dasturi va tarmoq, mintaqa dasturlari asosida amalga oshiriladi. Uchinchidan, xususiylashtirish muammolari yirik boshqaruv va i.ch. tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, ularning tarkibidan savdo obyektlari va xizmat koʻrsatish sohalarini ajratib olish, shuningdek, muqobil raqobatchi i.ch. korxonalarini yaratish yoʻli bilan birga hal etiladi.
Oʻzbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha Davlat dasturiga muvofiq tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash va korxonalarni xususiylashtirilgandan keyingi davrda katʼiy ishlashini taʼminlash choratadbirlari ishlab chiqilgan.
Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi davrda qatʼiy ishlashi uchun maxsus investitsiya fondlari va banklar tashkil etilgan, xususiylashtirishdan kelgan mablagʻlar jamgʻarilib, ular xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish uchun sarflanmoqda. Davlatga tegishli aksiyalarga olingan dividendlar asosiy fondlarni yangilash va ularni texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilmoqda
















Xulosa
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o’zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida biznes yuritish tartibtaomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va moliyaviy manbalarni kengaytirish, mulkdan foydalanishni erkinlashtirish, xususiy mulkni daxlsizligini ta’minlash orqali tadbirkorlikning izchil o’sishi ta’minlanmoqda.
Mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo’lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo’yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g’ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o’zboshimchaliklarga yo’l qo’ymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yganligi uchun ushbu mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida o’zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik qilishini, xususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish, tender savdolarini o’tkazish hamda davlatga tegishli bo’lmagan bino va inshootlarni buzishga oid aniq va lo’nda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug’ullanishga faol jalb etishni talab etadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Mulkiy munosabatlarni takomillashtirish quyidagi usullarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: Tub o‘zgarish uchun real shart-sharoit yaratish- mulkni xaqiqiy mulkdorlar qoʻliga berish;
2012-2014 yillar mobaynida xususiy mulk mavqeini mustahkamlash, uning daxlsizligini tahminlash, biznes yuritish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida (yangi tahrirda)», «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida», «Raqobat to’g’risida», «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi kabi o’nlab qonunlar qabul qilingan.
2017-yildan O’zbekiston Respublikasida mulkning turli shakllarini himoya qilish borasida qonunchilikni rivojlantirib borish natijasida mulkchilik tuzilishida tub o’zgarishlar ro’y berdi, ko’pukladli iqtisodiyot, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor ahamiyat kasb etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hal qiluvchi o’rin egalladi, bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbai, aholi bandligi o‘sishining eng muhim omiliga aylandi.


Yüklə 42,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin