Milliy boylik va uning tarkibi
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Odamlar tovar va xizmat turlaridan foydalanishni xohlashlari sir emas. Ammo bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslardan foydalanishni taqozo qiladi. Quyosh energiyasi, o’rmonlar va ba’zi dengiz jonivorlari singari tabiiy resurslar tiklanadigan resurslar hisoblanib, ulardan istagancha foydalanish mumkin. Neft, temir rudasi, va ko’mir kabi boshqa resurslar o’zgarmas taklif shaklida bo’lib (ya’ni narxning oshib borishi bilan taklif oshib bormaydigan holatdir), ulardan bir marotabagina foydalanish mumkin4.
Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
1.G`ulomov S.S., Alimov R.X., Salimov B.T., Xodiyev B.Yu. Mikroiqtisodiyot. -T.: Sharq, 2001.
2. Konyuxovskiy P.V. Mikroekonomicheskaya modelirovaniye v bankovskoy deyatelnosti. Moskva, Xarkov, Minsk, 2001.
3. Faltsman V.K. Osnovo‘ mikroekonomike. - M.: TEIS, 2000.
4. Moskva Institut Mikroekonomiki.
www.citymarket.ru.
www.arxiv.uz
www.aim.uz
Dostları ilə paylaş: |