Mavzu: Iqtisodiy usish va milliy boylik Reja



Yüklə 55,8 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü55,8 Kb.
#208650
  1   2   3   4   5

Mavzu: Iqtisodiy usish va milliy boylik
Reja:
1. Iqtisodiy o'sishning mazmu-ni, mezonlari va ko'rsatkichlari.
2. Iqtisodiy o'sishning ekstensiv va intensiv turlari.
3. Iqtisodiy o'sishning omillari Milliy boylik tushunchasi va uning tuzilishi.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Iqtisodiy o'sishning mazmu-ni, mezonlari va ko'rsatkichlari.
Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi.
Shu ayonki, har qanday jamiyatda o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o’sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o’sish - deganda iqtisodiy ravnaqni, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishini, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko’payib borishini tushunamiz. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o’sish. Mikroiqtisodiy o’sish firma, korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o’sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Makro-iqtisodiy o’sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ko’payishini bildiradi. YaMM hajmi iqtisodiy o’sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.
Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning oldingi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga hojat yo’q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Iqtisodiy o’sishning jismoniy ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o’sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to’liq «tozalash» mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o’sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1.YaMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;
2.YaMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
3.YaMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
Iqtisodiy o’sishni aniqlashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
70 qoidasi deb nomlangan matematikya qinlashivi iqtisodiy o’sishning miqdoriy jihatdan tushunishga yordam beradi. Bundan foydalanib, yillik o’sish foizi berilgan bo’lsa, biror o’lchamni ikki baravar oshishiga olib keladigan yilla sonini 70 soniga bo’lish orqali topish mumkin.


Yüklə 55,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin