3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu
1.
Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi
2.
Iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari
3.
Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini tekshirish
usullari
Tayanch so’zlar:
Iqtisodiy tahlilning turlari, iqtisodiy
tahlilning tasniflanishi, iqtisodiy
tahlilni tashkil etish, tahlil bosqichlari,
tahlilning axborot manbalari, axborot manbalarni
tekshirish, texnik tekshirish, mazmunan tekshirish.
1. Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi
Tahlil turlarini turkumlash
– ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim
tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat
ochib beradi. Tahlilning barcha turlari o’z belgilariga qarab ma`lum guruhlarga umumlashtiriladi.
Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
tahlilning vazifalari, uni o’tkazish
muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o’rganishning asosiy tomonlari,
rezervlarni aniqlash usullari, o’rganiladigan obhekt, tahlil qiluvchi subhekt, o’rganiladigan hodisalarning
ko’lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan
vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligini
baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish ya`ni oldindan aytib
berish, erishilgan natijalarga ob`ektiv baho berish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq
bo’lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xo’jalik hisobi yakunini o’tkazish,
rezervlarni aniqlash va
ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, o’timal
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash.
Ishlab chiqarishni iqtisodiy tahlil qilishni umumiy tarzda quyidagi chizmada keltirilganday
ifodalash mumkin (3.1- chizma).
Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlash asosida boshqarish funktsiyalarini
turkumlash yotadi, chunki,
iqtisodiy tahlil iqtisodiyotni boshqarishni har bir funktsiyasini amalga oshirishning ajralmas elementi
bo’lib hisoblanadi. Umuman olganda boshqarishning fukntsiyalarini ikkita katta guruhga bo’lishimiz
mumkin: umumiy va maxsus (s’etsifik) funktsiya. Bu bog’liqlik shundan iboratki
umumiy funktsiyalar
o’z holicha amal qila olmaydi; har qanday maxsus funktsiya esa faqatgina umumiy funktsiyalar
yordamidagi amalga oshiriladi.
Ma`lumki, xo’jalik yurituvchi sub`ektlarni boshqarish o’zining tamoyillari va funktsiyalariga
tayanadi. Boshqarish faoliyatini amalga oshirish quyidagi funktsiyalarga tayangan holda amalga
oshiriladi:
boshqarishni axborot bilan ta`minlash (to’’lash, qayta ishlash, iqtisodiy
voqea va hodisalar
tug’risidagi axborotlarni tartibga solish);
iqtisodiy tahlil qilish;
rejalashtirish va ‘rognozlash (iqtisodiy hodisalarni joriy va istiqbolli rejalashtirish);
muvofiqlashtirish;
tashkil qilish;
hisobga olish;
nazorat qilish (rejalarni va boshqarishga oid qarorlarni amalga oshirilishini nazorat qilish).