Mavzu: Iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning mdh mamlakatlar tajribasi va ulardan O’zbekistonda foydalanish yo’llari. Reja: kirish


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari



Yüklə 143,59 Kb.
səhifə2/6
tarix16.09.2023
ölçüsü143,59 Kb.
#144246
1   2   3   4   5   6
Mavzu Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan ta

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari

Iqtisodiyotni tartibga solishda Davlat jamiyatni oʼz qonun-qoidalariga koʼra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi.Davlatning umum eʼtirof etilgan belgilari quyidagilardan iborat, davlat oʼz chegaralari doirasida fuqarolik belgisi boʼyicha birlashgan butun jamiyat, aholisining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi,davlat yuridik kuchga ega boʼlgan va huquq normalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul qiladi,davlat oʼz funktsiyalarini bajarish uchun zarur davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm ( mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari – sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʼz mudofaasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va havfsizligini taʼminlovchi qurolli kuchlar hamda havfsizlik organlariga ega boʼladi.Zamonaviy institutsinalizm nazariyasi davlatga iqtisodiy nuqtai nazardan taʼrif beradi. Institutsional yondashuvga muvofiq uning asosiy mohiyatini ―transaktsiya xarajatlari‖ kategoriyasidan foydalangan holda ochib beriladi. D.Nortning taʼriflashicha, davlat – zoʼrlikni amalga oshirishda qiyosiy ustunliklarga ega boʼlgan, chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan belgilangan jugʼrofiy hududni qamrab oluvchi tashkilotidir.Davlat kategoriyasiga institutsional yondashuvlarni tahlil qilish asosida V.L.Tombovtsev ―davlat nazariy jihatdan eng samarali majbur qilish organi hisoblanib, bunda uning samaradorligi uning legitimligiga, yaʼni ―soliq solinadigan fuqarolar tomonidan‖ davlatda kuch ishlatish huquqi mavjudligining tan olinishiga bevosita bogʼliq.Davlatning iqtisodiy sohada ishtirok etishi, iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi, iqtisodiyotni tartibga solishi nuqtai nazaridan asosiy majburiyat va vazifalari, iqtsodiyot sohasidagi siyosatining mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlari toʼgʼrisidagi masalalar iqtisodiy fanlar diqqat markazida turadigan muhim yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. 2Davlatning iqtisodiyotdagi roliga, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish boʼyicha siyosatiga taalluqli boʼlgan koʼplab savollarga javob qidirish bilan turli ilmiy maktablar va yoʼnalishlar iqtisodchilarining aksariyati band. Iqtisodchilarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosati boʼyicha ishlab chiqqan ilmiy-nazariy kontseptsiyalari, nazariyalari hamda ularga asoslangan iqtisodiy siyosatning turli modellarining amaliyotda qoʼllanishi tajribalarining umumlashtirilishi negizida ―Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari‖ fani shakllanib, koʼplab mamlakatlarning, shu jumladan,Oʼzbekiston Respublikasining oliy oʼquv yurtlarida iqtisodiyot taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv kurslari sifatida boʼlgʼusi iqtisodchilarga oʼqitilmoqda.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullarining nazariy asoslarini iqtisodiyot nazariyasi fani yaratadi.Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda amal qiluvchi obʼektiv iqtisodiy qonunlarni ochib beradi hamda xoʼjalik yuritishning printsiplarini va mexanizmini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining maqsadlarini, sohalari va vosita hamda usullarini, yaʼni davlatning iqtisodiy siyosatini ilmiy jihatdan asoslaydi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullarining tadqiqot obʼekti boʼlib iqtisodiy subʼektlarning oʼzaro hamkorlikda samarali va barqaror faoliyat yuritishlari. shuningdek, iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi omillarni bartaraf etish yoki ularning taʼsirini kamaytirish uchun qulay huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy shart-sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlar hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayonlari hisoblanadi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari oʼquv kursining predmetini davlatning jamiyat manfaatlarini koʼzlab, iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi jarayonlari va bunda davlat bilan iqtisodiyot subʼektlari oʼrtasida yuzaga keladigansiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yigʼindisi tashkil etadi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan siyosatini hukumatning iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash borasidagi qarorlari va hatti-xarakatlarida namoyon boʼladi.Demak, davlatning iqtisodiy siyosati davlatning iqtisodiyotga aralashishi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakl va usul, vositalari, dastaklarini oʼz ichiga oladi. Davlat mavjud boʼlgan barcha tarixiy davrlarda iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan siyosat davr talablariga mos ravishda maʼlum miqyoslarda, shakl va uslublarda amalga oshirilib kelingan. Lekin to 1929-1933 yillardagi krizisgacha boʼlgan davrlarda davlatning iqtisodiyotga aralashishi nomuayyan, va cheklangan boʼlib, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tor doira va miqyoslarda,koʼlamlarda vaziyat taqozasiga koʼra epizodik koʼrinishda kam sonli vosita va usullar yordamida amalga oshirilib kelingan. Faqat 20-asrning 30-40-yillaridan boshlab, davlatning iqtisodiy siyosati bozor iqtisodiyotiga davlatning muntazam ravishda aralashib,uni tartibga solishga qaratilgan mexanizmni bozorning oʼzinioʼz tartiblash mexanizmi bilan uygʼunlashtirishga yoʼnaltirila boshlandi. Uning mazmunini ochib berish uchun bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashishi va tartibga solishi zarurligi, uning obʼekti va predmeti, shakl va usullarini tahlil qilish lozim boʼladi.



Yüklə 143,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin