Mavzu: Iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning mdh mamlakatlar tajribasi va ulardan O’zbekistonda foydalanish yo’llari. Reja: kirish


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari



Yüklə 143,59 Kb.
səhifə3/6
tarix16.09.2023
ölçüsü143,59 Kb.
#144246
1   2   3   4   5   6
Mavzu Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan ta

2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor iqtisodiyotiga oʼtayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch boʼlib hisoblanadi. Maʼlumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi boʼlib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim koʼrsatkich hisoblanadi. Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi oʼrtasidagi aloqalarni bogʼlaydi. Tarmoqlar oʼrtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini taʼminlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari oʼrtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon boʼladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelib turadigan iqtisodiy inqirozlarni misol keltirish mumkin. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida oʼsmoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining oʼrni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini oʼz zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur boʼlmoqda. Masalan: temir yoʼl, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi baʼzi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tugʼiladi.
Davlat iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi toʼliq bajara olmagan vazifalarni oʼz zimmasiga oladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashining asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga erishish asosida tushkunlik va tanglikning 3oldini olish, ijtimoiy ishlab chiqarishning barqaror oʼsishini taʼminlash, milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, aholi turli tabaqalari oʼrtasida ijtimoiy muvozanatga erishishdan iboratdir.Iqtisodiy subʼektlar oʼzaro raqobatda boʼlgani va oʼzlarining shaxsiy yoki jamoaviy manfaatlari yuzasidan faoliyat koʼrsatgani uchun ularning xudbinlik manfaatlari umumdavlat, jamiyat manfaatlariga zid kelib qolishi ham mumkin. Shuning uchun davlat iqtisodiyot subʼektlari manfaatlari va faoliyatlari jamiyat, davlat manfaatlariga zid kelib qolmasligi, unga ziyon yetkazmasligini nazorat qiladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun davlat iqtisodiy subʼektlarning makroiqtisodiyot miqyosidagi aloqa va bogʼlanishlarini tartibga soladi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun davlat raqobatni ragʼbatlantirish orqali bozor tizimini saqlashni oʼz zimmasiga oladi. Chunki erkin tadbirkorlik tizimi va uni boshqaruvchi talab va taklif qonunlarining amal qilishi raqobatga bogʼliq boʼladi. Raqobatchilik muhitini ragʼbatlantirish va himoya qilishning davlat mexanizmi quyidagilardan iborat. Bozor mexanizmi faqat xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini taʼminlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ragʼbatlantiradi. Аmmo jamiyat taraqqiyoti uchun zarur boʼlgan, aholining koʼpchiligi foydalanadigan ijtimoiy tovar va xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga: maktablar, yoʼllar, yongʼindan himoyalash, milliy mudofaa kabilar kiradi. Binobarin, ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni davlatning oʼzi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur boʼladi. Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizimini taqozo etuvchi sabablardan biri bozor tizimidan tashqarida sodir boʼluvchi inson faoliyati va tabiatning zararli oqibatlaridan (inson salomatligiga, tabiatga ziyon yetkazuvchi omillar) aholini himoya qilish zaruratidir. Bozor tizimida bunday zararlar uchun javobgar shaxslardan tovon toʼlashga majbur qiluvchi mexanizmlar mavjud emas. Shuning uchun davlat tomonidan iqtisodiyotni tartiblash mexanizmida aholini zararli oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlari ham muhim ahamiyatga ega. Zero zararli oqibatlar nafaqat inson hayotiga balki iqtisodiyotga ham salbiy taʼsir qiladi. Shunga binoan ulardan aholini himoyalash chora-tadbirlari oqibatida aholi salomatligi yaxshilanadi, ularning mehnat qobiliyati ham oshadi. Bu esa oʼz-oʼzidan aholi mehnat faoliyatining oʼsishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.
Аholini qoʼshimcha zararli oqibatlardan himoyalash davlat mexanizmi oʼz ichiga quyidagilarni qamrab oladi: ishontirish, soliq solish, subsidiyalash, tartibga solish. Bunday ishontirish usullari, vositalari kishilarni, iqtisodiyot subʼektlarini jamiyatga, boshqa kishilarga ziyon keltiradigan xatti-harakatlar qilmaslikka chaqirishga qaratilgan boʼladi.Soliq solish zararli qoʼshimcha oqibatlarni cheklash maqsadida qoʼllaniladi. Turli soliq miqdorlarini belgilash orqali hukumat firmalar faoliyatidan kelib chiqadigan zararli qoʼshimcha oqibatlarni cheklashga majbur qiladi. Bunday oqibatlardan xoli boʼlgan firmalarga davlat subsidiyalar berish orqali ularning faoliyatini ragʼbatlantiradi. Xavfsizlik meʼyorlarini belgilash yoki man qiluvchi qonunlar chiqarish yoʼli bilan davlat tartiblash ishlarini amalga oshiradi. Davlatning iqtisodiyotni tartiblash mexanizmida jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash maqsadida aholining iqtisodiy jihatdan nochor yashayotgan guruhlarini ijtimoiy himoyalash muhim oʼrin tutadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari ham muhim oʼrin tutadi. Maʼlumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik faolligi oʼzgarib turadi, iqtisodiy oʼsish uning pasayishi bilan almashinib turadi. Oqibatda firmalarning sinishi va ishsizlarning koʼpayishi ortadi, aholi turmush darajasi pasayadi, ular koʼp qiyinchilikni boshdan kechiradilar. Davlatning iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash mexanizmi yordamida iqtisodiy oʼsish siklidan tanglikka, pasayishga oʼtishdagi salbiy oqibatlarni cheklab, tanglikdan iqtisodiy oʼsish sari oʼtish imkoniyatlari vujudga keltiriladi.Davlat iqtisodiyotni tartibga solish uchun bir qancha shakl va vositalardan foydalanadi. Bunda davlatning oʼz faoliyatini qaysi obʼektga qaratishi muhim hisoblanadi. Tartibga solish obʼektlari - bu bozor mexanizmi, ularning normal kechishini qoniqarsiz yoxud butunlay taʼminlay olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chikarish sohasidagi muayyan shart-sharoit, jarayon, munosabatlardir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi. Byudjet-soliq siyosati davlat byudjetini ishlab chiqish, tasdiqlash, bajarish bilan bogʼliq jarayonlarni tartibga solish uchun zarur. Pul-kredit tartiboti milliy valyuta barqarorligini taʼminlash, inflyatsiya bilan kurashish boʼyicha davlat organlari amalga oshiradigan tadbirlarni oʼz ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotini maʼmuriy jihatdan tartibga solish maʼmuriy ravishda monopolistlarni kartellashtirish, mayda korxonalarga ajratish, litsenziyalash, kvotalash kabi chora-tadbirlardan iborat. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalarining har biri oʼziga xos xususiyatga ega boʼlib, maʼlum vaziyatlarda alohida qoʼllanishi mumkin. Oʼtish davri iqtisodiyotini tartibga solish jarayonida davlat organlari obʼektiv shart-sharoitlarga koʼra barcha taʼsir vositalaridan birgalikda foydalanishga majburdirlar.
Zamonaviy bozor iqtisodiyotining tuzilmasida turli xil yoʼnalishli kesimlarni, jumladan, funktsional, ijtimoiy hududiy tuzilmalarni koʼrsatish mumkin.Funktsional tuzilma - yalpi ichki mahsulotni turli xil ehtiyojlar uchun (xususiy yoki davlat isteʼmoli, yalpi jamgʼarish, sof eksport) taqsimlanishini tavsiflaydi. Ushbu jarayon ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer, ilmiy-texnik taraqqiyot) kesimida mahsulot qiymatining shakllanishini ham oʼz ichiga qamrab oladi. Iqtisodiyotning sohaviy, yaʼni tarmoq tuzilmasi - ayrim tarmoqlarning YaIMni ishlab chiqarishga qoʼshgan xissasi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotning hududiy tuzilmasi turli xil hududiy tuzilmalarning YaIMni ishlab chiqarishdagi ishtirokini taʼriflaydi.

4

Yüklə 143,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin