3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash choralari. Iqtisodi xavfsizlikni taminlashda davlatning aralashuvi va taʼsir etish predmeti uzoq muddatli istiqbolda milliy boylik va milliy mulkning oʼsishi, oʼrta muddatda iqtisodiy sikl, qisqa muddatli davrda – xoʼjalik konstruksiyasi hisoblanadi. Ushbu predmet boʼyicha iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash chora-tadbirlari krizis va turgʼunlik sharoitida davlat tovar va xizmatlarga boʼlgan talabni, kapital qoʼyilmalar va bandlikni, tovar va xizmatlar eksporti, xorijiy kapital va turistlarning kirib kelishini ragʼbatlantiradi, iqtisodiy yuksalish davrida esa iqtisodiy oʼsishni jilovlashga, iqtisodiyotning qizib ketishining oldini olishdan iborat boʼladi. Ushbu maqsadlarda xususiy kapital uchun qoʼshimcha moliyaviy ragʼbatlar yaratiladi, davlat xarajatlari koʼpaytiriladi, foiz stavkalari tartibga solinadi.
Shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti tufayli vujudga kelgan yangi tarmoq va ishlab chiqarishlar hamda iqtisodiyot va tarmoq ichidagi progressiv tarkibiy oʼzgarishlar, uning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish ragʼbatlantiriladi. Shu bilan birga, ayrim joylarda ishlab chiqarishning haddan tashqari kontsentratsiyalashuvi va markazlashuvining oldini olish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim unsurlaridan biri kapital jamgʼarish hisoblanadi. Maʼlumki, foyda olishga intilish, uni oʼzlashtirish hamda kapitalga aylantirish bozor iqtisodiyotida xoʼjalik yuritishning bosh maqsadi boʼladi. Shuning uchun ham davlatning iqtisodiy siyosati jamgʼarishni ragʼbatlantirishga qaratiladi. Bu esa xoʼjalik subʼektlarining manfaatlariga mos keladi. Davlat boshqaruv organlari iqtisodiy sikl va iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalariga taʼsir etish uchun barcha investorlar va ularning ayrim guruhlari uchun turli davrlarda qoʼshimcha imtiyozlar hamda imkoniyatlar yaratadi.
Аholining ish bilan bandligini tartibga solish ishchi kuchiga boʼlgan talab va taklif oʼrtasida bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan normal nisbat va ularning muvozanatini qoʼllab-quvvatlashni anglatadi. Bu nisbat iqtisodiyotning malakali va intizomli ishlovchilarga boʼlgan ehtiyojini qondirishi lozim. Ularning ish haqlari yetarli mehnat motivatsiyasini vujudga keltirishi kerak. Аmmo ishchi kuchiga boʼlgan talab bilan uning taklifi oʼrtasidagi nisbat ish haqining haddan tashqari oʼsib ketishiga olib kelmasligi kerak. Аks holda, bu hol milliy raqobatbardoshlikka salbiy taʼsir etadi. Shuningdek, aholi ish bilan bandligi ham keskin pasayib ketishiga yoʼl qoʼyib boʼlmaydi. Chunki buning oqibatida ishsizlar soni oʼsib, isteʼmol talabi va soliq tushumlari kamayib ketadi, davlat tomonidan nafaqalar uchun xarajatlar oʼsadi. Eng yomoni, bu hol ijtimoiy larzalarga, xavfli ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim obʼektlaridan biri pul muomalasidir. Pul muomalasini tartibga solishning asosiy yoʼnalishi inflyatsiyaga qarshi kurash hisoblanadi. Pul muomalasini tartibga solish orqali davlat bilvosita jamgʼarish sharoitlariga, narxlar va ijtimoiy munosabatlarga taʼsir etadi.Toʼlov balansining holati va uning ijobiy salьdosiga erishish ham davlatning iqtisodiyotni tartibga solishiga bogʼliq. Shu boisdan bozor iqtisodiyotiga ega boʼlgan barcha mamlakatlarda davlat toʼlov balansini operativ va strategik tartibga solish bilan shugʼullanadi. Bunda davlat eksport va importga, kapital harakatiga, milliy valyuta kursining koʼtarilishi va tushishiga taʼsir etish hamda savdo-shartnoma siyosati va xalqaro iqtisodiy integratsiyalar, tashkilotlarda ishtirok etish orqali mamlakat toʼlov balansini tartibga soladi. Davlat narxlarni toʼgʼridan-toʼgʼri va bilvosita tartibga soladi. Narxlarni toʼgʼridan-toʼgʼri tartibga solishda u yoki bu tarmoq mahsulotlariga, ayniqsa, tabiiy monopoliya mahsulotlariga yuqori narx chegarasini belgilaydi. Narxlarni bilvosita tartibga solishda davlat ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar hamda aksiz yigʼimlari orqali tartiblaydi. Bulardan tashqari, davlat xususiy korxonalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga, tovarlarni, kapitalni, toʼplangan bilim va tajribalarni chetga eksport qilishga ragʼbatlantiradi.
Oʼzbekistonda mustaqillik eʼlon qilingandan soʼng ijtimoiy yoʼnaltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila 5boshlandi. Oʼzbekiston Respublikasi ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida mashaqqatli taraqqiyot yoʼli bosib oʼtdi. Mustaqil taraqqiyot yoʼli va galdagi vazifalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati nuqtai nazaridan bu yoʼlni ikki bosqichga boʼlish lozimligini asoslab berilgan edi. Ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish. Koʼp ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum boʼlishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi boʼlgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini taʼminlash. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xoʼjalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning maʼmuriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va ragʼbatlantirish vositalaridan keng foydalanish. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlaydigan chuqur strukturaviy oʼzgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qoʼshilib borish.Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini oʼzgartirish, har bir kishiga oʼz mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish. Ushbu bosqichda, birinchi navbatda, qishloq xoʼjaligi tubdan isloh qilinib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berildi. Qishloq xoʼjaligi ekinlari tarkibi oʼzgartirildi. Mamlakatda gʼalla mustaqilligiga erishildi. Buning natijasida Oʼzbekiston oʼzining gʼallaga boʼlgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, qoʼshni MDH mamlakatlariga, Аfgʼoniston, Eron kabi davlatlarga gʼalla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda. Mamlakatimizda yangi neftь-gaz konlarini aniqlash, bu sohaga investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi natijasida neftь mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 barobar ortdi.
1-rasim
Ushbu bosqichda, birinchi navbatda, qishloq xoʼjaligi tubdan isloh qilinib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berildi. Qishloq xoʼjaligi ekinlari tarkibi oʼzgartirildi. Mamlakatda gʼalla mustaqilligiga erishildi. Buning natijasida Oʼzbekiston oʼzining gʼallaga boʼlgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, qoʼshni MDH mamlakatlariga, Аfgʼoniston, Eron kabi davlatlarga gʼalla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda. Mamlakatimizda yangi neftь-gaz konlarini aniqlash, bu sohaga investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi natijasida neftь mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 barobar ortdi. Respublika energetika mustaqilligiga erishdi. iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloh etishni yanada chuqurlashtirish,investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy oʼsishni taʼminlab, bozor munosabatlarini toʼliq joriy qilish maqsad qilib qoʼyildi. Mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalarquyidagilardan iborat qilib belgilangan edi. Oʼtish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam koʼrsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yoʼl davom ettirildi.Mazkur bosqichda erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy sharti etib belgilangan.Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni koʼzda tutdi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida‖ farmoni bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi‖da mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishning yangi bosqichining asosiy vazifalarini belgilab berildi. Unda mamlakatimizni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yoʼnalishi belgilangan: Boshqaruv sohasidagi oʼzgarishlar natijasida koʼplab boshqaruv organlari boʼgʼinlarining vazifasi oʼzgardi, baʼzi oʼzini oqlamagan boshqaruv organlari tugatildi va yangi organlar tuzildi.
Oʼzini oqlamagan Davlat reja qoʼmitasi oʼrniga Davlat istiqbolini belgilash va statistika qoʼmitasi tuzildi. Mazkur Qoʼmita 1997 yildan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi. Hozirgi davrda bu vazirlik Iqtisodiyot vazirligi deb ataladi. Bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida va bozor munosabatlarini boshqarishda moliya-kredit tizimi muhim oʼrinni egallaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida, respublika Moliya vazirligi va Markaziy bankning vazifalari qayta koʼrib chiqildi.