4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usul va vositalari. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon strukturalari davlat va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda maʼlum hujjatlar ishlab chiqadi. Ularning asosini iqtisodiy prognozlar tashkil etadi. Iqtisodiy prognozlar mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish maqsadlarini belgilash, uni amalga oshirish strategiyasini va taktikasini ishlab chiqish hamda indikativ rejalar tuzishning asosi hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartiblashning muhim hujjatlaridan biri iqtisodiy rivojlanishni dasturlashdir. Iqtisodiy dasturlar bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda davlatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga toʼgʼridan-toʼgʼri faol aralashuvining asosiy dastaklari hisoblanib, u butun iqtisodiyotni yoki uning alohida sohalari boʼlgan tarmoqlar, hududlar, koʼptarmoqli komplekslar rivojlanishi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni anglatadi.Cheklangan ishlab chiqarish resruslarini boshqarish deganda davlat oʼziga qarashli tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, kapital, investitsion resurslarni toʼgʼridan-toʼgʼri taqsimlash orqali iqtisodiy tizimdagi muvozanatni saqlashga, yangi nisbatlar va mutanosibliklarni vujudga keltirishga intiladi. Аmmo baʼzi hollarda cheklangan iqtisodiy resurslarning davlat tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri taqsimlanishi iqtisodiy tizimdagi muvozanat va mutanosiblikning buzilishiga ham olib keladi. Iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solish xoʼjalik subʼektlarini mamlakat iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga yoʼnaltiruvchi va ragʼbatlantiruvchi soliq stavkalari hamda tariflarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Soliqqa tortish obʼektlari, soliq stavkalarini belgilash bilan bir qatorda imtiyozlar tizimi ham joriy etiladi. Soliq imtiyozlarini joriy etish davlatning iqtisodiy jarayonlarga taʼsir etish vositalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotga monetar usullar orqali taʼsir etish foiz stavkalari, byudjet qarzlari, davlat qarz majburiyatlari ochiq bozoridagi operatsiyalar, muomaladagi pul massasi, valyuta kursi kabi moliyaviy regulyatorlarni oʼz ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotiga oʼtish sharoitida davlat iqtisodiyotni tartibga solish obʼektlari, predmetlari, vosita va usullarini aniq belgilash hamda qoʼllash 6mexanizmini shakllantirishi lozim boʼladi. Davlatning iqtisodiy strategiyasi uning siyosiy strategiyasini amalga oshirish uchun iqtisodiyotga davlatning aralashuvi mexanizmlari va ustuvorliklarining transformatsiyalashuvini belgilab beradi. Iqtisodiy strategiya uzoq muddatli davr ichida davlat faoliyatining yoʼnalishi va uning amalga oshirish printsiplarini ifodalaydi.
2-rasim
Davlatning iqtisodiy strategiyasining muhim turlari quyidagilardan iborat. Davlatning ijtimoiy samarali iqtisodiy strategiyasi fuqarolar uchun optimal tarkibdagi pirovard mahsulotning yuqori oʼsish surʼatining barqarorligini taʼminlashni, toʼliq samarali ish bilan bandlikka, inflyatsiyani jilovlashga va daromadlarning odilona taqsimlanishiga erishishini ifodalaydi. Davlat iqtisodiy strategiyasi sifatining kriteriyasi (mezoni) uning ijtimoiy samarali iqtisodiyotga muvofiqligi darajasi hamda unga mamlakat ichidagi va jahon hamjamiyati tomonidan bildirilgan ishonch darajasini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik vazifalaridan kelib chiqib jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va neʼmatlarni taqsimlash jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qoʼllaniladigan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi. Bozor iqtisodiga oʼtish sharoitida davlat bosh islohotchi boʼlishi xususida Oʼzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimov: ―Bozor munosabatlariga oʼtish davrida davlat bosh islohotchi boʼlishi, iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini oʼzgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur‖,1 deb taʼkidlagan edi.Xalq manfaatlariga javob beruvchi mustaqil iqtisodiy siyosat Oʼzbekistonni mustaqil rivojlantirishning ajralmas shartidir. Tarixiy tajriba shuni koʼrsatadiki, ayrim mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish va aholining turmush darajalari oʼrtasidagi tafovutlarga qaramay, jahon hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichiga bozor iqtisodiyoti juda mos keladi va samara kasb etadi. Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, ragʼbatlantirish va yoʼqotilgan egalik tuygʼusini qayta tiklaydi. Faqat bozorgina tejamli xoʼjalik yuritishning oqilona shakllarini yaratadi. Bozorga, ayniqsa, uning shakllanish bosqichida, uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning oʼsishi, pulning qadrsizlanishi, koʼpgina korxonalarning sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron boʼlishi, aholining moddiy taʼminot jihatdan keskin tabaqalashuvi, huquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning oʼsishi xosdir. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta oʼzgarishlar yoʼli bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Bozorga oʼtilgan sari iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning vazifasi jiddiy oʼzgaradi. Bozor iqtisodiyotining oʼzini oʼzi tartibga soluvchi vositalari tobora muhimlashadi. Davlat zimmasiga faqat iqtisodiy tartiblash va ragʼbatlantirish vazifalarigina qoladi. Bozor xoʼjaligining asosiy talablari va shartlaridan biri erkin narxlardir. Аmmo dunyo boʼyicha narx siyosati, ayniqsa, bozor tarmoqlarini qaror toptirish davrida tartibga solib turilmaydigan bironta ham davlat mavjud emas. Bozor munosabatlari yoʼliga kirgan koʼpgina mamlakatlarning tajribasi davlat doimo aholini ham, ishbilarmonlarni ham islohotlarga tayyorlab kelganligidan dalolat beradi.
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga bevosita iqtisodiyotning davlat sektori orqali ham taʼsir koʼrsatadi. Davlat ixtiyorida faqat asosiy va xalq xoʼjaligi tarmoqlarining strategik ahamiyatga ega boʼlgan tarmoqlari qoladi. Bular yoqilgʼi, neftь va gaz sanoati, elektr energetikasi, temir yoʼl, avtomobilь, havo va truboprovod transporti, aloqa, suv va gaz taʼminoti, irrigatsiya inshootlari qurilishi va ulardan foydalanishdir.Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonda yerning egasi ekanligi tuygʼusini qayta tiklash – meros qilish huquqi asosida yerni abadiy foydalanish uchun berish yoʼlidan borish kerak. Eng muhimi, qishloq xoʼjaligini yuritishning shunday shaklini yaratish kerakki, bu har bir dehqonga oʼz mehnatining samarasidan mustaqil bahramand boʼlish imkoniyatini bersin. Аna shundagina dehqon oʼzini haqiqatan ham yerning chinakam egasi deb biladi.Qishloq turmush darajasini shahar turmushi darajasiga koʼtarish, eng avvalo, aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash, ularni suv va gaz bilan taʼminlash, 7shuningdek, ishchi kuchi ortiqcha boʼlgan joylarda kichik mustaqil korxonalar,keng tarmoqli qayta ishlash shaxobchalarini tashkil etish davlat ahamiyatiga molik vazifadir.Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʼtish bozorning keng tarmoqli tizimini tashkil etishni talab qiladi. Аyrim korxonalar va tijorat tuzilmalarining yakkaboshlik mavqeini tugatish narxlarning sunʼiy ravishda oshirib yuborilishi, monopol yuqori daromadlar olinishiga qarshi turuvchi sogʼlom raqobat muhitini shakllantirish imkonini beradi.Аlohida taʼkidlash joizki, oʼzgarib turadigan bozor iqtisodiyotini yaxshi tushunadigan, yuksak bilimli va ishbilarmon mutaxassislarga ega boʼlmay turib, korxonalarni malakasiz qoʼllarga topshirish ularning barbod boʼlishiga sabab boʼladi.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni bozor iqtisodiyotiga oʼtish uchun zarur boʼlgan boshqa shart-sharoitlarni vujudga keltirish bilan bogʼliq holda izchil va har tomonlama yondashuvni talab qiladi. Erkin narxlarga oʼtilishidan iborat umumiy yoʼlda tovarlarning alohida muhim turlari doirasi narxlarining davlat tomonidan nazoratga olinishi saqlanib qoladi. Eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, buyumlarning chegaralangan narxlari meʼyor bilan berish hisobiga ular bilan aholini kafolatli taʼminlash, ichki isteʼmol bozorini himoya qilish, tovarlarni sotib olishda aholiga katta imkoniyatlar yaratib berish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.Bozorning oʼzgaruvchan sharoitlarida mehnatga layoqatli mahalliy mutaxassislarsiz Oʼzbekiston mustaqilligini mustahkamlashni tasavvur qilish qiyin. Bunda Oʼzbekistonning oʼziga xos xususiyatlari, xalqning milliy-ruhiy turmush tarzi, taʼlimdagi butun jahon va Sharq tajribasining eng yaxshi yutuqlari har tomonlama eʼtiborga olinishi kerak. Iqtidorli yoshlarni xorijiy mamlakatlarning yetakchi oʼquv yurtlariga oʼqishga va tajriba orttirishga yuborish muhim ahamiyatga ega boʼladi.Zamonaviy bozor tizimiga oʼtishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, uning sanoatlashgan mamlakatlar safiga yoʼnalishida chuqur sifat oʼzgarishlariga olib keladi hamda Oʼzbekiston iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy mustaqilligining ishonchli kafolatini taʼminlaydi.
XULOSA Oʼzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasini amalga oshirish maqsadida fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlarining oʼz hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʼrinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirishga sharoitlar vujudga keltirish maqsadida oʼz hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarini, shu jumladan, tijorat doʼkonlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish boʼyicha korxonalar ochishni jadallashtirish, ―korxona-mahalla shaklidagi mahalliy hokimlik, tadbirkorlar bilan aholi oʼrtasidagi hamkorlikni faol ragʼbatlantirish maqsadga muvofiqdir. Ular oʼrtasidagi masʼuliyat va vakolat doira-larini taqsimlab, aniq belgilash lozim,hokimlik vakillik organlarining hudud ijtimoiy-iqtiso-diy rivojiga oid masalalarni hal etishdagi roli koʼzga koʼrin-maydi. Ular faoliyatining tashkiliy, mablagʼ taʼminoti aniqlan-magan va ular formal jihatdan hokimlik institutiga bogʼliq. Аmalda hokimlar qaror qabul qilish, tashkiliy moddiy moliyaviy resurslarga ega hokimlar vakillik organlariga hisobot bermay-dilar. Shu boisdan vakillik organlarining hokimlik idoralarimahalliy hokimlikning kichik biznes faoliyatiga toʼgʼridan-toʼgʼri aralashuvi joylarda uchrab turibdi. Shuning uchun mahalliy hokimlikka xoʼjalik yurituvchi subʼektlar mablagʼini majburan olib qoʼyish, ularni homiylik qilishga, koʼngilli ravishda pul oʼtkazishga majbur qilishlarini taʼqiqlab qoʼyish lozim. Ular-ning kadrlar siyosatiga aralashishini ham taʼqiqlovchi qonun huj-jatlarini qabul qilish kerak,fuqarolik jamiyati institutlari hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalarni hal etishda sust jalb etilgan. Bu muammoni hal etish uchun joylarda hududiy iqtisodiyotni rivoj-lantirishga oid turli dasturlarni tuzishga hududdagi turli siyosiy partiyalar vakillarini, fermerlar kengashi va nodavlat notijorat jamoatchilik tashkilotlari vakillarini keng jalb etish lozim boʼladi,hokimliklarga hududiy siyosat yuritishning qonuniy hujjatlar portfelini yanada takomillashtirish zarurati mavjud.
Mahallalarning oʼz hududlarini rivojlantirish, aholini, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashdagi rolini yanada kuchaytirish uchun ularga yuridik 8shaxs maqomini berish, ularning moddiy-texnika bilan taʼminlanishini yaxshilash, mahalla qoʼmitasi (kengashi)raisi, uning aʼzolarining malakasini oshirish maqsadga muvofiqdir. Nodavlat notijorat tashkilotlarining aholi sogʼligini saqlash, taʼlim, jismoniy va maʼnaviy tarbiya, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga moddiy yordam berishdagi rolini oshirishni ragʼbatlantirish lozim boʼladi. Oʼzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasini amalga oshirilishi asosida fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqaruv organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari hamda biznes va tadbirkorlik subʼektlari hamkorligini oshirish orqali iqtisodiy boshqaruv tizimi faoliyatini nomarkazlashtirishga erishish muhim ahamiyatga molik boʼladi.Buning natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi yanada takomillashadi va bozorning oʼz-oʼzini tartiblash mexanizmi bilan uzviy bogʼliqligi mustahkamlanadi.Davlat organlari obʼektlarni emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishlari lozim. Buning uchun bir qancha iqtisodiyot tarmoq vazirliklarini va organlarini bosqichma-bosqich funktsional boshqarish organlariga aylantirish kerak boʼladi. Shunga muvofiq ravishda davlat boshqaruv organlari va ular hodimlarining faoliyat tartibini belgilovchi qarorlar ishlab chiqish va ularni qabul qilish qoidalari hamda lavozim yoʼriqnomalarining yangi tizimi shakllantirilishi kerak. Buning oqibatida davlat boshqaruv jarayonlarini yanada soddalashtirish hamda oqilonalashtirish imkoniyati yaratiladi.