Mavzu: Iqtisodiy yondoshuv: mulk huquqi, tashqi aloqalar va ekalogik muammolar reja



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə5/6
tarix25.08.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#140466
1   2   3   4   5   6
Mavzu 2

Barqaror rivojlanish deganda hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanish mazmun bo‘yicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda ham yaqindir.1992-yilning 3-14 iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida BMTning Atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 179 davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari,ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy va ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdilar. Bu vaqtga kelib jahonda olamshumul voqealar ro‘y berdi. 1991- yili Sharqiy Yevropa va SSSRdagi totalitar sistema inqirozga uchradi. Jahon urushi havfi keskin kamaydi va juda katta moliyaviy resurslardan tinchlik maqsadlarida foydalanish imkoniyati vujudga keldi.Konferensiya quyidagi muhim hujjatlarni qabul qildi:§ Atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha Rio deklaratsiyasi;§ Barcha turdagi o‘rmonlardan unumli foydalanish, ularni saqlash va o‘zlashtirish prinsiplari to‘g‘risidagi Bayonnoma;§ XXI asrga Kun tartibi-jahon hamjamiyatining yaqin kelajakning ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga tayyorgarligiga yo‘naltirilgan hujjat.Bundan tashqari Konferensiya doirasida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha chegaraviy Konvensiya va Biologik xilma-xillikni saqlash Konvensiyalari tayyorlandi.27 prinsipdan iborat «Rio deklaratsiyasi» xalqaro huquqiy hujjat bo‘lib, unga ko‘ra davlatlar boshqa mamlakatlarning muhitiga zarar yetkazadigan har qanday faoliyat uchun javobgarlikni tan olishi, ekologikqonunchilikning samaradorligini oshirish, falokatlardan ogohlantirish,ekologik havf manbalarini boshqa davlatlar hududiga o‘tkazmaslikka chaqiradi.«XXI asrga Kun tartibi» insoniyatning yangi asrda barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat bo‘lib, unda atrof muhit muhofazasi va rivojlanishga doir muammolarni hal qilish yo‘llari va vositalari ko‘rsatilgan. Konferensiya qaroorlarida har bir alohida mamlakatda barqaror rivojlanish konsepsiyasi va milliy darajada
O‘zbekiston Respublikasi Rio deklaratsiyasini ratifikatsiya qildi.O‘zbekiston Iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi Konvensiya va Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyalarga qo‘shildi. 1998-yili Barqarorrivojlanish Konsepsiyasi tayyorlandi. 1999-yili Barqarorrivojlanishning Milliy strategiyasini ishlab chiqildi. 2002-yili
O‘zbekistonda «XXI asrga Kun tartibi» qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanishni ta’minlash ustuvor masalagaaylandi.90-yillarda alohida davlatlar, jahon hamjamiyati, halqaro tashkilotlar «XXI asrga Kun tartibi»ni amalga oshirish bo‘yichaharakatlarni amalga oshirdilar.2000-yili Nyu-Yorkda Ming yilik Sammiti bo‘lib o‘tdi va unda «Ming yillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi. Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha jahonning barcha mamlakatlarida sa’yi-harakatlar boshlandi.Qilingan ishlarni sarhisob qilish maqsadida 2002-yil Yoxannesburgda BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha Butunjahon Sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda «Barqaror rivojlanish Butunjahon Sammiti qarorlarini bajarish rejasi» va «Yoxannesburg deklaratsiyasi» qabul qilindi. Sammit rejasida sayyoramizning turli mintaqalarida baqaror rivojlanishni ta’minlashga asosiy e’tibor berildi va uning prinsiplari barqaror rivojlanishning uch tarkibiy qismi: iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi talablariga javob beradi.Butunjahon Sammitida qashshoqlikni yo‘qotish va atrof muhit muammosi bosh masalalar sifatida tahlil qilindi. Dunyodagi rivojlanayotgan kambag‘al mamlakatlarda 1 mlrd. dan ortiq aholi doimiy ovqat yetshmasligi sharoitlarida yashaydi. Bu davlatlarga moliyaviy yordam berish masalalari ko‘rildi. Yoxannesburg Sammiti barqaror ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik rivojlanish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.Rivojlangan davlatlardagi yuqori hayot darajasini ta’minlash tabiiy resurslardan katta miqdorda foydalanish va o‘z navbatida atrof muhitni kuchli ifloslash hisobiga amalga oshadi.Hozirgi vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi GFR yoki AQSh aholisi hayot darajasiga yetishishi uchun yana bir Yer sayyorasi resusrlarini o‘zlashtirish lozim bo‘ladi. Yer esa Koinotda yagonadir. Tabiat va jamiyatning mutanosib, bir-biriga mos rivojlanishi-koevolyusiya deb yuritiladi.Jamiyatnin rivojlanishi sur’atlari juda yuqori, tabiat evolyusiyasi tezligi o‘zgarmaydi. Koevolyusiyaga erishish uchun jamiyat o‘zining ayrim ehtiyojlaridan voz kecha olishi lozimdir.XXI asrga kelib, atrof muhitga ta’sir sur’ati yuqoriligicha qolmoqda. Dunyo okeanining ifloslanishi, cho‘llashish, biologik xilma-xillikning kamayishi, chuchuk suv yetishmasligi va boshqa muammolar tezkor choralar ko‘rishni talab etadi. Aholi sonining o‘sish suratlari yuqoriligicha qolmoqda. Ekologik havfsiz, barqaror rivojlanish yo‘lidagi sa’yi-harakatlar o‘zining ijobiy natijalarini ham bermoqda. Rivojlanganmamlakatlarda atrof-muhit muhofazasiga sarflanadigan mablag‘lar oshmoqda va ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin.XXI asr boshlariga kelib rivojlangan davlatlarda ekologik inqirozning oldini olish tadbirlariga Ichki Yalpi Mahsulot (IYaM)ning 1,5-2,5% ulushi sarflanishi lozim. Atrof-muhit ancha ayanchli ahvolga tushib qolgan mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 4-5%dan kam bo‘lmasligi kerakligi ta’kidlanadi. Ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirish, jamoatchilik rolini oshirish, ekologik texnologiyalarni joriy qilish barqaror vojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyaga egadir. Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada murakkablashib, mushkullashib bormoqda.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin