- tashqi iqtisodiy aloqalarni iloji boricha ko‘proq va mintaqaviy jihatdan turlicha bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘rnatishga;
- tashqi iqtisodiy aloqalarni iloji boricha ko‘proq va mintaqaviy jihatdan turlicha bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘rnatishga;
- eksport tarkibini turlicha mahsulotlar tashkil etishiga;
- bir xil turdagi mahsulot yoki xizmatni bir vaqtning o‘zida jahonning turlicha qit’alarida joylashgan davlatlarga eksport qilishga;
- iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan import mahsulotlari ham eksport siyosatida amal qiladigan tamoyil sifatida amalga oshirilishiga;
-jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini tashkil etishda turli mamlakatlar tajribasini o‘zimizni sharoitga moslashtirgan holatda amalga oshirishga.
3. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo‘nalishlari
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada ko‘pgina yutuqlarga erishdi. Ularning eng muhimlaridan biri – bu respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etib, milliy manfaatlarga mos keladigan ko‘p tomonlama siyosat yuritishi va shu asosda jahon xo‘jaligida tutgan o‘z o‘rnini mustahkamlab borishdir. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o‘rinni egallab bormoqda. Qo‘yilgan ko‘pgina amaliy qadamlar O‘zbekistonning halqaro hamjamiyatda uzoq muddatli, istiqbolli yaratuvchilik faoliyatini olib borishga mo‘ljallangandir.
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‘stirishga ko‘maklashsa, boshqa tomondan, O‘zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‘jaligiga ko‘shilishi, uning umumjahon iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi.

Integratsiya – O‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borshini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo Hamjamiyati (MDH), MDH va Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotlari (IHT) miqyosidagi integratsion aloqalarini kuchaytirishi, balki istiqbolda jahondagi boshqa bir qator integratsion uyushmalar bilan ham mustahkam munosabatlar o‘rnatishi lozim.