Mavzu. Ish qog‘ozlari ustida ishlash darsning maqsadi



Yüklə 31,4 Kb.
səhifə3/4
tarix30.05.2022
ölçüsü31,4 Kb.
#60110
1   2   3   4
dars ishlanma

2-topshiriq. Matnni o‘qing. Ish qog‘ozlari matniga qo‘yiladigan talablar haqida
fikrlashing. Bu talablarni unutmang.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy
munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vositalar sifatida axborotni xolis aks
ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda
muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash
qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar,
shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish,
jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat
qiluvchi usullar ishlatilmaydi... Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan
so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy
shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga
ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda, 8–10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning
ustiga, qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish
jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumki, har bir hujjat turining
mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar
shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi
mumkin: ...lavozimga tayinlansin; ...lavozimidan ozod qilinsin... («ish yuritish kitobi»)
3-topshiriq. Ish yuritish jarayonida eng ko‘p ishlatiladigan ariza, bayonnoma,
dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma,
tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi ish qog‘ozlari ma’lumot-axborot
hujjatlari sifatida umumlashtiriladi. Ularning aksariyati bilan Siz oldingi sinflarda
tanishgansiz. Bilasizki, har qanday ish qog‘ozi o‘zining zaruriy qismlariga ega bo‘ladi.
Ana shu zaruriy qismlar haqida fikrlashing.
Namuna: Arizaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:

Yüklə 31,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin