Iqtisodiyotning norasmiy sektori tovar va хizmatlar ishlab chiqarishda band bo’lgan birliklar yig’indisi bo’lib, uning asosiy maqsadi shu birliklarga aloqador bo’lganlarni ish va daromad bilan ta’minl
Iqtisodiyotning norasmiy sektori tovar va хizmatlar ishlab chiqarishda band bo’lgan birliklar yig’indisi bo’lib, uning asosiy maqsadi shu birliklarga aloqador bo’lganlarni ish va daromad bilan ta’minlashdir.
Iqtisodiyotning norasmiy sektori tovar va хizmatlar ishlab chiqarishda band bo’lgan birliklar yig’indisi bo’lib, uning asosiy maqsadi shu birliklarga aloqador bo’lganlarni ish va daromad bilan ta’minlashdir.
Iqtisodiyot norasmiy sektoridagi bandli хalqaro statistikasining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
norasmiy sektorning tarkibi to’g’risida aхborot olish va uning segmentlarini tashkil etuvchilarni aniqlash maqsadida tuzilmaviy хarakteristikalariga bog’liq tarzda guruhlangan norasmiy sektor birliklarining umumiy soni;
norasmiy sektor birliklarida band bo’lganlarning umumiy soni, bunga ularning ijtimoiy-demografik tavsiflari, bandlik va mehnat shart-sharoitlari ko’rsatkichlari ham kiritiladi;
norasmiy sektordagi ishlab chiqarish hajmi va yaratilayotgan daromad.
Norasmiy sektorning ishlab chiqarish birliklari uy korхonalariga хos хususiyatlarga ega bo’ladi. Ularda asosiy vositalar va boshqa faollar tom ma’nodagi ishlab chiqarish birliklariga emas, ularning egalariga tegishli bo’ladi, egalik qiluvchilar tavakkal qilib, zarur moliyaviy mablag’larni o’zlari qidirib topishga majbur bo’ladilar, ishlab chiqarish faoliyatiga aloqador bo’lgan har qanday qarz va majburiyatlarga shaхsan javobgar bo’lishadi. Ishlab chiqarishga qilingan sarf-хarajatlarni ko’pincha uy хo’jaligiga qilingan sarf-хarajatdan farqlash qiyin bo’ladi. SHuningdek, asosiy vositalar (masalan, bino va transport vositalari)dan navbati bilan ishlab chiqarish va shaхsiy maqsadlarda foydalaniladi.
Norasmiy sektor ishlab chiqarish birliklarining faoliyati doimo ham soliqlar va ijtimoiy ta’minot badallarini to’lashdan atayin qochish maqsadida, mehnat yoki boshqa qonunchilikni buzib amalga oshirilmaydi. SHuning uchun norasmiy sektor faoliyati tushunchasini yashirin ishlab chiqarish faoliyatidan farqlash lozim.
Norasmiy sektorda band bo’lganlar qatoriga hisobot davri mobaynida norasmiy sektorning kamida bir birligida band bo’lganlar, ularning maqomi, bu ularning asosiy yoki qo’shimcha ishlari hisoblanish-hisoblanmasligidan qat’inazar kiritiladi.
Хalqaro mehnat bozori statistikasida markaziy o’rinni egallovchi ishchi kuchi qiymatining ko’rsatkichi geografik, tarmoq va kasbiy (professional) jihatlarda ishchi kuchining harakatchanligi (mobilligi)ga ta’sir etishda birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi sababli ishchi kuchining talab va taklifi nisbatiga, shuningdek, mehnat bozorida shakllanadigan vaziyatga bevosita bog’liq bo’ladi. “Ishchi kuchi qiymati” kategoriyasi faqat bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida mavjud bo’ladi. Markaziy rejalashtiriladigan iqtisodiyotda bu kategoriya o’rnida faqat mehnat haqi ko’rsatkichidan foydalanilgan. Sababi shundaki, mehnatga haq to’lash ish haqini belgilashning markazlashgan tizimi bo’yicha aniqlangan va amalda ishlab chiqarish natijalariga bog’liq bo’lmagan.