Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko’ra bir nechta katta guruhlarga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil a’’aratlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o’zining iste’moli uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi.

Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo’ljallangan mehnat vositalari (stisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.

Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi.
Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.