Birinchidan - O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash;
Ikkinchidan - sanoatda sohasida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi bosqichga o‘tish;
Uchinchidan - ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va import o‘rnini bosishni rag‘batlantirish siyosatini davob ettirish, avvalam bor iste'mol tovarlari va butlovchi qismlar, tarmoqlararo sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;
To‘rtinchidan - tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi bosqichga ko‘tarish evaziga tayyor mahsulotlar eksportini yuqori o‘sish sur'atlariga erishish;
Beshinchidan - sanoatda energiya va xom ashyo sarfini qisqartirish, mahsulot ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya manbaalaridan foydalanishni kengaytirish va sanoat tarmoqlarida mehnat unimdorligini oshirish;